1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi?


Til jamiyati deganda nima tushuniladi?



Yüklə 40,43 Kb.
səhifə3/12
tarix19.12.2023
ölçüsü40,43 Kb.
#153670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi -fayllar.org

5.Til jamiyati deganda nima tushuniladi? 
Kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida aloqa-` munosabat vositasi bo’lgan 
tilning jamiyatga bolgan nisbatini turlicha zohlashgan.har xil fikrlar, turli
nazariyalar vujudga kelgan.ba’zi guruhlar tilni tirik organism sifatida 
tushunishgan.Ba’zilari o’zgarmas voqealik sifatida qarashgan.Jamiyat bo’lib
uyushgan kishilargina aloqa-munisabat vositasi bo’lgan tilga ega.Til kishilik 
jamiyatining asrlar davomida butun tarixiy jarayonida ma’lum bir guruh tomonidan
emas, balki butun jamiyat va jamiyatning a’zolari tomonidan shakllantirilgan 
ijtimoiy hodisadir.Shu bilan birga, til biror davrning, biror ijtimoiy-iqtisodiy
jamiyatning mahsuli bo’lmay, balki, jamiyatdagi turli tabaqa vakillari uchun bab-
baravar xizmat qiladi.Tilning kishilik jamiyatidagi o’rnini madaniy- ma’naviy
soha taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilash tilning asosiy vazifalarini to’g’ri 
ta’riflashga asoslanadi.

6.Sotsiolingvistik jamiyat nima? 
Sotsiolingvistikada jamiyat deganda nafaqat jamiyati, balki so’zlovchi va 
tinglovchi mabnsub bo’lgan ijtimoiy-madaniy hamda kasbiy tabaqa ham
tushuniladi.Zeroki, bu tabaqalarda nutq ixtisoslashadi. 
Sotsiolingvistik jamiyat deganda faqat nutq jarayoni, uning ishtirokchilari
tushuniladi degan bir tomonlama xulosa chiqarmaslik kerak. 
Jamiyatda ko’p tillilik, qardosh va noqardosh tillarning bir-biriga ta’siri
masalasi ham sotsiolingvistikada til va jamiyat munosabatlari doirasida o’rganiladi. 



7.Nutq ishtirokchisi mansub bo’lgan tabaqa deganda nima tushuniladi? 
Jamiyat deganda muayyan nutq shaoitida nutq jarayoni ishtirokchilari, bu nutq 
ishtirokchilari mansub bo’lgan ijtimoiy madaniy tabaqa hamda nutq sharoiti
tushuniladi.Chunonchi, bozorda uzumfurush bilan xaridor o’ziga xos bir jamiyatni 
tashkil etadi.Shuningdek, dengizda ikki kema uchrashib, turli masalalar bilan
muloqotda bo’lar ekan, bu ham bir jamiyat sanaladi.Shubhasizki, yo’lovchi va 
taksichi, sotuvchi va xaridor, oilada ota bilan farzand va hokazolar tabiatan hamda
mohiyatan xilma-xil jamiyatlar bo’lib, ular orasidagi nutq mavzularini ham, 
so’zlashish odobi ham turli-tumandir.Shuning uchun sotsiolingvistikada nutqiy
muloqot turlarini ajratish (masalan, “Bozorda”, “Ko’chada”, “Poyezdda”, 
“Shaharlaro so’zlashuv shahobchasida”), “Teatrda”, “O’yingohda” kabi mavzular,
har bir jamiyat uchun nutq shtamplarini belgilash, leksikasini faollik darajasiga 
bog’liq ravishda bera olishga alohida e’tibor qaratiladi.
Sotsiolingvistika jamiyat deganda nafaqat nutq jamiyati, balki so’zlovchi va 
tinglovchi mansub bo’lgan ijtimoiy-madaniy hamda kasbiy tabaqa ham
tushniladi.Zeroki, bu tabaqalarda nutq ixsoslashadi.Buni “O’tkan kunlar” asarida 
Otabek va Homid nutqlarini qiyoslasak, tushunib ilosh qiyin emas:
Homid qo’lini bo’shatishga urinar ekan, Otabek salmoqqina qilib dedi: 
- Ortiqcha oshiqmangiz, Homidboy, men sizning xanjarli qo’lingizni
bo’shataman, hozir ammo shungacha siz bilan ikki o’g’iz so’zim bor! 
Homid hanuz qo’lini bo’shatishga urinar edi.
- Kuchanmangiz, Homidboy! 
- Mard yigit bo’lsang qo’limni qo’y!
- Oshiqma, qo’yaman! –dedi Otabek… Xanjarini qo’li bilan tuymakka 
ishorat qilib, Otabek so’z boshlad.
- Siz mendan ham yaxshiroq bilasizki, shu uyda sizni allaqancha 

mashaqqatlarga slogan, cheksiz jonivorliklar ishlatgan va hisobsiz tillalar


to’qdirgan, nihoyat shu daqiqaga kelib to’xtatgan birov uxlaydir.Agarda 
sizning mening tilimdan yozi,b bergan taloq xatingiz durust hisoblanmasa,
bu uxlaguvchi mening halol rafiqam bo’lib, ikki yildan beri men ham uning 
ko’yida sargardonman.Demak, siz bilan mening oramizda shu birov uchun
kurash boradir.Lekin siz shu choqqacha mening ustimdan muvaffaqiyat 
qozonib keldingiz:qorachoponchi, deb dor ostlarigacha olib
bordingiz.Musulmonqul qo’liga topshirdingiz, bu ishlaringiz foydasiz 
chiqqach, ismimdan taloqnoma yozib, ikki yillab rafiqamdan ayirib turishga
muvaffaq bo’ldingiz…Endi menga javob bering-chi: bu yomonliklaringizda 
siz haqlimi edingiz?
- Haqli edim!- dedi Homid va siltab xanjarli qo’lini bo’shatib 
chalqancha yiqildi.
Nutq parchasini o’qib tahlil qilish bizni shunday xulosaga olib keladiki, 

bunda har bir tabaqa namoyondasi o’ziga xos ravishda gapiradi.Otabek-izzt-


hurmatli, madaniyatli, tarbiyali, har tomonlama ibrat bo’la oladigan xonadon 

farzandi.zero, u ilk murojaat shaklida muallif va o’quvchi nafratini keltiradigan


Homidni sizlaydi, vaholangki, ijtimoiy tabaqa jihatdan Otabekdan o’nlab pog’ona 
pastda, insoniylik xislatlariga ko’ra Otabekning tamoman aksi bo’lgan Homid unga
juda qo’pol munosabatda bo’ladi.Ikkinchi murojaat shaklida raqibini senlashga 
Majbur bo’ladi.Chunki u izzat-hurmatli, tarbiyali oila farzandi bo’lish bilan birga
o’z qadr-qimmatini biladigan, o’zining g’ururini himoya qila oladigan, har qanday 
sharoitda ham g’ururining paymol bo’lishiga yo’l qo’ymaydigan inson.Shuning
uchun ham nomardlikni do’ndirib qo’yib, yana mardlikni talab qiluvchi 
Homidning gapi uning izzat-nafsiga tegadi va u muomala shaklini o’zgartirishga
majbur bo’ladi. 



Yüklə 40,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə