1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi?


Argo, jargon, slengning o’ziga xos xususiyatlarini ayting va misollar bilan



Yüklə 40,43 Kb.
səhifə6/12
tarix19.12.2023
ölçüsü40,43 Kb.
#153670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi -fayllar.org

13.Argo, jargon, slengning o’ziga xos xususiyatlarini ayting va misollar bilan 

izohlang. 

Argo- jargondan farqli o’laroq, biron ijtimoiy guruh tomonidan boshqalar
uchun atayin tushunarsiz qilib qo’llaniladigan u yoki bu darajadagi yashirin, yasama 
til. Masalan, o’g’rilar agrosida shmon qilmoq, gopstop qilmoq iboralari
“o’g’irlamoq” ma’nosida, giyohvandlar argosida dori “giyohvand modda” 
ma’nosida ishlatiladi.Argolar jargonga nisbatan o’zining yashirinlik xususiyati bilan
ajralib turadi.Suning uchun ular ko’proq jamiyatning yashirin tabaqalari hisoblangan 
josuslar, jinoyatchilar, o’g’rilar, giyohvandlar, fohishalar va hokazolar nutqida
uchraydi. 



Jargon- biron ijtimoiy guruh vakillarining o’z nutqi bilan ko’pchilikni ajratib
turish maqsadida, o’zicha mazmun berib ishlatiladigan so’z va iboralari.Masalan, 
oq(aroq), qizil (vino)-ichuvchilar nutqiga xos; strelka (uchrashuv) yoshlarning
nutqida; ko’k, ko’kat(AQSH dollari), dodasi (biron narsaning zo’ri)-ko’proq 
bozorchilar nutqida qo’llanadi.

Sleng- muayyan kasb egalari yoki ijtimoiy guruhlarning og’zaki nutqida
qo’llanadigan, emotsional-ekspressiv bo’yoqqa ega bo’lgan so’z va iboralar.Slenglar 
ko’proq yoshlarning nutqida uchraydi.Masalan, olmaxon “o’zini yuqori oladigan,
nozlanadigan odam”, g’isht “xunuk”, sindirdi “lol qoldirdi” va hokazolar. 
Sleng-jonli harakatdagi til shakli bo’lib, u mamlakat va jamiyat hayotidagi har
qanday o’zgarishdan ta’sirlanadi.Sleng qo’llanish doirasiga ko’ra: hammaga ma’lum 
va barcha tomonidanqo’llanuvchi umumiy sleng (general slang) va muayyan
guruhlarga ma’lum bo’lgan, tor doirada qo’llanuvchi xususiy sleng (special slang)ga 
ajraladi.
Slenglarning ko’p so’zlari va iboralari (ayniqsa, ularning dastlabki shakllanishi 
davrida) keng ommaga tushunarsiz bo’ladi.Chunki aksariyat slenglar ko’chma
ma’noda qo’llanadi.Shuningdek, slengizmlar ko’pincha chet tillardan, ularning 
dialektlaridan va jargonlaridan o’zlashtirilgan bo’ladi.Masalan, “tusovka”, “telejka”,
“tachka”, “stukach”, rus tilidan, “yuzer”(user), “chat”(chat) ingliz tilidan 
o’zlashtirilgan.


Yüklə 40,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə