1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi?


Adabiy tilga ta’rif bering



Yüklə 40,43 Kb.
səhifə5/12
tarix19.12.2023
ölçüsü40,43 Kb.
#153670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi -fayllar.org

10.Adabiy tilga ta’rif bering. 
Adabiy til (standart) umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, Grammatik 
qonun-qoidalariga rioya qilinadigan, ma’lum me’yorga solingan, umummajburiy
va qonuniy to’g’ri qo’llanadigan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat 
qiluvchi tildir.Adabiy til jamiyatning ilm-fan, ta’lim, adabiyot, diplomatiya,
huquqshunoslik, ish yuritish, turli tashkilotlar va ziyolilarning kundalik hayotida 
ishlatiladigan milliy til ko’rinishidir.adabiy tilga muomala jarayonida
qo’llanadigan shevaga, so’zlashuvga xos bo’lgan so’zlarning ishlatilmasligi xosdir. 
11.Dialektlarning turini ayting. 
Norasmiy nutq modeli hisoblangan dialektlar hududiy va ijtimoiy turlarga 
bo’linadi.Hududiy dialektlar ma’lum hududning o’ziga xos hududiy belgilari,
binobarin, o’ziga xos lug’at, grammatik yoki fonetik xususiyatlariga ega bo’lgan 
so’zlashuv tilidir.
Ijtimoiy dialektga sotsiolekt deyiladi.Angliyada ijtimoiy dialekt muhim 
bo’lib, u hududiy dialektdan ustuvorligi bilan ajralib turadi.AQSHda esa aksincha,
hududiy dialekt ijtimoiy dialektga nisbatan salmoqli o’ringa ega. 
Tabiiyki, hududiy yoki mahalliy dialektlar tilning grafik jihatidan bo’linishini
ifodalaydi.Biroq hududiy mahalliylik mazkur til shaklining faqat o’ziga xos bir 
tomoni xolos. “Hududiy dialekt” tushunchasi ijtimoiy dialektologiyaning asosiy
kategoriyasi hisoblanadi.Dialektning ijtimoiy variantliligi tahlilga tortilishi sof 
dialektologik tadqiqotlardan ijtimoiy-dialektologik tadqiqiotlarga o’tish sanaladi.

12.Sotsiolekt va dialektlarga ta’rif bering. 
Sotsiolekt-umumiy ijtimoiy xususiyatlariga ko’ra birlashgan ayrim guruhlarning 
lisoniy ehtiyojlarini qondirish uchun nutq amaliyotida ishlab chiqilgan til
shakli.Standart tildan farqli o’laroq, sotsiolektda ba’zi o’rinlarda chetga chiqish 
mumkin.Til ham xuddi tashqi ko’rinish singari sinflar haqida guvohlik
beradi.Soilekt verbal xulq va ijtimoiy ahvolning muvofiqligini ifodalaydi. 
Tarixan dialektlar kishilarning bir-biridan uzoqda bo’lishi, bir-birlari bilan
muloqot qilishga halaqit qiladigan turli masofalarda joylashishi natijasida 
shakllngan.tabiiyki, bir-biridan uzoqda, shuningdek, iqlimi har xil bo’lgan
hududlarda yashaydigan kishilarningehtiyojlari va tevara-atrofdagi endenik (turfa) 
hodisalar nomlashni talab qiladi.


Yüklə 40,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə