1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi?


Bolalar va kattalar nutqi oralig’ida qanday tafovutlarni sezish mumkin?



Yüklə 40,43 Kb.
səhifə4/12
tarix19.12.2023
ölçüsü40,43 Kb.
#153670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi -fayllar.org

8.Bolalar va kattalar nutqi oralig’ida qanday tafovutlarni sezish mumkin? 
Nutqning faol ishtiroki tufayli inson tevarak-atrof, borliq haqida ma’lumotlarga 
ega bo’ladi.Shu bilan birga nutq bolaning rivojlanishida, uning ta’lim tarbiya
olishida asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida 
rivojlanib boradi.Nutqning to’g’ri shakllanish atrofdagilar nutqiga, nutqiy
tajribaga, to’g’ri nutq muhiti va ta’lim-tarbiyaga bo’g’liq. 


9.So’zlovchi va tinglovchining ayol yoki erkak jinsiga mansubligi nutq 

jarayoniga qanday ta’sir ko’rsatadi?
So’zlovchi va tinglovchining ayol yoki erkak jinsiga mansubligi ham nutq 
jarayonida ahamiyatlidir.
O’zbek xotin-qizlari nutqiga xos “aylanay”, “girgitton”, “o’rgilay”, 
“qoqindiq” kabi so’zlar ijobiy ma’no nozikligini ifodalovchi leksik vositalar
hisoblanadi.Ular ko’proq keksa ayollar tomonkidan qo’llanadi: 
Xolposh xola sandal chetida xamir qorib o’tirgan ekan.Mehmonlarni ko’rib
quvonib ketdi. 
-Voy girgittonlar, voy o’zim girgittonlar!- degancha kalovlanib o’rnidan turdi.
Xotin-qizlar nutqining individual xususiyatlarini “voy” jundovi o’ndan ortiq 
ma’no nozikliklarini ifodalaydi.Bular: sevish, erkalash, achinish, qo’rqish, havas,
sarosimalanish, koyish, alam singari holatlardir. 
O’zbek tilida shunday iboralar borki, ular faqat erkaklar nutqidagina
uchraydi.Jumladan, “burnini yerga ishqamoq”, “baqbaqangdan akang”, 
“dabdalasini chiqarmoq’, “jag’ini ezib qo’ymoq”, “otimni boshqa qo’yaman”,
“quling o’rgilsin”, “haromi”, “yuzimga tuflang” kabi iboralar, asosan, erkaklar 
nutqida qo’llanishi bilan o’ziga xoslik kasb etadi:
- … To’yingizning ertasiga Farg’onaga jo’nab qoldim.Butun qaytimu 
okaxonni bir yo’qlab qo’yay, dedim.
- Tinchlikmi? – dedi Asadbek. 
- G’alvali ish bor.Ko’rishganda aytaman.
- “Kamaz” ga ketganlardan darak bormi? Qo’lidan ish keladigan 
balalarmidi o’zi?
- Bu yo’g’iga xotirjam bo’ling, okaxon.O’nta “Kamaz” sizniki.Shu hafta 
ichi yetkazib kelishmasa, basharamga tuflang.





Yüklə 40,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə