1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi?



Yüklə 40,43 Kb.
səhifə1/12
tarix19.12.2023
ölçüsü40,43 Kb.
#153670
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi -fayllar.org


1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi?



Mavzu:Sotsiolingvistika fani, uning tadqiq manbayi. Til va jamiyat,
sotsiolingvistik jamiyat tushunchasi.Milliy til, uning shakllari. Til va nutq, ularning 
rivojlanish omillari (ichki va tashqi omillar). Nutq, uning ixtisoslashuvi. Tilning
tuzilish sathlari.Ko’p tillilik. Pijin va kreol tillari. Diglossiya, bilingvizm.Nutqning 
kommunikantlarga bog’liq ixtisoslashuv turlari.Nutq vaziyati, uning nutqqa ta’siri,
turlari

Savollarga javoblar:



1.Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi? 
Sotsiolingvistikada grammatika hal qiluvchi omil emas.Sotsiolingvist 
grammatikani to’la-to’kis rad etmaydi, lekin uni birinchi planga qo’ymaydi,
grammatikadan ko’ra lisoniy vositalarning ijtimoiy axborot qiymati muhimroq 
o’rin egallaydi.Shuning uchun sotsial tilshunoshlik tilning qurilishi va tuzilishi
haqidagi fan bo’lsa, sotsiolingvistika bevosita nutq, tildan unumli foydalanish 
jarayoni haqidagi sohadir.Sotsiolingvistikadagi jamiyat tushunchasi sotsial
lingvistikadagi jamiyat tushunchasidan ancha tor.Bunda jamiyat deganda muayyan 
nutq jarayoni ishtirokchilari, bu nutq sharoiti tushuniladi.Sotsiolingvistika sotsial
tilshunoslikdan keskin farqlaridan biri nutq vaziyati-ya’ni nutq jarayoniga alohida 
diqqat-e’tibor qaratishdir.Sotsial tilshunoslik nuqtayi nazaridan bu ish to’g’ri
emas.Zeroki, sotsial tilshunoslik tilning ichki tizimi, uning birliklari va qurilishi 
bilan shug’ullanar edi. Sotsial lingvistika fanologik sistema birliklaridan tortib
butun til strukturasigacha bo’lgan barcha til hodisalarni ijtimoiy shartlashgan 
hodisalar deb qaraydi.

2.Sotsiolingvistika sotsial lingvistikadan nima bilan farqlanadi? 
Sotsiolingvistika sotsial tilshunoslikdan keskin farqlaridan biri nutq vaziyati-
ya’ni nutq jarayoniga alohida diqqat-e’tibor qaratishdir.Sotsiolingvist
grammatikani to’la-to’kis rad etmaydi, lekin uni birinchi planga qo’ymaydi, 
grammatikadan ko’ra lisoniy vositalarning ijtimoiy axborot qiymati muhimroq
o’rin egallaydi.Shuning uchun sotsial tilshunoshlik tilning qurilishi va tuzilishi 
haqidagi fan bo’lsa, sotsiolingvistika bevosita nutq, tildan unumli foydalanish
jarayoni haqidagi sohadir.Sotsiolingvistikadagi jamiyat tushunchasi sotsial 
lingvistikadagi jamiyat tushunchasidan ancha tor.
Sotsiolingvistika nutqni topiklar asosida o’rganish sohasini ilgari 
suradi.Topiklar jonli muloqot yoki uning aksi parchalaridir.Sotsiolingvistikaning
tadqiq manbayi ham topiklardir.Shuning uchun sotsiolingvistika zaruriy ehtiyoj, 
oddiy muomala- muloqat uchun xorijiy tillarni o’zlashtirishning serunum yo’llarini
ishlab chiqadi va tezda amaliy foydalanish ehtiyojlarini qondirish usullarini ishlab 
tavsiya qila oladi.Umuman, otsial tilshunoslik bilan sotsiolingvistika orasidagi farq
ana shulardan iborat. 



Yüklə 40,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə