1-Mavzu: Ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlash usullari vositalari va mexanizmlarining asosiy harakteristikalari



Yüklə 75,39 Kb.
səhifə2/11
tarix30.12.2023
ölçüsü75,39 Kb.
#166835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Data Base Security - lecture 1

-Foydalanish subyekti (access subject) - harakatlari foydalanishni cheklash qoidalari orqali qat’iy belgilanuvchi shaxs yoki jarayon;
-Foydalanish obyekti (access object) – avtomatlashtirilgan tizimning axborot birligi bo‘lib, undan foydalanish foydalanishning cheklash qoidalari orqali qat’iy belgilanadi;


Foydalanishni cheklash qoidalari (security policy) – subyektlaming obyektlardan foydalanish huquqini qat’iy belgilovchi qoidalar majmui;
- ruxsatli foydalanish (authorized access to information) – foydalanishni cheklash qoidalarini buzmasdan axborotdan foydalanish;
- ruxsatsiz foydalanish (unauthorized access to information) - axborotdan foydalanishni cheklash qoidalarini buzib foydalanish;
- foydalanish subyektining vakolat darajasi (subject privilege)
-foydalanish subyektining foydalanish huquqlari majmui (“imtiyozlar”);
- foydalanishni cheklash qoidalarini buzuvchi (security policy violator) - axborotdan ruxsatsiz foydalanuvchi foydalanish subyekti;
- foydalanishni cheklash qoidalarini buzuvchining modeli (security policy violator model) — foydalanishni cheklash qoidalarini buzuvchining abstrakt (formallashgan yoki formallashmagan) tavsifi;
- axborot yaxlitligi (information integrite) - axborot tizimining tasodifiy va (yoki) atain buzish sharoitlarida axborotning o‘zgarmasligini ta’minlash qobiliyati;
- konfxdensialiik belgisi (sensitivity label) - obyekt konfidensialligini xarakterlovchi axborot birligi;
- ko‘p sathli himoya (multilevel secure) - turli sathli konfidensiallikga ega obyektlardan foydalanishning turli huquqlariga ega subyektlaming foydalaxiishlarini cheklashni ta’minlovchi himoya.


Kompyuterning dasturiy ta’minot strukturasi
Kompyuterning dasturiy ta’minot strukturasida tashqi xotirada ma’lumotlami tashkil etishga, joylashtirishga va undan foydalanishga operatsion tizim javob beradi. Uning mos tashkil etuvchisi ko‘pincha “fayl tizimi” deb yuritiladi. Kompyuteming tashqi xotirasidagi ma’lumotlar fayllar deb ataluvchi nomlangan majmua yordamida ifodalanadi. Ko‘p hollarda operatsion (fayl) tizimi fayllardagi ma’lumotlami tashkil etishning ichki mazmunli mantiqini “bilmaydi” va ular bilan baytlaming bir jinsli majmui yoki simvollar satri sifatida muomala qiladi.

Kompyuter tizimining ma’nosi va vazifasi nuqtayi nazaridan, ma’lumotlar fayli kompyuter tizimini predmet sohasining axborot mantiq (infologik) sxemasini aks ettiruvchi strukturaga ega. Fayllardagi ushbu ma’lumotlar strukturasi ishlash amallarida hisobga olinishi shart. Shu bilan birga ko`p hollarda ma’lumotlar bazasi


fayllarini birdaniga butunligicha kompyuteming asosiy xotirasiga joylash mumkin bo‘lmaganligi sababli, ma’lumotlar bazasi fayllaridagi ma’lumotlar strukturasini tashqi xotira fayllariga murojaat amallarini tashkil etishda hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Bundan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining (MBBT) dasturiy ta’minot xili sifatidagi asosiy xususiyati kelib chiqadi.



Yüklə 75,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə