1-Mavzu: Ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlash usullari vositalari va mexanizmlarining asosiy harakteristikalari



Yüklə 75,39 Kb.
səhifə1/11
tarix30.12.2023
ölçüsü75,39 Kb.
#166835
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Data Base Security - lecture 1


1-Mavzu: Ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlash usullari vositalari va mexanizmlarining asosiy harakteristikalari.

Kompyuter axborotini himoyalash muammolari bo`yicha 70- yillarning oxiri 80-yillaming boshida o‘tkazilgan, keyinchalik turli ilovalarda rivojlantirilgan va mos standartlarda qayd etilgan tadqiqotlar axborot xavfsizligi tushunchasining tarkibiy elementlari sifatida quyidagilami belgilaydi:


-konfidensiallik (ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash);
-yaxlitlik (axborotni ruxsatsiz o‘zgartirishdan himoyalash);
-foydalanuvchanlik (axborotni va resurslami ushlab qolinishidan himoyalash, buzilishdan himoyalash, ishga layoqatlikni himoyalash).


Axborot xavfsizligi tarkibiy elementlari
Axborot xavfsizligi tarkibiy elementlariga mos tahdidlar qarshi turadi. Axborot xavfsizligiga tahdid deganda axborot xavfsizligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazishi mumkin bo`lgan kompyuter tizimida amalga oshirilgan yoki oshiriluvchi ta’sir tushuniladi. Tahdidlami axborot xavfsizligini buzuvchi (buzg'unchi) amalga
oshiradi yoki amalga oshirishga urinadi.
Axborot xavfsizligiga u yoki bu tahdidlami amalga oshirish bo`yicha buzg'unchi imkoniyatlari kompleksining formallashtirilgan tavsifi yoki ifodasi buzg'unchining (niyati buzuqning modeli) deb ataladi. Kompyuter tizimida axborotning himoyalanganligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnologik va dasturiy-texnik choralar kompleksining sifatiy tavsifi xavfsizlik siyosati deb ataladi. Xavfsizlik
siyosatining formal (matematik, algoritmik, sxemotexnik) ifodasi va ta’rifi xavfsizlik modeli deb ataladi.


Ma’lumotlar bazasi atamalari
Ma’lumotlar bazasi (MB) xavfsizligini ta’minlashga taalluqli ba`zi atamalar quyida keltirilgan:
-Axborotdan foydalanish (access to infopmation) – axborot bilan tanishish, uni ishlash (xususan, nusxalash), modifikatsiyalash, yo‘q qilish;

Yüklə 75,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə