1- mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja



Yüklə 129,45 Kb.
səhifə8/26
tarix29.03.2023
ölçüsü129,45 Kb.
#103588
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
1- mavzu O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja

1.Ta’limning metod va usullari
MTMda oilada jismoniy mashqlarga o’rgatish jarayonida talimning turli medod va usullaridan foydalaniladi.
Oilada ona bola bilan yakka tartibda ishlar ekan ertalabki badan tarbiya, jismoniy mashiqlar, chiniqtirish tadbirlarini asosan ko’rsatib berish, tushuntirish va birgalikda bajarish medodlaridan foydalanadi.
Talim medodi va usullari nima?
Talim medodlari konkret sohaning o’ziga xosligini xisobga olgan xolda umum didaktik tarzda yondoshishdi. Medodlarni tanlash tarbiyachi oldidagi vazifalar, o’quv tarbiyaviy ishlarning mazmunini, shuningdek bolaning yosh va individual hususiyatlarini, dastur talablarini, oila va MTM sharoitlarini hisobga olgan holda tanlanadi. Ko’rgazmali medod va unga oid usullar bolada sensor qobilyatlarini rivojlantirishga, harakat haqida to’liq va konkret tasavvur hosil bo’lishiga yordam beradi. Chunki bolalar eshitganlariga nisbatan ko’rganlarini ko’proq esda olib qoladilar va taqlidchanlik ularda ko’proq samarali natija beradi.
Og’zaki medod va usullar bolalar ongiga yo’naltirilgan bo’lib ular oldiga qo’yilgan vazifalarni eshitish o’rginlari ordali tushunib olishga mashqlar mazmuni va tuzilishini o’zlashtirib olishda katta rol o’ynaydigan harakatli mashqlarni ongli ravishda bajarishga, bu mashqlarni turli vaziyatlarda mustaqil qo’llashga yordam beradi, qoydasini aqlan tushungan xolda bajarishga o’rganadilar.
Amaliy medod esa mashg’ulot jarayonida egallagan harakat malaka va ko’nikmalarini ko’p marotaba takrorlash, o’yin tariqasida, musobaqa tari qasida o’tkazishdan iboratdir.Bu metod bolalami maktabgacha yoshdagi bolalaming yetakchi faoliyatiga yaqin, ular bilan ishlashda juda o’ziga xos va samarali bo’lib, ko’rgazmali amaliy tafakkur elementlarini hisobga oladi.U turli harakat ko’nikmalarini, harakatlarning mustaqilligini, o’zgaruvchan sharoitga nisbatan tezkor javob reaksiyalarini bir vaqtda takomillashuviga, ijodiy faollik ko’rsatishga imkon yaratadi. O’yin harakatlari jarayonida bolalarda ahloqiy-irodaviy sifatlar shakllanadi,bilishga intilish o’sadi, xatti-harakat va jamoada o’zini tutish tajribasi hosil bo’ladi.
Bolalarni harakat faoliyatiga o’rgatish jarayonida metodik usullar har bir alohida holatda harakat materialining vazifalari va mazmuni, uni bolalar tomonidan o’zlashtirish darajasi, ularning umumiy rivojlanishi, jismoniy holati, har bir bolaning yosh va tipologik xususiyatlariga ko’ra tanlanadi.
Shu ma'noda ta'lim usullari bir tomondan bolalar vazifalarni idrok qilayotganda barcha analizatorlarga har tomonlama ta'sir etishni, ikkinchi tomondan bolalarning harakat vazifalarni ongli va mustaqil bajarishini ta'minlovchi turli birikmalarda kombinatsiyalanadi.
Bolalarni harakatlarga o’rgatishda usullarning birikuvi ularning o’zaro harakati bilan belgilanadi. Tarbiyachi tomonidan ko’proq ko’rgazmali metodga oid usullarning qo’llanishi, masalan harakat namunasini ta'limning barcha bosqichlarida va turli yosh guruhlarida ko’rsatish mashqlarni bola tomonidan mexanik tarzda, tushunmasdan taqlidan bajarishga olib kelishi mumkin. Bunday holda ko’proq bolaning idrok organlariga ta'sir etish uning idrokini boyitadi, ayni paytda zarur aqliy jarayonni susaytiradi, muayyan mashqning barcha elementlarini mantiqiy izchillikda ongli tarzda eslab qolishga yordam bermaydi, ba'zan bolani keyinchalik mashqni ixtiyoriy bajarish imkoniyatidan mahrum qiladi. Biroq bolaning yosh imkoniyatlarini (ayniqsa, kichik va o’rta yoshdagilar) hisobga olmagan holda ko’proq va faqat og’zaki usuldan foydalanish ham uni harakatlarni obrazli idrok etishdan, sezgilarning ishonchliligidan, aniq obrazli tafakkur jarayondan mahrum etadi. Shuning uchun tarbiyachi bolalarni to’g’ri harakatlarga o’rgatishda ta’limning yuqori darajasiga erishishga intilib ta'limning turli usullari: ko’rgazmali, og’zakai va amaliy usullaridan o’zaro aloqadorlikda foydalanadi. Shunday qilib, u bolalarning har tomonlama rivojlanishiga, mashqlarning ular tomonidan ongli o’zlashtirilishiga, muayyan sharoitlarda ularni mustaqil va ijodiy qo’llashga yordam beradi.
Ko’rgazmali metodga oid usullar. Bolalarni harakatlarga o’rgatishda ko’rgazmalilikning turli usullarida foydalaniladi, yaqqol ko’rish usullari harakat yoki ayrim harakat elementlarining tarbiyachi tomonidan to’g’ri va aniq namoyish etilishidan: tevarak atrofdagi hayot ко’rinishlariga taqdid qilishdan; masofani bosib o’tishda mo’ljal olishdan foydalanish; ko’rgazmali qo’llanmalar - kinofilmlar, teleeshittirishlar, fotolavhalar, suratlar va hokazolardan foydalanishdan iboratdir. Taktil-muskul ko’rgazmaliligi bolalarning harakat faoliyatiga fizkultura qo’llanmalarini kiritish bilan ta'minlanadi. Masalan, tizzani baland ko’tarib, yugurish ko’nikmasini hosil qilish maqsadida ketma-ket qo’yilgan yoy shaklidagi darvozachalar qo’llaniladi. Yugurish paytida oyoqni bu to’siqlar osha ko’tarib o’tish bolaning tizzani baland ko’tarish ko’nikmasini egallashga yordam beradi. Bundan tashqari predmetlar bolalarga yo’l qo’ygan xatosini his qilish va tushunish (mazkur holatda agar oyoqning uchi darvozachalarga tegib ketganda) imkonini beradi. Bola ongida tarbiyachining “darvozachaga tegib ketmaslik” haqidagi topshiriqining saqlanib qolishi xato qilayotgan paytida teri muskul sezgisi bilan bog’lanadi va bola o’z harakatining noto’g’riligini o’zi aniqlay oladi.
Taktil-muskul ko’rgazmaliligi bola gavdasining alohida qismlarini boshqaruvchi tarbiyachining bevosita yordamida ham ifodalanadi (masalan, qad-qomatni to’g’ri muskul tonusi sezgisini uyg’otadigan qo’l tekkazish orqali rostlash). Biroq tarbiyachining bunday yordami qisqa muddatli bo’lishi lozim. Aks holda muayyan dinamik (streotipni hosil qilishga xizmat qiluvchi doimiy qo’zg’atuvchilar tizimidagi signal) ahamiyatiga ega bo’lib qolishi mumkin. Keyinchalik ko’nikma og’zaki ko’rsatmalar yordamida mustahkamlanadi.
Og’zaki metodga oid usullar. Harakatlarga o’rgatishdagi og’zaki usullar quyidagilarda ifodalanadi: bolalarga ulardagi mavjud hayotiy tajriba
va tasavvurga tayangan holda yangi harakatlarni aniq, qisqa bir vaqtda bayon etish va tushuntirishda; harakatlarni aniq ko’rsatish yoki uning ayrim elementlarni aniqlash asnosidagi sharhda; tarbiyachi tomonidan ko’rsatilgan harakatlami qayta bajarishda yoki mashqlarni bolalar mustaqil bajarishlarida zarur bo’ladigan ko’rsatmalarda; yangi jismoniy mashqlar va harakatli o’yinlarni joriy qilish yoki harakatlarni o’rgatishda ularni tushuntirish, harakatli o’yin syujeti va hokazolarni aniqlashtirish talab etilganda oldindan o’tkaziladigan suhbatda; tarbiyachi jismoniy mashqlarni bajarilishidan oldin harakatlarni bajarish izchilligini anglash; darajasini aniqlash yoki syujetli harakatli o’yinlar obrazlari haqidagi tasavvurning bor-yo’qligini tekshirish, qoidalarni, o’yin harakatlari va hokazolarni aniqlashtirish maqsadida bolalarga beriladigan savollarida.Bundan tashqari ko’rsatib o’tilgan usullar turli komandalar, farmoyish va signallarni aniq, emotsional va ta'sirchan tarzda berishda ham ifodalanadi.

Yüklə 129,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə