1- mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja



Yüklə 129,45 Kb.
səhifə6/26
tarix29.03.2023
ölçüsü129,45 Kb.
#103588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1- mavzu O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja

Tarbiyaviy vazifalar.
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda rejimga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan har kuni shug’ullanish ehtiyojini hosil qilish, bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya muassasalarida va oilada mustaqil shugullanish malakalarini rivojlantirish, ulami o’z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o’tkazish.
Bolalarda sport mashg’ulotlariga muhabbat, ulaming natijalariga, sportchilaming yutuqlariga qiziqish tarbiyalash lozim. Jismoniy tarbiya jarayonida ahloqiy, aqliy, estetik va mexnat tarbiyasini amalga oshirishning hamma imkoniyatlari mavjud.
Jismoniy mashqlami bajarishda xarakteming ijobiy xususiyallari va ahloqiy fazilatlarini tarbiyalash shuningdek irodaviy fazilatlami namoyon qilish uchun juda qulay sharoit yaratadi. To’g’ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya bolalaming aqliy o’sishiga yordam beradi, chunki nerv sistemasi va boshqa organ hamda sistemalaming normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratadi. Bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolish xususiyatini rivojlantiradi.

  1. Jismoniy tarbiya uslubiyatining g’oyaviyligi jismoniy mashg’ulotlarni davlat manfaatlariga yo’nalganligi.

Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari bu g’oyaviylik, xalqchillik va ilmiylikdir. Jismoniy tarbiya tizimining g’oyaviyligi jismoniy mashqlar mashg’ulotlarining bir maqsadga yo’naltirilganligi barkamol avlodni tarbiyalashga, ahloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan. Shug’ullanuvchilarda jismoniy tarbiyaning o’ziga xos vazifalarini hal qilish jarayonida ilmiy dunyoqarash shakllanadi va jamiyat quruvchisining yuksak axloq tamoyillari ruhidagi ahloqiy sifatlari tarbiyalanadi. Jismoniy tarbiya tizimi mustaqil jamiyat qurish bilan mashg’ul kishilarni jismoniy va ma’naviy jihatdan garmonik rivojlantirishdek oliy maqsadlarga xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya tizimining g’oyaviy mohiyati uning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, shuningdek, tashkiliy
asoslarida o’z aksini topgan
Mamlakatimizning barcha aholisi jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga jalb etiladi. Buning uchun zarur sharoitlar yaratilyapti: stadionlar, basseynlar, sport mashg’ulotlari xonasi va h.k. Barcha O’zbekiston fuqarolari millati, ma’lumoti, lavozimidan qat’iy nazar jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanish huquqiga egadir. Jismoniy tarbiya jarayonida mavjud vositalar qatorida jismoniy mashqlarning ilmiy turlari foydalanilyapti hamda rivojlanyapti. Mamlakatimizda aholini jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga keng jalb qilish sportda katta yutuqlarga erishishga imkon yaratilgan.

Yüklə 129,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə