1- mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja


Issiq iqlim sharoitida bolalar organizmini chiniqtirish



Yüklə 129,45 Kb.
səhifə4/26
tarix29.03.2023
ölçüsü129,45 Kb.
#103588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1- mavzu O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja

3. Issiq iqlim sharoitida bolalar organizmini chiniqtirish
Maktabgacha yoshda bolalarni organizmini chiniqtirish.
Chiniqtirish qo’yilgan talablar.
Havo varraklari orqali chiniqtirish
Suv vannalari orqali chiniqtirish
Quyosh nurida chiniqtirish.
Yosh avlodni har tomonlama barkamol, sog'lom, tetik, xushchaqchaq qilib tarbiyalash bola organizmini chiniqtirish, sog'lomlashtirish va mustahkamlash katta ahamiyatga ega. Inson jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish bilan birga suv, quyosh va havoning hayotbaxsh va yordambaxsh ta'sirdan bahramand bo'lishi kerak. Bu esa, sog'lom avlod organizmining turli qobiliyatini mustahkamlaydi, tashqi muhit o'zgarishlariga o'zlashtiriladi, chidamrilikni oshiradi.
Bola organizmini chiniqtirishga qo'yilgan talablar quyidagilar.
1.Bolaning sog'ligi individual xususiyatlarini aniqlab, medisina ko'rigidan o'tkazish. 2.Kasalliklarga chalingan bolalarga muolaja vaqtincha to'htatiladi
3.Bolani chiniqtirishdan avval uning organizmni tayyorlash lozim Cho'milishdan oldin yuz —qo'l bo'yinlarini suv bilan yuvinishga o’rgatiladi3) Chiniqtirish vaqtida vaqtga katta e'tibor berilib, vaqtni uzaytirib boriladi.
4) Chiniqtirish sistemali ravishda ish davomida to'htatmasdan olib borilsa,
ijobiy natija bo’ladi.
5) Chiniqtirish tadbirlarini olib borishida doimo kattalar oilada ota- ona, bolalar bog'chasida tarbiyachi, vrach, nazorat qilib borish, yazifalar.
6) Chiniqtirish tadbirlariga bolalar o'z xoxishlari bilan qatnashishlari lozim. Quyosh, suv, havo bu tanga davo. Havo vannasi orqali chiniqtirish, bolalar organizmini tashqi muhitga moslashtirishda ob- havoning turli xil noqulay o'zgarishlarga ko'niktirishga o'rgatish lozim. Bolalar bog'chasida:
1.Ochiq havoda sayr qildirish.
2.Kunduzgi vannalarning qabul qilish.
Kunduzgi uyquni ochiq havoda tashkil etish.
3.O'zbekistonning issiq iqlim sharoitida aprel oyidan oktyabrda bolalarni barcha faoliyatlarini ochiq havoda tashkil ettiriladi. 1 yoshli bolalarni 4 — 6 soat vaqti ochiq havoda bo'ladi. Havoda, vannasini qabul qilishda bolalarni kiyinishiga e'tibor berish kerak. Yozda ularni mayka, trusiklarda, ya'ni faqat trusiklarda bo'lishlariga haddan ortiq terlab qolmasliklari kerak. Bolalar organizmni normal o'sishda kun tartibi: Uyqu, bedorlik, mehnat va dam olishni to'g'ri taqsimlanishi lozim. Bolalar bedorlik vaqtlarida qancha kun sarflasa, uyquda u shu sarflangan manbaani yeg'ib olishi lozim. Ya'ni 3- 4 yoshli bolalar kunduzgi 2 soat, 5- 7 yoshli bolalar esa 1,5 soat uhlashlari lozim va bu uyquni ochiq havoda tashkil etish lozim. Bola nafas olish organlari ish faoliyati yaxshilashga organizmga havo bilan to'liq ta'minlanishiga asab sistemasini tinchlanishiga va organizmni chiniqtirishga olib keladi.
4. Suv vositasi bilan chiniqtirish: Bunga quyidagilar kiradi. Dush qabul qilish, beldan pastki qismiga suv qo'yib oyoqqa suv quyish, xo'llangan sochiq bilan badanini artish, cho'milish bu muolajani amalga oshirishda suvni t° sini tana t°si 35 - 36 boshlab 3-4 kunda l°dan tushirib borish kerak. Buni natijasida 18 - 20 li suvda muolaja olib borishga organizm moslashadi. Suv muolajalari o'tkazishda quyidagilarga e'tibor berish kerak. 1) Tadbir oldidan bolalarni sovib qolmasliklari oldini olish. 2) Terini o'z vaqtida qizarishini kuzatish. 3) tadbir vaqtida suv t° sini pasayishiga qarab kuzatib borish. Qisqartirish.
Mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar aholining sog’lig’ini mustahkamlash, jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga erishish va binobarin xalq farovonligini yaxshilashga yo’naltirilmoqda. Shuning uchun ham aholini jismoniy tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik ishdir. Mamlakatimizning barcha aholisi jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga jalb etiladi. Buning uchun zarur sharoitlar yaratilyapti: stadionlar, basseynlar, sport mashg’ulotlari xonasi va h.k. Barcha O’zbekiston fuqarolari millati, ma’lumoti, lavozimidan qat’iy nazar jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanish huquqiga egadir. Mamlakatimizda aholini jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga keng jalb qilish sportda katta yutuqlarga erishishga imkon yaratilgan. Bizning mamlakatimizda jismoniy tarbiyani boshqarishning rahbarlik organi davlat sport qo’mitasidir. Bunga taalluqli tarmoqlar viloyatlarda, shaharlarda, tumanlarda mavjud. Bundan tashqari, jismoniy tarbiya jamoatchilik asosida ham olib boriladi. Faqat oxirgi yillarda jamoatchilik jismoniy tarbiya tashkilotlarining tashabbusi bilan bir qator tashkiliy shakllari vujudga keldi. “Salomatlik guruhlari”, “Havaskor yuguruvchilar klubi”, “Aerobika”, “Salomatlik so’qmoqlari”, “Hamma birgalikda stadionga”, katta yoshdagi aholi uchun. Bolalar uchun “Quvnoq startlar”, “Charm to’p”, “Oltin shayba ” va ko’pgina boshqa musobaqalar. O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportga ommaviy infarmatsion manbalar: radio, matbuot, televideniyaga katta e’tibor berilib, jismoniy tarbiya sohasida maxsus bilimlar va axborotlar tarqatish imkoni yaratilgan. Maxsus sport kanali ajratilgan. “Sport”, “Futbol” gazetalari, “Kurash” jurnallarida aholini jismoniy rivojlantirish orqali ularning sog’lig’ini saqlash va sportni targ’ib qilish borasida ish olib borilmoqda.

Yüklə 129,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə