1- mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja


Mavzu: Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari



Yüklə 129,45 Kb.
səhifə5/26
tarix29.03.2023
ölçüsü129,45 Kb.
#103588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1- mavzu O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja

3. Mavzu: Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari

Reja:
1.Jismoniy tarbiyani maqsad va vazifalari :
2. Jismoniy tarbiya uslubiyatining g‘oyaviyligi jismoniy mashg‘ulotlarni davlat manfaatlariga yo‘nalganligi.
3. Jismoniy tarbiyani boshqa fanlar bilan bog’liqligi haqida.

  1. Jismoniy tarbiyani maqsad va vazifalari

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalami jismoniy tarbialashdan maqsad ulami har tamonlama yetuk, barkamol kelajakda mustaqil O'zbekistonimizni ravnaq toptirishda , dunyo miqyosiga ko'tarishda o'z hissasini qo'sha oladigan , kelajakda hayotda , mehnatda va Vatan mudofasida ishtirok etuvchi yoshlami tarbiya 1 ashdir. Bu maqsadga erishishda, quyidagi 3ta vazifani amalga oshirish lozim .
Sog'lamlashtirish vazifalari:
Hayotni saqlash va sog’liqni mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yahshilash, organism funksiyalarini takomilashtirish, chiniqtirish yoli bilan uning turli kasaliklarga nisbatan himoyalanish hususiyatlarini va chidamliligini, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (suv va havoning past va yuqori harorati, quyosh nuruning ta’siri) bo’lgan qarshligini oshirish. Bundan tashqari bolalaming umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir.
Ta’limiy vazifalar.
Maktabgacha yoshdagi bolalami jismoniy tarbiyalash jarayonida talimiy vazifalami hal etish ham muhimdir. harakat ko’nikma va malakalami shaklantirish jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanatni saqlash, ko’z bilan chamalash, kuchlilik chidamlilik)ni o’stirish to’g’ri qaddi-qomatni gigiyena konikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlami o’zlashtirish.
Bolalar nerv sistemasini plastlikligi tufayli ularda harakat ko’nikmalari nisbatan yengil rivojlantiriladi. Ulaming ko’pchiligidan (emaklash, yurish, yugurish, chang’ida yurish, velosipedda sayr qilish va boshqalar ) kundalik hayotda harakat vositasi sifatida foydalanadilar. Jismoniy mashqlami to’g’ri bajarish muskullar, paylar, bo’g'inlar, suyak sistemasini rivojlantirishga yordam beradi . Yosh guruhlarga oid harakai ko’nikmalarining hajmi dasturda berilgan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda saflanish, umumrivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini bajarish ko’nikmalarini rivojlantirish lozim. Bundan tashqari bolalami sport buyumlariga va sport o’yinlari elementlarini bajarishga o’rgatish kerak.

Yüklə 129,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə