SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 3
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 837
IQTISODIYOTNING MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA ASOSIY
VOSITALAR HISOBINI TAKOMILASHTIRISH MASALALARI
Kumrixon Ibragimovna
Kunduzova
Nodir Tohirovich
Qudbiyev
Nigora Yorqinjon qizi
Asatullayeva
Fargʻona Politexnika Instituti
ANNOTATSIYA
Xoʻjalik yurituvchi subyekt rivojlantirish va mahsulotlarning raqobatbardoshligini
saqlashning zarur sharti bu moddiy-texnik bazani doimiy ravishda toʻldirishdir.
Moddiy-texnik bazaning asosi esa asosiy vositalar hisoblanadi. Ko’rilayotgan
masala
dolzarbligi asosiy vositalarni hisobga olishning toʻliq, adolatli va ishonchli axborot
berishdir. Biroq, asosiy vositalar toʻgʻrisidagi moliyaviy hisobotlarda mavjud boʻlgan
maʼlumotlar qonunchilikning nomukammalligi va undagi doimiy oʻzgarishlar
tufayli
har doim ham shunday emas, shuning uchun asosiy vositalar keyingi tadqiqotlarni talab
qiladi. Maqolada asosiy vositalar hisobini uslubiy va tashkiliy jihatdan
takomillashtirish, shuningdek qonunchilik va meʼyoriy
hujjatlarning izchilligi, asosiy
vositalarni hisobga olish va nazorat qilish metodologiyasini takomillashtirishning ayrim
jihatlari taklif etiladi.
Kalit soʻzlar:
asosiy vositalar, hisobga olish, qabul qilish, takror ishlab chiqarish,
amortizatsiya toʻlovlari, axborotlarning analitikligini oshirish, buxgalteriya hisobi, hisob
siyosati.
Kirish.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida yangi
iqtisodiy munosabatlarni
ishlab chiqish va uni amalda keng joriy etish muhim axamiyat kasb etadi.[2]
Respublikamizda ijtimoiy yo’naltirlgan bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan
iqtisodiy islohotlarning jadal tarzda amalga oshirilishi, oldingi hukmron bo’lgan davlat
mulki o’rniga mulkchilikning nodavlat shakllari egallashi, o’z navbatida mulk egalariga
ham
erkinlik yaratib berdiki, mulk egalari mulkka egalik qilish,
ulardan foydalanish
hamda tasarruf etish huquqiga ega bo’ldilar.
Davlatning islohotlar dasturi qisqa muddat ichida makroiqtisodiy vaziyatning
barqarorlashuviga, sanoat ishlab
chiqarishi hajmining ortishiga, inflyatsiya darajasi
pasayishiga, hayotiy muhim masalalar turlari bo’yicha
iqtisodiy mustaqillikka
erishishga imkon berdi.
Tashkilot faoliyatining muhim sharti asosiy vositalarning mavjudligi hisoblanadi.
Asosiy vositalarni hisobga olishning asosiy vazifalaridan biri ular haqida toʻliq, adolatli
va ishonchli axborot berishdir. Biroq, asosiy vositalar toʻgʻrisidagi moliyaviy
hisobotlarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar qonunchilikning nomukammalligi va undagi