Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирли



Yüklə 129,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix29.05.2023
ölçüsü129,39 Kb.
#113809
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
baliqlar biologiyasi va axamiyati

Hid bilish organlari –
baliqlarning ovqatlanishida katta rol o’ynaydi, barcha xid bilish
organlari juft xaltacha bo’lib ichki devori burmali bo’ladi hamda bitta yoki ikkita burun teshigi
orqali tashqariga ochiladi. Barcha suyakli baliqlarning burun teshigi ko’zining oldida yoki
boshining ikki yonida bo’ladi.
Eshituv organi –
faqat ichki quloqdan iborat. Tovush unga bevosita to’qimalar orqali
o’tadi. So’nggi dalillarga qaraganda baliqlar turli to’lqinlarni yaxshi sezadi, ultratovushlar bilan
baliq tutish ham shunga asoslangan.
Ko’ruv organlari –
baliqlarning ko’ruv organi yassi shox qatlamga yaqin o’rnashgan
gavharning sharsimon bo’lishi bilan farq qiladi, shu tufayli ular yaqin joydagi narsalarnigina
ko’ra oladi, bu esa suv muhitida ko’rishga moslanishdir. Odatda ko’zlar 1 m gacha masofani
ko’ra oladi, lekin ko’zdagi silliq muskul to’qimalarning qisqarishi tufayli gavhar orqaga tortiladi
va uning ko’rish darajasi 10-12 m ga boradi. Bundan tashqari baliqlarda bir nechta ko’z uchraydi
Masalan: to’rtko’z baliq juda alati, uning har qaysi ko’zi ikki qismga ustki ko’zi havoda ostki
ko’zi suvda ko’radi. Nihoyatda chuqur suvlarda er osti suvlarida yashaydigan baliqlarda ko’z
mutloqa bo’lmaydi.
Hazm qilish organlari –
hazm qilish nayining bo’limlari bir-biridan aniq ajralib turmasligi
bilan ta’riflanadi, chunonchi umumiy oiz halqum bo’shlii sekin-asta qizilo’ngachga aylanadi.
Qizil o’ngach ham kengayib borib oshqozonga aylanadi, ichak bo’limlari ham bir-biridan aniq
ajralgan emas.
Qon aylanish sistemasi –
baliqlarning qon aylanish sistemasi yuqorida umumiy tarzda
tasvir etilgan edi. Uning tuzilishidagi ba’zi xususiyatlar, oyat darajada turli-tumandir, lekin bu
sistemani uchta asosiy tipga bo’lishi mumkin, birinchi tip toayli, ikkinchi tip suyakli, uchinchi
tip ikki xil nafas oluvchilar. Umuman shuni ko’rsatib o’tish kerakki juda ko’p baliqlarning
embrionida qon olib keluvchi olti juft jabra orteriyalari bor, lekin bularning oldingi ikkitasi
keyinchalik yo’qolib ketadi, shuning uchun voyaga etgan baliqlarda odatda 4 (to’rt) juft, toaylik


baliqlarda 5 juft, xatto ko’p qon olib keluvchi jabra arteriyasi va to’rt juft qon olib ketuvchi jabra
arteriyasi bo’ladi.

Yüklə 129,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə