Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирли


TARQALIShI VA HAYОT KEChIRIShI



Yüklə 129,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix29.05.2023
ölçüsü129,39 Kb.
#113809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
baliqlar biologiyasi va axamiyati

 TARQALIShI VA HAYОT KEChIRIShI
Ko’ppak akula Atlantika okeanining Evropa atrofidagi qismlarida Shimoliy hamda O’rta
dengizga yashaydi va ahyon-ahyonda Qora dengizga ham o’tib turadi. Baliqlar va
qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Tuxumini qiroq yaqinidagi o’tlar orasiga tashlaydi, bunda
tuxumlari hivchinlari bilan o’tlarga ilashib oladi.
Ekologiyasi, tarqalishi –
Akulalar tanasi har xil bo’lib, uzunligi 20sm dan 15 m gacha
boradi. 10 ta oilasi mavjud. Akulalarning hozirgi kunda 250 ta turi bor. Bularning ichida eng
yirigi kitsimon akulalar bo’lib uzunligi 15 m ga ba’zan 20 m ga boradi. Inson uchun xavfsiz,
tuxumini kattaligi 0,5 m keladi. Dunyo okeanining tropik va subtropik suvliklarida uchraydi.
Bundan tashqari kitsimon, gigant, ko’k akulalar bo’ladi.
Akulalarni go’shti xushta’m, kup mamlakatlarda xo’jalik ahamiyati ega. Terisi muhim
sanoat xom-ashyo hisoblanadi. Jigaridan texnik baliq yoi olinadi.
BALIQLAR TUZILIShINING UMUMIY TAVSIFI.


Gavdasining shakli –
umrtqalilar sinfi ichida turi juda ko’p bo’lgan baliqlarning gavda
shakllari nihoyatda xilma-xildir. Bularning ichida tez va chaqqon suzishga moslashib,
gavdasining ikki yon tomoni birmuncha qisilgan duksimon shakl-baliqlar uchun eng tipik
shakldir. Odatda pelagik baliqlar, ya’ni butun umrini suv ichida aktiv ravishda suzib
o’tkazadigan baliqlarning gavdasi shunday shaklda tuzilgan bo’ladi.
Pelagik baliqlarning juda ko’pchiligida proporstional o’sgan suzgich qanotlari bo’ladi.
Lekin suvdan otilib chiqib havoda 100 m dan ko’proq joyga parvoz qilib uchib borishga
layoqatlangan ugor baliqlarning ko’krak suzgich qanotlari uzun va keng bo’ladi. Juda kamdan-
kam baliqlar suv bilan suzib yurib hayot kechiradi, ularning gavdasi ham turli-tuman bo’ladi.
Masalan: oy baliq (mola-mola)ning gavdasi baland, ikki yon tomonidan qisilgan bo’lib, dum
suzgich qanoti bo’lmaydi, orqa suzgich qanoti bilan qorin suzgich qanoti bilan anal suzgich
qanoti tor va uzun bo’ladi. Kambalalarning gavdasi ikki yon tomonidan qisilgan bo’lib, uzun
orqa va qorin suzgich qanotlari bilan o’ralgan ko’zlari baliq bosib yotadigan tomonining qarama-
qarshi tomoniga joylashgan, yoki ugorlar tanasi xuddi ilonga o’xshaydi, hatto ba’zi turlari dengiz
toychalari suv osti o’tlarida yuksak dumlari bilan yopishib yashaydi.

Yüklə 129,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə