Xavf guruhidagi bolalar va ularning oilalarini majmuaviy baholash Reja



Yüklə 84,83 Kb.
səhifə5/6
tarix23.12.2023
ölçüsü84,83 Kb.
#155033
1   2   3   4   5   6
4 Xavf guruhidagi bolalar va ularning oilalarini majmuaviy baholash

Baholash parametiri

Baholash parametirining mazmuni

Oila tarixi va hayoti



Oila tarixi genetik, psixologik va ijtimoiy omillarni o’z ichiga oladi. Oilaning ishlashiga quyidagilar ta’sir qiladi: oilada va uyda yuz bergan jiddiy o’zgarishlar, ota-onalarning bolalik tarixi, hayotdagi muhim voqealar xronologiyasi va ularning oila a’zolari uchun ahamiyati; oilaning ishlash xususiyati, aka-ukalar o’rtasidagi munosabatlar va ularning bolaga ta’siri, ota-onalarning kuchli tomonlari va ular boshdan kechirayotgan qiyinchiliklar, shu jumladan vafot etgan yoki ajrashgan ota-onalar, birga yashamaydigan ota-onalar o’rtasidagi munosabatlar va boshqalar.

Qarindoshlar



Bolaning va uning ota-onasining qarindoshlari, bunga yaqin va uzoq qarindoshlar, shu jumladan vafot etgan qarindoshlar kiradi. Ularning roli, ular bola va ota-onalar uchun muhimligi

YAshash uy-joyi



Bolaning yashash joyida bolaning va u bilan birga yashaydigan boshqa oila a’zolarining yoshi va rivojlanishiga mos barcha zarur sharoitlar va qulayliklar mavjudligini ko’rib chiqish muhimdir; nogiron oila a’zolari uchun qulay uy, bunda uy-joy va yaqin atrofning ichki va tashqi belgilari hisobga olinadi. Asosiy shartlarga quyidagilar kiradi: suv, isitish, sanitariya, ovqat pishirish shartlari, uxlash joyi, tozalik, gigiena, xavfsizlik, o’ynash va dars qilish uchun joy va ularning bola tarbiyasiga ta’siri.

Ish / ish bilan ta’minlash

Bu erda baholanadigan jihatlar: oila a’zolaridan kim ishlaydi, qaerda, barqaror ish joyi; bu bolaga qanday ta’sir qiladi; boshqa oila a’zolarining o’z ishiga munosabati va bu bola bilan munosabatlarga qanday ta’sir qiladi.

Daromad



Oilada barqaror daromad mavjudligi. Oila unga tegishli barcha imtiyozlarni oladimi, bu oilaning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli daromad darajasiligi, oilada mavjud bo’lgan resurslardan qanday foydalanilishi, bolaga ta’sir qiladigan moliyaviy qiyinchiliklar mavjudligi baholanadi.


Yüklə 84,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə