Vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 90,6 Kb.
səhifə4/7
tarix30.12.2023
ölçüsü90,6 Kb.
#167134
1   2   3   4   5   6   7
МУСТАҚИЛ ИШ

Real investitsiyalar – pul mablag’larini korxonaning moddiy va nomoddiy
aktivlariga sarflanishidan iborat. Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog’liq bo’lib, ko’pchilik hollarda investitsiya loyihalari doirasida amalga oshiriladi. SHuningdek, real investitsiyalar real kapitalning o’sishini, ya’ni ishlab chiqarish mablag’lari, moddiy boyliklarning o’sishini ta’minlashi zarur.
Moliyaviy investitsiyalar deb aktsiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa
qimmatli qog’ozlar uchun sarflangan qo’yilmalarga aytiladi. Bu qo’yilmalar buyum ko’rinishdagi kapitalning o’sishini o’zida mujassam etmasada, lekin foyda, shu jumladan, spekulyativ foyda, ya’ni qimmatli qog’ozlar kursi o’zgarishi natijasida vujudga keladigan foyda keltiradi. Investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq) bo’ladi. Masalan, oddiy aktsiyalarning muomalada bo’lishi umuman biror bir muddat bilan cheklanmaydi. Mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar xususiy, davlat, qo’shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va fuqarolarning mablag’larini tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga qo’yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari - bu davlat tomonidan milliy daromadning davlat byudjeti mablag’lari ko’rinishida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun sarflayotgan mabalag’laridir. Investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar hisoblansa, investitsiya faoliyati
sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmui investitsiya faoliyati deb yuritiladi. Investitsiya faoliyati tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning bir ko’rinishidir, shuning uchun ham tadbirkorlikka xos bo’lgan belgilar, ya’ni mulkiy mustaqillik, tashabbuskorlik va tavakkalchilik unga ham xos bo’lgan xususiyatdir. Investitsiya faoliyatining ob’ekti moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish ob’ektlari hisoblanadi. Investitsiya faoliyatining sub’ektlaridan biri investor bo’lib, u o’z mablag’larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag’larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati ob’ektlariga jalb etishni amalga oshiradi. Bunday o’ziga xos faoliyat sub’ektlarining yana bir katta guruhi mavjud bo’lib, ular investitsiya faoliyati ishtirokchilari deb yuritiladi va ularning asosiy vazifasi investorning buyurtmalarini bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlash bo’lib hisoblanadi. Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchilar (investorlar) quyidagi belgilari
bo’yicha tasniflanadi.
1. Joriy faoliyatning yo’nalishlari bo’yicha institutsional va individual investorlar. Institutsional investorlar rolida sanoat, savdo, transport, aloqa va boshqa sohalardagi aktsiyadorlik jamiyatlari namoyon bo’lsalar, individual investorlar rolida fuqarolar namoyon bo’ladi.
2. Investitsiyalash maqsadlari bo’yicha strategik va bevosita investorlar. Ular o’z oldiga kompaniyalarni boshqarish huquqini olishni maqsad qilib qo’yadilar. Buni ular boshqa kompaniyalar aktsiyalarining nazorat paketini sotib olish yoki ularning ustav kapitalining katta qismini egallash orqali amalga oshiradilar.
3. Rezidentlikka tegishliligi bo’yicha investorlar milliy va xorijiy investorlarga ajratiladi.

Yüklə 90,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə