Vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Xorijiy investitsiyalarning turlari



Yüklə 90,6 Kb.
səhifə3/7
tarix30.12.2023
ölçüsü90,6 Kb.
#167134
1   2   3   4   5   6   7
МУСТАҚИЛ ИШ

2.Xorijiy investitsiyalarning turlari
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to’g’risida mamlakatimizda
qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir investitsiya turining o’ziga xos o’rni bo’ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog’ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi. Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asmavzuuskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya’ni ular
mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat. Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning turlari bozor munosabatlarining nechog’lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o’ziga xos tomonlariga qarab har xil bo’ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar, Tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
Kapital investitsiya jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltiruvchi va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqa shakllarini ishlab chiqarishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
Innovatsiya investitsiyalar jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o’zlashtirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi. Xorijiy investitsiyalar ko’lamiga qarab xalqaro doiradagi, ya’ni xalqaro investitsiyalar ko’rinishiga ham ega bo’ladi. Quyilish ob’ektiga, yo’naltirilayotgan sohalar va ularni ishlatishdan olinadigan natijalarga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.

Yüklə 90,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə