Vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 90,6 Kb.
səhifə2/7
tarix30.12.2023
ölçüsü90,6 Kb.
#167134
1   2   3   4   5   6   7
МУСТАҚИЛ ИШ

1.Investitsiya haqida tushuncha
O’zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul qilingan bo’lib, ular o’tgan vaqt ichida ancha takomillashtirildi. O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya to’g’risida”gi qonunida ko’rsatilishicha, “investitsiya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan omonatlar, paytlar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asmavzu-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir”. Bu iqtisodiy ta’rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelishini to’laligicha tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o’ziga va investitsiya faoliyatining ob’ektlariga keng ta’rif berilgan. Ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog’liqligi ta’kidlab o’tilgan.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so’zidan kelib chiqqan bo’lib «qo’yish», «mablag’ni safarbar etish», «kapital qo’yilmasi» ma’nosini beradi.
Keng ma’noda investitsiya mablag’ni ko’paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko’pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo’naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish yetarli emas. Gap shundaki, dastlabki kapital jamg’arish davrida pulni tez to’plash uchun uni kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me’yori yuzaga keladi.
Foyda me’yori yuqori joyda esa, uni kapitallashtirish imkoni katta bo’ladi. Bu omil ham xususiy sektorda pulni aylanma kapitaliga aylantirish uchun rag’bat yaratadi. Bozor talablariga binoan tejamli xo’jalik yurita bilmaslik tannarxning ortishiga olib keladi, bu narx o’zgarmagan sharoitda ham zararga olib keladi. Bu albatta, Investitsiya funktsiyasining grafigi investitsiyalarni o’z mablag’i hisobidan ta’minlash imkonini cheklab qo’yadi. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uchun investitsion faollik va jahon iqtisodiyoti globallashuvining kuchayishi muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o’tish davrini boshidan kechirayotgan davlatlarning xalqaro mexnat taksimotidagi roli ortib borayotganligi ham unga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
MDH mamlakatlarining paydo bulishi bilan xorijiy investorlarning investitsion faoliyatlarini amalga oshirishdagi yangi imkoniyatlar maydoni paydo bo’ldi. Shuni aytish kerakki, xorijiy investorlar bu masalada katta tajribaga ega. Albatta bu masalaning bir tomoni bo’lsa, ikkinchi tomoni investitsiyalar qabul qiluvchi (MDH) davlatlar uchun zamonaviy ishlab chiqarish vositalarini qabul qilishdagi investitson tanlov imkoniyati yaratildi. Bunga oddiy hol deb qarash kerak emas, chunki, investitsiyalar-iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi, uni olg’a siljituvchi kuchdir.
Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma’lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda jahon tajribalarini o’rganmasdan, dunyoning etakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas. O’zbekiston iqtisodiyotida chuqur iqtisodiy islohotlar, tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirilar ekan, xorijiy investitsiyalar rivojisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ma’lumki xorijiy investitsiyalar iqtisodiy rivojlanish garovi, iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Yaqin yillargacha faqat xom ashyo mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan O’zbekiston bugun dunyo xaritasida o’zining munosib o’rnini egallashga, boshqa taraqqiy topgan mamlakatlar, avvalambor, AQSh, G’arbdagi demokratik davlatlar, sharqdagi Yaponiya, Koreya, Malayziya yoki shunga o’xshash davlatlarga teng bo’lishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yar ekan, bunda birinchi galdagi chet el sarmoyalari, chet el investitsiyasi nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu davlatlarning tarixi shuni ko’rsatadiki, agar bu xorijiy malakatlarga sarmoya kelmasa, investitsiya kelmasa, hech qachon bu davlatlar bugungi rivojlanish darajasiga ko’tarila olmas edi.
O’zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asoslarga ega. Lekin bu degani O’zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar qilib bo’lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mamlakat iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning tutgan o’rni, salmog’i mazkur davlatdagi investitsion muhitning qanchalik qulayligini belgilaydi. Bu muhit ko’p jihatdan xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat olib borayotgan siyosatini va tashqi iqtisodiy faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishning xususiyatlari bilan baholanadi. Strategik investorlar ko’p miqdordagi mablag’larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o’z ichki imkoniyatlari asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatga yo’naltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina qo’yilgan mablag’lar saqlanishiga va barqaror foyda olishga mo’ljal qilsa bo’ladi. Ichki va chet el investorlarini birinchi navbatda minimal darajadagi soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi. Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy jarayonlar hisoblanib, jahon bozori bilan o’zaro yaqin va to’liq bog’liqlikda bo’ladi. Shu nuqtai nazardan u ko’pgina iqtisodiy jarayonlarni o’zida qamrab oladi. Xorijiy investitsiyalar bozor munosabatlariga o’tayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish sur’atlarini tezlashtirish imkonini beradi. Eng muhim yo’nalish sifatida xorijiy investitsiyalarni jalb etishni o’z ichiga olgan investitsiya faoliyatining jadallashuvi bugungi kunda o’tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar uchun ayni muddao. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish u yoki bu mamlakatda olib borilayotgan siyosiy va ijtimoiy – iqtisodiy islohotlarga bog’liq.


Yüklə 90,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə