Vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Investitsiyalarning eksporti va importi



Yüklə 90,6 Kb.
səhifə6/7
tarix30.12.2023
ölçüsü90,6 Kb.
#167134
1   2   3   4   5   6   7
МУСТАҚИЛ ИШ

4.Investitsiyalarning eksporti va importi.
Tobora kengayib borayotgan kapitallar bozorining baynalmilallashuv jarayoni bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar o’rtasidagi kapital oqimi hajmining ortib borishi bilan ajralib turadi. Xalqaro kapitallar oqimi - bu ishlab chiqarish omillaridan birining harakatidir. Bunda alohida tovar va xizmatlar boshqa mamlakatlardagi ishlab chiqarishning iqtisodiy afzalligi tufayli o’sha tomonga oqib o’tadi. Bu haqda bevosita va portfel investitsiyalar hajmining umumiy o’sishi, qisqa va uzoq muddatli kreditlar hajmining ortishi, yevrovalyuta bozorlaridagi operatsiyalar miqyosining oshib borishi va boshqalar darak beradi.
Xalqaro kapitallar migratsiyasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda yetakchi o’rinlardan birini egallar ekan, u o’z navbatida jahon xo’jaligi rivojiga sezilarli ta’sir o’tkazadi. Bu ta’sir, avvalombor, kapitallar migratsiyasining jahon iqtisodiyotini o’sish sur’atlarida o’z aksini topadi. Kapital ishlab chiqarishning kulay investitsiya muhiti mavjud sohalarni izlab, chegaralarni kesib o’tadi.
Xalqaro investitsiyalar ko’pchilik mamlakatlar uchun ishlab chiqarishdagi kapital yetishmasligi muammosini hal etish, investitsiya salohiyatini oshirish va iqtisodiy o’sish sur’atlarini tezlatish imkonini beradi. Kapitalning chetga chiqishi xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatlararo kapitallar harakati ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar va hamkorlikni mustahkamlaydi, ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvini chuqurlashtiradi. Kapitalni eksport kiluvchi mamlakatlar uchun kapitallar migratsiyasi quyidagicha salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin:

  • chetga chiqarilayotgan kapital o’rnini qoplovchi xorijiy investitsiyalarni jalb qilmaslik chetga kapital chiqaruvchi mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlarini sekinlashtirishi mumkin;

  • kapitalni eksport qiluvchi mamlakatlar uchun kapitalni chetga chiqarish ularda bandlik darajasining pasayishiga olib keladi;

  • chetga kapital chiqarish mamlakat to’lov balansiga salbiy ta’sir kiladi.

Kapitalni qabul qiluvchi mamlakatlar uchun esa quyidagi ijobiy tomonlar xos:

  • boshqariladigan kapital importi mamlakat iqtisodiy o’sishiga yordam beradi;

  • jalb qilingan kapital qo’shimcha ish o’rinlarini yaratadi;

  • xorijiy kapital yangi texnologiyalarni olib keladi, samarali menejment esa mamlakatda ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT)ni tezlashtiradi;

  • kapitalning kirib kelishi retsipient mamlakat to’lov balansining yaxshilanishiga olib keladi.

O’z navbatida kapitalni jalb qilishning salbiy oqibatlari ham mavjud:

  • xorijiy kapital milliy kapitalning o’rnini egallab, uni foyda normasi yuqori tarmoqlardan siqib chiqaradi, natijada ma’lum sharoitlar ta’sirida mamlakat iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanishi va uning iqtisodiy holati xavf ostida qolishi mumkin;

  • kapital importi ko’pincha retsipient mamlakat bozorlarida o’z hayotiy tsiklini o’tab bo’lgan tovarlarni o’tkazish bilan bog’liq, shuningdek, ishlab chiqarishdan sifatsizligi aniqlanganligi bois olib tashlangan tovarlar bilan bog’liq bo’ladi;

  • ssuda kapitali importi mamlakat tashqi qarzining ko’payishiga olib keladi;

  • moliyaviy inqirozlar natijasida va fond bozorlaridan kapitalning oqib ketishi mamlakat valyutasining barqarorligiga va umumiy moliyaviy-iqtisodiy holatga jiddiy zarar yetkazadi.

Misol uchun 1997 yilda Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuz bergan moliyaviy inqiroz va uning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini keltirish mumkin.
Mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda. 2009 yili iqtisodiyotga investitsiyalar kiritish hajmi 8,2 milliard dollarni tashkil etdi, bu esa 2008 yilga nisbatan 24,8 foizdan ko’p demakdir. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 68 foizga o’sdi, eng muhimi, ularning asosiy qismi to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan investitsiyalar bo’lib, ularning hajmi 1,8 barobar oshdi.8 Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo’lgan. Quyida berilgan jadvalda mamlakatimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar, shuningdek to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan investitsiyalarni yillar bo’yicha o’zgarish dinamikasi keltirilgan.
Jadvalda ko’rinib taribdiki 2009 yilda xorijiy investitsiyalar hajmi salkam 2,9 mlrd.AQSh doll. tashkil etan. Bu ko’rsatkich 2008 yildagidan 1 mlrd.AQSh dollardan ortiqroq hajmda o’sgan. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to’qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda. Eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli investitsiya muhiti yaratilgan.
Ushbu yaratilgan investitsiya muhiti iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hajmini yildan-yilga ortishiga olib kelmoqda.
Jadvalda ko’rinib turibdiki, 2008 yilda jami 8483,7 mlrd.so’mlik investitsiya mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarining asosiy kapitaliga kiritilgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, investitsiyalarning asosiy qismi iqtisodiyotning transport va aloqa tarmoqlariga yo’naltirilgan bo’lib u 2227,6 mlrd.so’mni yoki umumiy investitsiya hajmiga nisbatan 26,3 % tashkil etdi. Shuningdek yoqilg’i-energetika sanoatiga 1170,2 mlrd. so’m yoki umumiy investitsiya hajmiga nisbatan 13,8 %, geologiya va geologiya qidiruv sohasi uchun 903,8 yoki umumiy investitsiya hajmiga nisbatan 10,7 % va metallurgiya sanoatiga 430,2 mlrd.so’m (5,1%) investitsiya kiritilgan.
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu - davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo’lgan davlat tomonidan rag’batlantiriluvchi yo’nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish va ular kiritgan mablag’larning yuqori iqtisodiy
samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir. O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi – ichki va tashqi siyosatning umumiy yo’nalishi hisobga olingan ijtimoiy-iqtisodiy va xususiy xo’jalik qarorlari majmuasi bo’lib, mablag’lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida mamlakat ichiga va xorijga kiritilgan sarmoyalarning yo’nalishi va joylashuvini belgilaydi. Investitsiya dasturi alohida davlatlar tomonidan investitsiya munosabatlari sub’ektlarining (davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy) investitsiya faoliyatini kuchaytirish maqsadida choralar tizimini nazarda tutadi. Investitsiya faoliyati esa uning sub’ektlarining investitsiyani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyatlari yig’indisidir.
Mamlakat miqyosidagi investitsiya faoliyatini samarali amalga oshirish maqsadida investitsiya dasturi ishlab chiqiladi. Investitsiya dasturi - respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo’li bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o’zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan bir-biri bilan o’zaro bog’langan chora-tadbirlar kompleksi.
Xulosa
Bugungi kurs ishimdan xulosa qilib shuni ayta olamanki investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo’naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish yetarli emas. Gap shundaki, dastlabki kapital jamg’arish davrida pulni tez to’plash uchun uni kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me’yori yuzaga keladi va investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub’ektlarini sug’urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo’lida tashkil etiladi. Investitsiya munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o’z ifodasini topadi. O’zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asoslarga ega. Lekin bu degani O’zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar qilib bo’lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi.

Yüklə 90,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə