Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə1/114
tarix04.07.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#119185
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat


Kirish

Ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash, ta’lim va tarbiyani yuksaltirish, yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muxim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.


Respublikamizda oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, uni xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, ayniqsa maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yetuk va malakali pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonini tubdan takomillashtirish davlat ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Oliy ta’lim muassasalarida «ta’lim – fan- ishlab chiqarish amaliyoti» o‘rtasida o‘zaro aloqani mustahkamlash, ularni integratsiyalash, ilm-fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlari, rivojlangan xorijiy davlatlarning bu boradagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish asosida oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali bo‘lajak pedagog kadrlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning samarali shakl, vosita va uslublarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish dolzarb vazifalardan biridir.
Bo‘lajak pedagog kadrlarda nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiluvchi o‘quv adabiyotlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, ayniqsa o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqishda xorijiy adabiyotlar, ularning amaliy tajribalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur “Metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi” fanidan tayyorlangan o’quv uslubiy majmua O‘zbekiston Republikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘i bilan ma’qullangan fan dasturi asosida yoritilgan.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarning asosiy ishtirokchisi bo‘lib, u har tomonlama yetuk, chuqur bilimga ega bo‘lgan mutaxassis, pedagogik mahorat va layoqatga ega bo‘lgan, o‘z ijtimoiy vazifasini yaxshi biladigan shaxs bo‘lishi zarur.
Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarga metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi bilan tanishtirishning zamonaviy metodologiyasining nazariy asoslari, kasbiy va pedagogik o‘zlikni anglashni shakllantirishdan iborat iborat bo’lgan bilimlarini musrahkamlashga qaratilgan hamda nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasini, o‘quv jarayonini amalga oshirishni ta’minalash uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarni rivojlantirish, hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini xosil qilishdan iborat maqsadni ko‘zlangan.
Yangi taxrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 1- moddasida;
UshbuQonunningmaqsadita’limsohasidagimunosabatlarnitartibgasolishdaniborat deyilgan. Aynan Metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv qo’llanmada sohadagi huquqiy, siyosiy, ilmiy munosabatlarniintegratsiyasi va bo‘lajak mutaxassisni kasbga amaliy tayyorlashni maqsad qilgan. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 6- moddasi;
Ta’limtizimi:
davlatta’limstandartlarini, davlatta’limtalablarini, o‘quvrejalarivao‘quvdasturlarini;
davlatta’limstandartlarini, davlatta’limtalablarivao‘quvdasturlariniamalgaoshiruvchita’limtashkilotlari ekanligi belgilangan. Talabalarga o’quv qo’llanmada ta’lim tizimi haqiba batafsil ma’lumotlar yoritilgan.
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 8- moddasi Maktabgachata’limvatarbiya deb atalib, quyidagicha ta’rif keltirilgan;

  • Maktabgachata’limvatarbiyabolalarnio‘qitishvatarbiyalashga, ularniintellektual, ma’naviy-axloqiy, yetik, estetikvajismoniyjihatdanrivojlantirishga, shuningdekbolalarniumumiyo‘rtata’limgatayyorlashgaqaratilganta’limturidir.

Maktabgachata’limvatarbiyaoltiyoshdan yettiyoshgachabo‘lganbolalarniboshlang‘ichta’limgabiryillikmajburiytayyorlashnihamnazardatutadi.
Demak maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yuritadiga tarbiyachi pedagog ham o‘z navbatida intellektual, ma’naviy –axloqiy, ilmiy va huquqiy jihatdan yetuk bo‘lishi shart.UzbekistonRespublikasiPrezidentiShavkatMirziyoyevta’kidlaganidek, «Qaysisohaniolmaylik, bizzamonaviy yetukkadrlarnitar-biyalamasdanturibbiron-biro‘zgarishga, farovonhayotgaerishaolmaymiz. Bundaykadrlarni, millatningsog’lomgenofondinitayyorlash, avvalo, maktabgachata’limtizimidanboshlanadi» Ushbuishlardanko‘zdatutilganasosiymaqsadgaerishishningengzarurshartlaridanbiriesapedagogkadrlarningyuqorikasbiytayyorgarlikkaegabo‘lishlarinita’minlashvamaktabgachata’limmuassasalarifaoliyatinimodernizatsiyaqilishbilanbog’liqdir.
Buyuk pedagog A.Desterveg ta'kidlaganidek, «Ilmiy izlanishga intilmagan o'qituvchi tavakkaliga ishlash, oddiylik va soxtalik kabi pedagogikadan ozdiruvchi shaytonlar qa'riga mahkum bo'ladi».
Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi” o’quv qo’llanmasini o‘zlashtirish jarayonida talaba:
-metodika fanlarini o‘qitish jarayoni, uning yaxlit tizim ekani, fanning qonuniyatlari, asosiy tamoyillari; metodika fani o‘qituvchisining o‘quv- me’yoriy hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash texnologiyasini, metodika fanlari o‘qitish texnologiyasiga zamonaviy yondashuvlarni; Davlat ta’lim satandartlarining tuzilishi va mazmuni, o‘quv reja, fan va ishchi dasturlarga qo’yiladigan talablar; Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha metodika fanlaridan o‘quv- metodik komplekslar tayyorlash va uning ahamiyatini bilib oladilar.
-Ta’limning zamonaviy tashkiliy shakllari, ulardan foydalanilganda ta’limning natijaviyligi; Ma’ruza turlari va ularga qo‘yiladigan talablar, mashg’ulot turiga qarab mavzuni tanlab olish; Semenar, amaliy va labaratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish texnologiyasi, ularning bir-biridan farqi va ahamiyatli jihatlarini, talabalar bilimini tekshirish va baholashning reyting tizimini bilish malakalariga ega bo‘ladilar.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə