Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə4/114
tarix04.07.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#119185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat

O‘quv jarayoni- bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘qituvchi tomonidan yaxlit uyushgan jarayon sifatita berish va ularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishini, turli qobiliyatlarni shakllantirilishini ifodalaydi. Bu jarayon o‘qituvchining (o‘qitish) faoliyati va o‘quvchilarning (o‘qishidagi) o‘zaro faoliyatida ko’rinadi. Ushbu dasturni o‘rganish mobaynida o‘quv jarayoni kategoriyasiga taalluqli o‘qitish metodlari, o‘qitishni tashkil qilish shakllari, innovatsiva va texnologiyalrni bilib olamiz.
O‘qitish printsiplari - muxim asosiy qoidalarni o‘z ichiga oladi, ularga tayangan xolda ta’lim samaradorligini ( ta’lim va o‘quv jarayoninig amaliyligi) ni ta’minlash munkin. O‘qitish ptintsiplari ikki katta guruxga bo‘linadi; o‘qitish turi va mazmunini belgilovchi; o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va mavjudligini belgilovchi prinsiplar.
Bugungi kunda ta’lim respublikaning zakovat va ilm borasidagi kuch- quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila oldidagi o‘z mas’uliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol shaxsni shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Islohotlar natijasida yangi turdagi o‘rta maxsus o‘quv yurti xisoblangan kasb- hunar kollejlarida ta’lim bera oladigan pedagoglarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi hayotimizda yuz berayotgano‘zgarishlarning asosiy ishtirokchisi bo‘lib, u har tomonlama yetuk, chuqur bilimga ega bo‘lgan mutaxassis, pedagogik mahorat va layoqatga ega bo‘lgan, o‘z ijtimoiy vazifasini yaxshi biladigan shaxs bo‘lishi zarur.
O‘qitish- eng qadimiy faoliyat turlaridan biridir. U mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi natijasida alohida kasb sifatida ajralib chiqqan. Kishilar o‘qituchilik kasbiga maxsus tayyorlanadi. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan kishilarda o‘qita olish faoliyati o‘ta rivojlangan bo‘lib, u doimiy taraqqiyotda, harakatdadir. O‘qituvchi o‘qita turib va uzluksiz o‘rgana borib yashay oladi.
O‘qish- ma’lum makon va zamonda amal qiladi. Shu jihatdan qaraganda, u qator jarayoniy belgilarga ega: bosqichlar asosida amalga oshish, o‘rganiladigan narsa- hodisalarni bevosita yoki bilvosita idrok etish; oldin o‘rganilgan bilimlarni xotiraga, ya’ni esga tushirish; bilimlarni tanish va notanish o‘quv sharoitlariga tadbiq etish;
-o‘rganilayotgan hodisalar to‘g‘risida fikrlash, ularning umumiy va xususiy alomatlarini ajratish.
-“O‘qish” o‘ziga xos maqsad, vosita, natijaga ham ega. Shu jihatdan qaraganda u faoliyatdir. Ammo «o‘qish» aynan olingan bir o‘quvchining faoliyati emas, aksincha “o‘qish”-o‘rganish, o‘zlashtirish ishi bilan mashg’ul yoshlarning faoliyati.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə