Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib


Maktabgacha metodika fanlari tomonidan quyidagi vazifalarni hal qilinadi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə9/114
tarix04.07.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#119185
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114
Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat

Maktabgacha metodika fanlari tomonidan quyidagi vazifalarni hal qilinadi:
1) barkamol shaxs, malakali kadrni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon mohiyatini o‘rganish;ta’lim jarayonida bolalarning jismoniy, ma’naviy, aqliy, mexnat va estetik rivojlanishiga yo’naltirish;
2) shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash; ta’lim tamoyillariga amal qilishni o’rgatish;
3) rivojlangan mamlakatlar ta’lim tajribasi asosida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish;
4) maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash; o’qitish jarayoni mazmuni bilan yangi isloxotlar asosida tanishtirish;
5) ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish;
6) pedagog kadrlarni mutaxassislik bilimlari,ta’lim-tarbiyaning ilg‘or usullari bilan qurollantirish;
7) ta’lim va tarbiya, ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyani ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish;
8) o‘qitish va tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish;
9) oila tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
10) ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini qaror toptirish; innovatsion yondashuv, kreativlik, kasbiy kompetensiya bilan qurollantirish;
Fan – kishilik faoliyatining tarixan shakllangan shakli bo‘lib, u borliqni anglashga va faoliyatni yanada samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan bilimlar tizimi sifatida aks etadi. Har qanday fan asoslari tarixiy taraqqiyot jarayonida kishilarning faoliyati negizida ma’lumotlar yig‘indisini amaliy (empirik) tekshirishga asoslanadi.
Fanlar quyidagi to‘rtta jihatiga ko‘ra guruhlarga ajratiladi:

  • Tabiiy fanlar;

  • Gumanitar fanlar;

  • Aniq fanlari;

  • Texnika fanlari;

  • Ijtimoiy fanlar;


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə