Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Uchinchidan, 
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi mamlakat og‘ir 
sanoatining rivojlanish sur'atiga va darajasiga samarali ta'sir ko'rsatadi. 
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i yirik miqdorda ishlab chiqarish vositalarini iste'mol
9
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilgani holda, qishloq xo‘jalik texnikalari va melioratsiya mashinalari ishlab 
chiqaruvchilar hamda qishloq xo'jalik mashinasozligi, kimyo sanoati, ayniqsa 
mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga faol ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda 
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ketadigan moddiy 
xarajatlaming asosiy qismini sanoat tarmog‘i yetkazib beradigan ishlab 
chiqarish vositalari tashkil qiladi (YMM, ehtiyot qismlar, mineral o‘g‘it, 
omuxta yem va boshqalar).
To‘rtinchidan, 
qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mehnat resurslarini ish 
bilan ta’minlashda ham katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz 
aholisining 50 foizga yaqini qishloq joylarda istiqomat qiladi. Aholini ish bilan 
ta'minlash, ularning turmush farovonligini oshirish ko‘p jihatdan mazkur 
tarmoqda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming natijalariga bevosita 
bog‘liqdir. Bu tarmoqda 2000-yilda 3,7 mln. kishi band bo‘lgan bo'lib, u 
iqtisodiy faol aholining 38 foizini tashkil etgan. Keyingi yillarda qishloq 
xo'jaligida band bo‘lganlaming jami mehnat resurslaridagi salmog'i pasaygan 
bo‘lsada, ushbu tarmoq qishloq aholisini ish bilan ta’minlash va ulaming 
turmush farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Beshinchidan, 
qishloq xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi roli 
yana shu bilan aniqlanadiki, u mamlakatning iqtisodiy salohiyatini belgilab 
bemvchi makroiqtisodiy ko'rsatkichlarda ham sezilarli salmoqqa ega. Bu 
tarmoqda mamlakat yalpi ichki mahsulotining salmoqli qismi yaratiladi. 2010- 
yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 17,5 foizi qishloq xo‘jaligi 
tarmog'ida yaratilgan. Kelajakda boshqa tarmoqlar izchil rivojlanishi natijasida 
qishloq xo‘jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi kamayishi mumkin. Lekin 
mamlakatimiz iqtisodiyotida mazkur tarmoqning o‘rni va ahamiyati sezilarli 
darajada qolaveradi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ulami qayta ishlash hisobiga olingan 
mahsulotlar mamlakatimiz jami eksporti tarkibida sezilarli salmoqni egallaydi. 
Masalan, 2009-yilda mamlakatimiz eksportining 8,6 foizi faqatgina paxta tolasi 
hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti talablariga mos 
iqtisodiy munosabatlami shakllantiradigan, huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda 
ijtimoiy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta'minlash 
imkoniyatini beradigan tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. 
Bunda sohaga oid turli dasturlarning qabul qilinib, hayotga tatbiq etilishi ham 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Natijada qishloq xo'jaligining yuqori 
sur’atlarda rivojlanishini ta'minlash va shu orqali respublika iqtisodiyotini 
yuksaltirishga erishilmoqda.
10
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə