Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Fanning predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

1.3. Fanning predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari.
«Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti» fanining predmeti - qishloq 
xo'jaligida obyektiv iqtisodiy qonunlarning amal qilish xususiyatlari, tarmoqda 
iqtisodiy munosabatlami ishlab chiqarish kuchlari bilan bogTagan holda 
oTganishdir. Qishloq xo‘jaligining barqaror iqtisodiy asosini, takror ishlab 
chiqarish jarayoni rivojlantirilishini ta'minlaydigan iqtisodiy munosabatlar 
tizimini yaratish va ulami hayotga joriy etish masalalarini, tarmoqda mavjud 
resurslardan oqilona foydalanish, xarajatlami tejash hamda samaradorlikni 
oshirish yoTlarini oYgatish «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining maqsadi 
hisoblanadi. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani 
o‘z oldiga qo‘ygan 
maqsadidan kelib chiqqan holda 
quyidagi asosiy vazifalar yechimining 
nazariy va uslubiy asoslarini o‘rgatishi lozim:
• 
qishloq xo'jaligining respublika iqtisodiyotidagi o‘mi, ahamiyati, 
uning bosqichma-bosqich rivojlanish qonuniyatlarini;
12
www.ziyouz.com kutubxonasi


• 
tarmoqqa davlat rahbarligini, unda amalga oshirilayotgan agrar- 
iqtisodiy islohotlar mazmuni va mohiyatining holatini, ulami rivojlantirish 
yo'llarini;
• 
qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik turlari, 
ularning faoliyatiga baho berish va takomillashtirish yoilari;
• 
tarmoqning cheklangan yer-suv, mehnat resurslari, investitsiyalar va 
ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanish darajasiga iqtisodiy baho berish 
lartibini o'rganish, ulami takomillashtirish va rivojlantirish yo‘llarini asoslab 
berish;
• 
qishloq xo'jaligida qilinadigan doimiy va o‘zgamvchan, o‘rtacha 
xarajatlarni, ulaming tarkibi va kamaytirish yo‘llarini, yetishtirilgan 
mahsulotning hajmini, sifatini, samarali taqsimlanishini hamda pul oqimlarini 
o'rgatish;
• 
tarmoqda 
iqtisodiy 
munosabatlami 
amalga 
oshirishda 
l'oydalanilayotgan baholar tizimini, daromad va foydani aniqlash, ulami oqilona 
laqsimlash yo‘llarini ko‘rsatish;
• 
qishloq 
xo‘jaligi 
ishlab 
chiqarishining 
qay 
darajada 
ixtisoslashganligini, 
joylashganligini 
hamda 
ichki 
va 
tashqi 
integratsiyalashganligini va boshqa 
masalalarini 
o‘rganish.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani o‘z predmetini o‘rganishda 
quyidagi usullardan foydalanadi:
a) dialektika usuli. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani o‘zining 
maqsad va asosiy vazifalarini hal etishda barcha iqtisodiy munosabatlarni 
dialektika qonuniga asoslangan holda tadqiq etadi. Bunda barcha iqtisodiy 
jarayonlar o‘zaro bogiiqlikda va doimiy rivojlanishda deb qaraladi.
b) deduksiya usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi nazariy 
g‘oyalarga asoslangan holda ulami amaliyotga tatbiq qilish mexanizmini 
o‘rganish deduksiya usulining mohiyatidir.
d) 
induksiya usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumotlami 
o‘rganib, shular asosida nazariy g'oyalami yaratish jarayoni induksiya 
usulining mohiyatidir.
Demak, qishloq xo'jaligida har qanday iqtisodiy muammoni avval 
uning nazariyasidan, ya’ni g‘oyasidan amal qilishiga qarab o‘rganish yoki bu 
muammoning amaliyotga joriy etilishidan, ya’ni amaliyotdagi holatiga 
asoslangan holda g‘oya yoki nazariyasini yaratishga qarab tadqiqot olib borish 
mumkin. Ikkala holatda ham iqtisodiy muammolaming yechimi samarali 
aniqlanishi kerak. Yuqorida ta’kidlangan tadqiq qilish, o‘rganish usullari 
qo‘llangan holda muammoni hal etishning iqtisodiy strategiyasi belgilanadi. 
Tanlab olingan tadqiqot strategiyasini joriy etish mexanizmlari va ulami 
amalga oshirish usullarini iqtisodchilar mukammal o‘rganishlari lozim. 
Masalan, respublika qishloq xo‘jaligida mulkning turli shakllarini barpo etish
13
www.ziyouz.com kutubxonasi


g‘oyasi bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagi nazariy g‘oyalarga va 
ularning amaliyotda hal etilishiga asoslangan. Muammoni tarmoqda hal etishda 
respublika qishloq xo‘jaligi amaliyotidagi holat, ma'lumotlar asos qilib olinib, 
bu jarayon tobora rivojantirilmoqda.
e) analiz usuli. Ko'zlangan maqsadga erishish maqsadida biror 
iqtisodiy jarayon to‘g‘risidagi ma’lumotni qismlarga ajratib o‘rganish usulidir.
f) sintez usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumotlami 
umumlashtirib, tegishli xulosalar chiqarish usulidir.
g) iqtisodiy-statistik usul. Ushbu usul qishloq xo'jaligidagi keng 
ko'lamli iqtisodiy jarayonlami o'rganishda qo‘llaniladi. Iqtisodiy-statistik usul 
tegishli xulosalar chiqarish maqsadida ma'lum yo‘nalishdagi ma'lumotlami 
to‘plash, gumhlash, tahlil qilish va ulardan foydalanishni anglatadi.
h) monografik usul. O'rganilayotgan mavzu bo‘yicha umumiy 
xulosalar chiqarish maqsadida mazkur yo'nalishdagi ilg‘or mintaqalar va 
xo‘jaliklar faoliyatini chuqur o'rganish va taqqoslash mazkur usulning 
mohiyatidir.
i) iqtisodiy-matematik usul. Mazkur usul bir qancha omillar ta'sir 
etuvchi murakkab iqtisodiy jarayonlarai o‘rganishda qo‘llaniladi. Ma'lum 
ishlab chiqarish omillari mavjud bo'lganda biror natijaga erishish uchun turli 
muqobil variantlarni o'zaro taqqoslab, ular orasidan eng ma'qulini tanlab 
olishda iqtisodiy-matematik usullaming ahamiyati kattadir. Bunda kompyuter 
texnologiyalaridan ham keng foydalaniladi.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani tarmoqda amalga oshirilayotgan 
tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar majmuasining nazariy asoslarini
yo‘nalishlarini, samaradorligini mavjud tadqiqot usullari yordamida o‘rgatish 
orqali talabalarda tarmoq iqtisodiyoti bo‘yicha iqtisodiy mushohada qilish, uni 
rivojlantirishga oid muammolami qo‘yish va uni hal etish, samaradorligini 
oshirish yo‘nalishlarini belgilab berish qobiliyatini shakllantirib, bozor 
iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlashga 
ko‘maklashadi.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanini o‘rganishda barcha iqtisodiy 
fanlar, 
shu 
jumladan 
«Iqtisodiyot 
nazariyasi», 
«Makroiqtisodiyot», 
«Mikroiqtisodiyot», 
«Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi», «Statistika», 
«Marketing», «Menejment», «Iqtisodiy tahlil» kabi fanlardan olingan nazariy 
va amaliy bilimlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, «Iqtisodiyot 
nazariyasi» fanini o‘rganmasdan qishloq xo'jaligi iqtisodiyotini, unda amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar, ulaming ahamiyatini baholab bo'lmaydi. 
Iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar, ulaming har birining mazmunini, amal qilish 
mexanizmini o'zlashtirmasdan qishloq xo'jaligidagi iqtisodiy munosabatlar 
tizimini to‘g‘ri va samarali amalga oshirish, mehnatni tejash va uning 
unumdorligi rivojlantirilishini belgilash qiyin. «Mikroiqtisodiyot» fanidan talab
14
www.ziyouz.com kutubxonasi


vti taldif kabi iqtisodiy qonunlaming korxonalarda amal qilishini o'rganmasdan 
t|ishloq xo'jaligida qanday mahsulotni, qayerda, qancha miqdorda yetishtirish 
/.arurligmi to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə