Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


-BOB QISHLOQ XO‘JALIGINING MAMLAKATIMIZ



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

1-BOB
QISHLOQ XO‘JALIGINING MAMLAKATIMIZ
IQTISODIYOTIDAGI 0 ‘RNI VA AHAMIYATI.
FANNING PREDMETI, MAQSADl VA TADQIQOT
USULLARI
• Qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘mi va ahamiyati.
• Qishloq xo'jaligi tarmog'ining o‘ziga xos xususiyatlari.
• Fanning predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari.
• Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.
1.1. 
Qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va
ahamiyati.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog‘i muhim 
ahamiyatga ega. Chunki respublikamiz aholisining 48,4 foizi qishloq joylarda 
istiqomat qiladi va ulaming turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan 
uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida 
ham qishloq xo‘jaligi tarmog‘i sezilarli salmoqqa ega.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mamlakatimiz agrosanoat majmuasining 
muhim bo‘g‘ini bo‘lib, uning quyidagi ahamiyati mavjud:
Birinchidan, 
u aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
ta'minlaydi. 
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda mazkur tarmoqning o'ini 
beqiyosdir, chunki aholi iste'mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari asosan 
qishloq xo'jaligi tarmog‘ida yetishtiriladi.
Ikkinchidan, 
qishloq xo‘jaligi yengil va oziq-ovqat sanoati uchun xom 
ashyoning 
asosiy qismini yetkazib beradi. Qishloq xo‘jaligi tarmog'ining 
rivojlanish darajasi sanoat ushbu sohalarining ishlab chiqarish miqdori va 
samaradorligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Mutaxassislaming hisob-kitoblariga 
ko‘ra, to‘qimachilik sanoatida barcha moddiy xarajatlaming 40 foizini qishloq 
xo‘jalik xomashyosi tashkil qilsa, ushbu ko‘rsatkich qand ishlab chiqarish 
sanoatida 70 foizni, sut va yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarishda esa 80 foizga 
yaqinni tashkil qiladi.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə