Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Qishloq xo‘jaligida mavjud tadbirkorlik shakllari va ularning paydo



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

2.3. Qishloq xo‘jaligida mavjud tadbirkorlik shakllari va ularning paydo
boiishi.
Respublikamiz qishloq xo‘jaligida 1991-yildan boshlab siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy ahamiyatga ega boigan tub agrar-iqtisodiy islohotlar 
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat bosh islohotchi boigan bu 
jarayonda tarmoqdagi davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarishga, negizida 
xususiy mulkchilikni va shunga asoslangan tadbirkorlik shakllarini tashkil 
etishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Bunda yerga umummilliy boylik sifatidagi 
davlat umumxalq mulkchiligi saqlab qolinmoqda. Boshqa mulklar esa daviat 
tasarrufidan bosqichma-bosqich chiqarilib, xususiylashtiriimoqda. 1990-yilda 
davlat mulkchiligiga asoslangan xo'jaliklar, ya’ni davlat xo‘jaliklari 1038 ta 
edi. Ular 0 ‘zbekistonda XX asming 30-yillarida tashkil etila boshlangan. 
Respublikaning Qarshi va Mirzacho‘l, Surxon-Sherobod, Markaziy Farg‘ona 
hududlarida yangi yerlami o‘zlashtirish natijasida keng miqyosda davlat 
xo‘jaliklari tashkil etildi. Davlat xo'jaliklarining tashkil etilishida davlat 
byudjetidan ajratilgan mablag1 evaziga ishlab chiqarishni tashkil etish hamda 
yuritish uchun zamr bo‘lgan barcha ishlab chiqarish vositalarini davlat 
tomonidan o‘rnatilgan baholarda sotib olinar edi. Ulardan foydalangan holda 
faoliyat yuritib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarini davlat tomonidan 
belgilangan xarid narxlarida davlatga qarashli tayyorlov tashkilotlariga sotar 
edilar va olingan daromad davlat moliya organlari tomonidan o‘matilgan 
tartibda taqsimlanar edi. Bunda asosiy e'tibor davlat manfaatlarini 
rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, davlat xo'jaliklariga iqtisodiy erkinlik 
berilmagan edi. Shuning uchun ular yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan
24
www.ziyouz.com kutubxonasi


qonun-qoidalarga bo'ysungan holda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish 
bilan shug‘ullanar edilar. Ular asosan paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik, 
chorvachilikka 
ixtisoslashgan 
bo‘lib, 
respublikada 
yetishtirilayotgan 
mahsulotlaming sezilarli qismini ishlab chiqarardilar. Bu xo'jaliklaming 
respublikada yetishtirilgan yalpi qishloq xo'jalik mahsulotidagi ulushi 1990- 
yilda 37,5 foizni tashkil etgan. Lekin ular iqtisodiy negizi, faoliyat yuritish 
mazmuni bo'yicha erkin bozor iqtisodiyoti talablariga javob bermas edi. 
Shuning uchun ham davlat mulkchiligiga asoslangan xo'jaliklar negizida 
tashkiliy, iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi zarar bo‘ldi. Islohotlar 
jarayonida ulaming negizida dastavval jamoa xo'jaliklari, keyinchalik 
shirkatlar hamda hozirgi vaqtda mustaqil fermer xo'jaliklari tashkil etildi.
Respublika hukumati qishloq xo‘jaligi oldidagi muhim vazifalarni 
e'tiborga olgan holda bir qancha muammolami o‘z zimmasiga olgan. Bunda 
davlat bosh islohotchi vazifasini bajarmoqda. Hozirgi davrda respublikamiz 
hukumati agrar siyosatning strategik yo‘nalishlarini belgilab, uni ta'minlash 
bilan bog'liq tadbirlami amalga oshirish choralarini ko'rmoqda. Hukumatning 
asosiy e'tibori qishloq xo‘jaligining barcha sohalari yagona fan-texnika 
siyosatiga asoslangan holda rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. Bu 
nihoyatda muhim masala hisoblanadi. Chunki faqat ilm-fan, yangi, samarali 
texnika hamda ilg‘or texnologiya barcha yutuqlaming asosiy negizidir. Bu 
masalani hal etish maqsadida qishloq xo‘jaligida davlat xo‘jaliklari qisman 
saqlab qolingan. Ular asosan qishloq xo‘jaligida davlat ilmiy-ishlab chiqarish 
birlashmasining tajriba xo‘jaliklari, urug‘chilik va naslchilik xo‘jaliklari 
ko‘rinishida saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda markaz tarkibida 100 taga yaqin 
tajriba xo‘jaliklari faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Ular asosan davlat 
byudjetidan 
ajratilayotgan 
mablag‘lar 
evaziga 
qishloq 
xo'jaligining 
rivojlanishini ta’minlaydigan ilmiy g‘oyalami yaratish, sinash asosida qishloq 
xo'jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanmoqdalar. Ular faoliyatining 
asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
■ urag‘chilik, naslchilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish, yangi, serhosil, 
tezpishar navlar hamda mahsuldor zotlami yaratish;
■ qishloq xo'jaligiga fan yutuqlarini joriy etishni tashkillashtirish;
■ iqtisodiyotda erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yaratish va ulami 
chuqurlashtirish;
■ yangi texnika, ilg‘or texnologiyalami yaratish, agrotexnika tadbirlarini 
takomillashtirish va boshqalar.
Markaz tarkibidagi 
ilmiy-tadqiqot 
institutlarida yaratilayotgan 
yangiliklar eng aw alo tajriba xo‘jaliklarida sinalib, so‘ngra amaliyotga tatbiq 
etish uchun tavsiya qilinadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida ishlab 
chiqarilayotgan yalpi mahsulotning 1 foizini mazkur tajriba xo‘jaliklari 
bermoqda. Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishdagi o‘mini e'tiborga
25
www.ziyouz.com kutubxonasi


olgan holda ulami saqlab qolish 
va faoliyatini rivojlantirish maqsadga 
muvofiqdir.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida o‘tgan asming 80-yillari oxiri va 
90-yillari boshida 
887 ta jamoa xo‘jaligi faoliyat ko'rsatib, respublikada 
yetishtirilayotgan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotining 35 foizini berar edi. 
Ularning iqtisodiy negizini jamoa mulki tashkil etgan. Lekin mulkchilikning bu 
shakli uning haqiqiy mazmuni, mohiyatiga mos emas edi, chunki amalda ular 
davlat tasarrufida edi. Bunday hol bozor iqtisodiyoti talablariga to‘g‘ri 
kelmaydi. Shu bois bozor iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan tarmoqdagi 
davlat xo'jaliklari negizida jamoa xo‘jaliklari bosqichma-bosqich yangicha 
ko‘rinishda tashkil etila boshlandi.
Bu o‘rinda eslatib o'tish kerakki, jamoa xo‘jaliklari 1990-yillargacha 
qishloq xo'jaligini rivojlantirishga ma’lum darajada o‘z hissalarini qo'shganlar. 
Ular o‘sha yillarda tarmoqda yetishtirilayotgan paxtaning 41 foizini, g'allaning 
37 foizini, sutning 36 foizini berar edi. Lekin ularning faoliyatlari ham davlat 
xo‘jaliklari kabi to'liq davlat tomonidan boshqarilardi, ya'ni ularda mahsulotlar 
yetishtirish 
jarayoni 
davlat 
mablag'lari 
hisobidan 
moliyalashtirilib,
yetishtirilgan mahsulotlarni davlat o‘z tashkilotlari yordamida hukumat 
tomonidan belgilangan xarid baholarida sotib olar edi. Olingan daromad esa 
hukumat tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanar edi. Bunda jamoaning 
erki, huquqi to‘liq e'tiborga olinmas edi. Demak, u xo‘jaliklarda amalga 
oshirilgan iqtisodiy munosabatlar bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablariga 
mos emas edi. Bunday hollami bartaraf etish maqsadida avvalo 
jamoa 
mulkchiligiga asoslangan jamoa xo‘jaliklarida haqiqiy bozor iqtisodiyoti 
munosabatlarini barpo etishga alohida e’tibor berildi. Bunda respublikada 
amalga oshirilayotgan yer islohotiga 
asoslangan holda mavjud jamoa 
xo‘jaliklariga davlat mulki hisoblangan yer foydalanish uchun ijaraga berildi. 
Ular yerdan foydalanganlik uchun belgilangan muddatda ijara haqi to‘laydigan 
bo‘lishdi. Ijara haqi 1999-yildan boshlab yagona yer solig'i shaklida 
to'lanadigan bo‘ldi. Shu bilan birga «Mulk to‘g‘risida»gi qonun talabiga 
muvofiq u xo‘jaliklarda haqiqiy jamoa mulkchiligi tashkil etishga e'tibor 
berildi. Mulkchilikning bu shakli jamoa xo‘jaliklari negizida shirkat xo‘jaliklari 
tashkil etish orqali shakllantirildi. Uning huquqiy asoslari yaratildi. Oliy Majlis 
tomonidan 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan «Qishloq xo‘jalik kooperativlari 
(shirkatlar) to‘g‘risida»gi Qonun, uning hayotga tatbiq etilishini ta’minlash 
maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 229-sonli 
qarori qabul qilingan edi.
Shirkat xo‘jaligi - qishloq xo'jalik tovar mahsulotlari ishlab chiqarish 
va xizmatlami bajarish maqsadida fuqarolaming paychilikka asoslangan oilaviy 
pudrat asosida uyushib, erkin, mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan, yuridik shaxs 
maqomiga ega bo‘lgan xo'jalik yuritish subyektidir. Ular o‘tish davrida qishloq
26
www.ziyouz.com kutubxonasi


xo‘jaligida tadbirkorlikning yirik tovar ishlab chiqaruvchi shaldi sifatida 
uamoyon bo‘ldi. Ulaming ixtiyoriga qishloq xo‘jalik yerlarining asosiy qismi 
uzoq muddatga ijaraga foydalanishga berildi. Shirkat xo'jaliklarining iqtisodiy 
negizini, ya’ni mulkini pay (ulush) asosida tashkil etilgan paychilarning 
jamoaviy mulki tashkil etar edi. Shirkat xo‘jaliklarining barcha mulki 
(yerlaming qiymatini ham qo'shib) a'zolariga pay shaklida bo‘lib berildi. 
Shuning natijasida shirkat a’zolari mulk egasi bo‘ldilar. Bu hol ularga barcha 
inulkka birgalikda egalik qilish, foydalanish imkoniyatini berdi.
Shirkat xo‘jaliklarini faoliyat ko'rsatib turgan jamoa xo‘jaliklari 
/aminida qayta tashkil etish nazarda tutilgan edi. Faoliyat ko‘rsatib turgan 
jamoa xo‘jaligini shirkat xo‘jaligiga aylantirish xo‘jalik a’zolarining umumiy 
majlisi qaroriga asosan amalga oshirilgan. Ushbu qaror o'zgartirilayotgan 
xo'jalikning kreditorlariga ham yozma ravishda yetkazilishi nazarda tutilgan. 
Shu qarorga asosan shirkat xo‘jaligiga aylantirilayotgan xo'jalik rahbarlari, 
mutaxassislari va a'zolaridan iborat komissiya tuziladi. Tuman hokimining 
qarori bilan komissiya ishida tuman hokimligi, moliya va soliq idoralari, 
banklar, kasaba uyushmasi vakillari ishtirok etadilar. Komissiya zimmasiga 
nihoyatda muhim masalalar yuklatilgan edi. Shu jumladan mazkur komissiya 
yangi tashkil etilayotgan shirkat xo‘jaligining 
Nizomi loyihasini ham 
tayyorlagan.
Mamlakatimizda tashkil etilgan shirkat xo‘jaliklari dehqonlaming 
inoddiy manfaatdorligini oshirgan bo‘lsada, bozor munosabatlari talablariga 
loTiq javob bera olmadi. Ayrim holatlarda esa shirkat xo‘jaliklarini tashkil 
ctishda tashkiliy-iqtisodiy tomondan ma’lum kamchiliklarga yo‘1 qo‘yildi. Shu 
sababli mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligiga samarali, 
dehqonlarda haqiqiy mulkdorlik hissini uyg'otadigan, ulaming iqtisodiy 
ctkinligini ta’minlaydigan xo'jalik yuritish shakllarini joriy etishga e'tibor 
qaratildi. A w alo, dehqonning ishlab chiqarishga va mulkka egalik hissining 
ortishi, eikin iqtisodiy faoliyat yuritishi, daromad olishi, uni o‘z xohishiga k c‘ra 
inustaqil taqsimlash hamda tasarraf etish imkoniyati yaratildi. Respublika agrar 
sohasida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari boshqa subyektlarga nisbatan 
amaliyotda o‘zining bir qancha ijobiy ustunliklarini ko'rsatdi va shu sababli 
l'ermer xo‘jaliklariga istiqbolli xo'jalik yuritish shakli sifatida juda katta e’tibor 
qaratildi. 1998-yil 30-aprelda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo'jaligi 
to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan boTib, u 36 moddadan iborat. Ushbu 
qonunning yangi tahriri 2004-yil 26-avgustda qabul qilindi. «Fermer xo'jaligi 
to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasida fermer xo'jaligiga quyidagicha ta’rif 
berilgan: fermer xo‘jaligi - ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan 
holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil 
xo‘jalik yurituvchi subyektdir.
27
www.ziyouz.com kutubxonasi


Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida fermer xo'jaliklari 
faoliyatining rivojlanishi hamda samaradorligining oshishi ta'minlanmoqda. 
Chunonchi, respublikamizda 2008-yiI 1-yanvar holatiga 217,1 mingta fermer 
xo'jaliklari faoliyat yuritgan boiib, ularda 1621,4 ming kishi band edi. Fermer 
xo'jaliklariga 5787,8 ming gektar yer uzoq muddatga ijaraga berilgan boiib, 
bir fermer xo‘jaligiga o‘rtacha 26,7 gektar yer to'g'ri kelar edi.
Mamlakatimizda 
fermer 
xo‘jaliklari 
faoliyatining 
asosiy 
ko‘rsatkichlari 2.1-jadvalda keltirilgan.
2.1-jadval

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə