Umumiy qoidalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/274
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156924
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274
Joriy versiya22.09.1994



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI
UMUMIY QISM
BIRINChI BO‘LIM
UMUMIY QOIDALAR
I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari
Oldingi
 tahrirga qarang.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligi
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligi 
Konstitutsiya
va xalqaro
huquqning umum e’tirof etgan normalariga asoslangan bo‘lib, ushbu Kodeksdan iboratdir.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2-modda. Kodeksning vazifalari
Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat
manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash,
shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika 
Konstitutsiyasi
va qonunlariga rioya
qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
13

15

22
 va 
48-moddalari
.
Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun Kodeks javobgarlikning asoslari va prinsiplarini,
qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan
shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini
belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
3

14

42

43
,
 88 
va 
93-moddalari
.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə