Umumiy qoidalar


-modda. Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/274
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156924
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   274
Joriy versiya22.09.1994

19-modda. Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki odamning aql-
irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod
qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso deb topish uchun asos bo‘lmaydi.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
1
1
1
1
1
1
1


V bob. Ayb
20-modda. Aybning shakllari
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida
sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
21
 va 
22-moddalari
.
21-modda. Qasddan sodir etilgan jinoyat
Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt
deb hisoblangan bo‘lib, uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan
va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt
deb topilgan qilmishlar to‘g‘ri yoki egri qasddan sodir etilgan bo‘lishi mumkin.
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli
oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishini istagan bo‘lsa, bunday jinoyat to‘g‘ri qasddan
sodir etilgan deb topiladi.
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli
oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday jinoyat
egri qasddan sodir etilgan deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-
sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 
2-
bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan
shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 
3-bandi
.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə