Umumiy qoidalar


-modda. Jinoyatga daxldorlik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/274
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156924
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   274
Joriy versiya22.09.1994

31-modda. Jinoyatga daxldorlik
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki jinoyat sodir etilganligi
haqida aniq bila turib, oldindan va’da bermagan holda, hokimiyat organlariga xabar qilmaslik,


ushbu Kodeksning 
155
va 
241-moddalarida 
nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab
bo‘ladi.
(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli va vositalarini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yo‘l bilan qo‘lga
kiritilgan narsalarni oldindan va’da bermagan holda yashirganlik ushbu Kodeksning 
241-moddasida
nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Oldindan va’da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik
uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka
tortilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 
17-bandi
.
VIII bob. Bir qancha jinoyat sodir etish
32-modda. Takroran jinoyat sodir etish
Ushbu Kodeks 
Maxsus qismining 
aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida
ko‘rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli
vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, takroran jinoyat
sodir etish deb topiladi. Tamom bo‘lgan jinoyat ham, jazoga sazovor bo‘lgan jinoyatga tayyorgarlik
ko‘rish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish
ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-
maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar
to‘g‘risida”gi qarorining 

va 
14-bandlari
.
Agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan bo‘lsa,
jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-
maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar
to‘g‘risida”gi qarorining 
3-bandi
.
Umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yo‘naltirilgan bir jinoyat tarkibini
tashkil qiluvchi bir-biriga o‘xshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat bo‘lgan (davomli) jinoyat
takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-
maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar
to‘g‘risida”gi qarorining 
4-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 6-
sonli “O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining 
ikkinchi 
va 
uchinchi xatboshilari
.
Vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bo‘lib, bir jinoyatning uzluksiz
tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa cho‘zilgan) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-
dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarorining 
9-bandi
.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə