3-modda. Kodeksning prinsiplari
Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik,
odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
4 — 10-moddalari
.
4-modda. Qonuniylik prinsipi
Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat
Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
14
,
42
,
43
va
77-moddalari
.
Hech kim sudning hukmi bo‘lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga
xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs
qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasining
birinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 23-moddasining
birinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining
ikkinchi qismi
va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya
kodeksining
2-bobi
(“Mahkumlarning huquqiy holati”).
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
5-modda. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi
Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va
ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 19-moddasining
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
16-moddasi
.
Dostları ilə paylaş: |