Turizim sohasini rivojlantirish


BOB. TURIZMNING RIVOJLANISHIDA ASOSIY OMILLAR



Yüklə 63,38 Kb.
səhifə5/9
tarix19.12.2023
ölçüsü63,38 Kb.
#153196
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Turizim sohasini rivojlantirish-www.fayllar.org

BOB. TURIZMNING RIVOJLANISHIDA ASOSIY OMILLAR


  1. Turizmni rivojlantirishda hukumat va xususiy sektorlarning roli

Hozirgi kunda, dunyo mamlakatlarida xalqaro turizmning rivojlanishida turistik korxonalarning ijtimiy-iqtisodiy ahamiyatini oshirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Dunyodagi toʻrtta ustuvor sohalardan biriga aylangan turizm sohasiga ham imkon qadar aholining keng qatlamini faol hissa qoʻchishlarini, ya’ni ularni turli xil turistik xizmatlarni tashkil qilishda keng miqyosda ishtirok etishlarini va buning natijasida mamlakatlarning ham ijtimoiy ham iqtisodiy jihatdan manfaatdorliklarini oshirishlarini ta’minlashda xususiy turistik korxona va tashkilotlarning oʻrni benihoya kattadir.

Hozirgi kunda, respublikamizda 60 mingga yaqin turli mulkchilik shakllaridagi kichik korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Bu korxonalardan 96,1 % shaxsiy mulkchilik koʻrinishidagi korxonalardir. Kichik korxonalar hissasiga jami mahsulot, ish va xizmatlarning 96 % toʻgʻri keladi. Ma’lumotlardan koʻrinib turganidek, Oʻzbekiston Respublikasida xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat tomonidan katta ahamiyat berilmoqda. Boshqa sohalarda boʻlgani kabi turizmni rivojlantirishda ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan xususiy turistik korxonalarni shartli ravishda ikki xilga ajratish mumkin: bevosita turistlarni qabul qilish, ularning sayohatlarini tashkil etish bilan shugʻullanadigan firmalar hamda turizmni rivojlantirishga bilvosita ta’sir koʻrsatuvchi kichik va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari. Birinchi toifaga kichik turistik firmalar, shaxsiy mehmonxonalar, kempinglar, transport korxonalari, restoranlar kabilar kirsa, ikkinchi toifaga an’anaviy-milliy xarakterdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan mahalliy kichik va xususiy korxonalar, hunarmandchilik korxonalari va shu kabilarni kiritish mumkin.


Ma’lumki, mamlakatga tashrif buyuradigan turistlar oddiy taomdan boshlab qimmatbaho suvenirlargacha boʻlgan mahsulot va xizmatlarning ma’lum miqdoriga talab bildirishadi. Bu tabiiy ravishda, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan kichik va xususiy biznes korxonalariga oʻz imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun yoʻl ochadi. Fermerlar turistlar istiqomat qiladigan mehmonxonalarda toza mahsulotlarni yetishtirib turishadi, toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatida faoliyat koʻrsatadigan kichik va xususiy korxonalar turistlar uchun zarur boʻlgan yotoqxona jihozlari, xalatlar va boshqa shu kabilarni ishlab chiqishadi, kosmetika sanoati korxonalari shampun, sovun va dezodorantlarni ishlab chiqarishadi. Hunarmandchilik ustaxonalari va an’anaviy milliy mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxonalar ham turistlar uchun buyurtmalar tayyorlashadi. Umuman olganda, hozirgi kunda respublika turizm sanoatida xususiy turistik korxonalarning faoliyat koʻrsatishi sezilarli darajada emas. Buning asosiy sabablari quyida oʻz ifodasini topgan:
Birinchidan, respublikada turizm sohasida faoliyat koʻrsatayotgan ayrim kompaniyalarning monopollashganlik xarakteriga ega ekanligi. Ma’lum bir sabablarga koʻra, ushbu kompaniyalar tarkibidagi ob’yektlarning xususiylashtirilish jarayoni ancha sust amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, yangi tashkil qilinayotgan kichik turistik firmalarning ayrimlari ham yirik turistik kompaniyalarda mavjud imkoniyatlarning koʻpchiligiga ega emas;
Ikkinchidan, turizm sohasida yuqori malakali kadrlarning yetishmasligi oqibatida yangidan-yangi kichik turistik firmalarning tashkil etilishi va samarali faoliyat koʻrsatishi ancha dolzarb muammoga aylanmoqda;
Uchinchidan, respublika viloyatlari va tumanlarining koʻpchiligida mahalliy vakillik organlarida faoliyat koʻrsatayotgan amaldorlarning turizmni iqtisodiyotiga qoʻshadigan hissasini toʻgʻri baholay olmasligi natijasida va ularning ishga eskicha tafakkurda yondashishlari turistik firmalarning tashkil etilishi, shuningdek, turizm bozoriga bilvosita ta’sir koʻrsatadigan kichik va xususiy biznes bilan shugʻullanuvchi turistik korxonalarning ochilishiga beparvolik bilan qaralmoqda;
Toʻrtinchidan, yangi tashkil etilgan turistik firmalar tor faoliyat doirasi bilan cheklanib qolmoqda. Bundan tashqari ular “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi uchun an’anaviy hisoblangan ayrim xizmat turlaridan tashqariga oʻtishmayapti. Buning natijasida, bu firmalarning xorijiy turistlar tomonidan qiziqish bilan e’tirof etilishiga yetarlicha imkon yaratilmayapti.
Agarda turistik firmalar noan’anaviy xizmat turlari, masalan, mamlakatimizning goʻzal va serjilo tabiatiga oʻzaro ajoyib sayohatlarni uyushtirish, turistlar uchun mahalliy qishloqlar va ovullarda xalq milliy urf-odatlari bilan tanishtirish ekskursiyalarini tashkil etish, shuningdek, turistlar uchun milliy ruhdagi konsert va tomoshalarni uyushtirish kabi xizmat turlarini tashkil etishsa ular oʻz oldilariga qoʻygan maqsadlariga erishishlari mumkin.
Beshinchidan, mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini, milliy ruhdagi kiyim-kechaklarni, milliy taomlarni va boshqa shu kabilarni ishlab chiqarish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek, xususiy turistik firmalar turizm xizmatlar bozorini jadal sur’atlarda va sifatli rivojlanishi uchun nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga mos turizm infratuzilmasi endi rivojlanayotganligi bois xususiy turistik firmalarning deyarli barchasi kichik tadbirkorlik sub’yektlari hisoblanadi. Xorijiy mutaxassislarning baholashlariga koʻra, Oʻzbekistonda hukm surayotgan osoyishtalik, yurtimizning osori atiqalari, qadimiy madaniy yodgorliklari va goʻzal tabiati mamlakatga har yili 2-2.5 mlngacha boʻlgan turistlarni tashrif buyurishi uchun imkon yaratadi. Buning uchun bunday katta hajmdagi turistlar oqimini qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlgan xususiy mulk shaklidagi otellar, kempinglar, mehmonxonalar, turistik bazalar tizimi va boshqa shu kabilarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 63,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə