Turizim sohasini rivojlantirish


Turizm iqtisodiyotining statistik ma’lumotlari



Yüklə 63,38 Kb.
səhifə6/9
tarix19.12.2023
ölçüsü63,38 Kb.
#153196
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Turizim sohasini rivojlantirish-www.fayllar.org

2.2. Turizm iqtisodiyotining statistik ma’lumotlari
2008 yilda “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan izlanishlarning natijalariga qaraganda, oʻttiz mingdan ortiq kishi bevosita turizm sohasida faoliyat koʻrsatgan, shu jumladan, 5,6 ming kishi kompaniya tuzilmasida 4,7 ming kishi transport xizmat koʻrsatish sohasida, 3,8 ming kishi savdo xizmat koʻrsatish sohasida, 4,7 ming kishi oziq- ovqat ta’minoti sohasida, 1,5 ming kishi turistik ob’yektlarni qurilishida, 2,6 ming kishi individual mehnat faoliyatida, 3 ming kishi madaniyat muassasalarida, 1,7 ming kishi madaniyat yodgorliklari va tabiatni muhofaza qilishda, shuningdek 2,2 ming kishi kichik shaxsiy turistik korxonalarda faoliyat koʻrsatishgan. Koʻrinib turganidek, turizm sohasida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sari sezilarli qadamlar tashlangan. Biroq, bu sohada kadrlar malakasining yetishmasligi va Oʻzbekistonda turizmning koʻplab yoʻnalishlarini rivojlantirish borasida yetarlicha tajribaning yetishmasligi oqibatida xususiy tadbirkorlik biznesining rivojlanishi sust amalga oshmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatimizda bir kunda tashrif buyuradigan turistlarning oʻrtacha yigirmadan bir qismi qimmat narxdagi mehmonxonalar xizmatidan, koʻpchiligi esa, uch yulduzli otellardan foydalanish istagini bildirishadi. Toshkent shahri bunday xizmatlar tizimini turistlarga taklif etishi mumkin, biroq poytaxtdan uzoqda joylashgan koʻplab hududlarda, ayniqsa, Termiz, Qoraqolpogʻiston Respublikasi va Andijonda faoliyat koʻrsatayotgan davlat mehmonxonalari hali ham asosiy turistik oqimlarni oʻzlariga jalb eta olmayaptilar. Chunki, bunday mehmonxonalar xorijiy turistlarni qabul qilishga toʻlaligicha tayyor emas. Mahalliy darajada shaxsiy kapitalni ragʻbatlantirish, ya’ni umumiy turistik xizmat koʻrsatish tizimiga birlashgan shaxsiy uy va xonadonlarni ochish bunday muammoni ijobiy hal etilish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun xususiy tadbirkorlarga turistik trassada joylashgan har qanday shaharda oʻn – yigirma kishiga moʻljallangan shaxsiy uylarni qurishga ruxsat berish kerak. Shunday qilingandagina yuqorida aytib oʻtilgan muammo oʻz yechimini topadi.
Oʻzbekiston turizm sanoatini 2003-2008 yillardagi rivojlanishining iqtisodiy koʻrsatkichlariga e’tiborni qaratadigan boʻlsak (2-jadvalga qarang), bu sohada kichik va xususiy turistik sub’yektlarining sezilarli ta’siri boʻlayotganligining guvohi boʻlamiz. 2003-yilda mamlakat boʻylab sayohat qilgan jami turistlarning miqdori 731 ming kishini tashkil etgan boʻlsa, 2004-yilda 752 ming kishini va 2008-yilga kelib esa 915 ming kishini tashkil etdi. Shunga mos ravishda, chet ellik turistlarning ham salmogʻi yildan-yilga oshib bordi. Masalan, 2003-yilda 271 ming kishi, 2004-yilda 274 ming kishi tashrif buyurgan boʻsa 2007-yilda bu koʻrsatkich 375 ming kishini tashkil etdi. Shu oʻrinda e’tiboringizni 2008-yilda jami turistlar miqdori 2003 yilga qaraganda salkam 184 ming kishiga ortgan bir vaqtda xorijiy turistlar miqdori esa 2003-yildagiga qaraganda atigi 111 ming kishiga ortganligiga qaratmoqchimiz. Koʻrinib turganidek, mamlakatimizda mahalliy turistlarni sayohati chet ellik turistlar sayohatiga qaraganda koʻproq uyushtirilgan.
Endi e’tiboringizni mahalliy va chet ellik sayyohlarga koʻrsatiladigan turistik xizmatlar yoki turistik xizmatlar eksportini ifodalovchi koʻrsatkichlarga qaratmoqchimiz. Ma’lumotlardan koʻrinib turganidek, turistik xizmatlar eksporti ham turistlar oqimining koʻpayishi bilan birga 3 yil mobaynida oshib borgan. 2003-yilda bunday eksport 21,0 mln. AQSh dollarini tashkil etgan boʻlsa, 2004-yilda 25,5 mln. AQSh dollari va 2008- yilda 29,8 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.
Yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek, turizm respublikamiz iqtisodiyoti uchun gʻoyatda zarur boʻlgan valyuta tushumini ta’minlaydi (3-jadvalga qarang). Jadvaldan koʻrinib turganidek, 2003-2008-yillarda xizmat koʻrsatishdan tushgan foyda tushumi har yili oshib borgan.
2003-yilda foyda tushumi 526 mln soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 2005-yilda bu koʻrsatkich 661 mln soʻm va 2008-yilda esa 803 mln soʻm boʻlgan. Bunga mos ravishda oʻrtacha bir turistga toʻgʻri keladigan valyuta miqdori ham yildan-yilga oshib borgan. 2003-yilda oʻrtacha bitta turistga toʻgʻri keladigan valyuta miqdori 74,5 AQSh dollarini tashkil etgan boʻlsa, 2005 – yil 93,2 AQSh dollari va 2008-yilda 98,0 ming AQSh dollarini tashkil etdi.[3] Umuman olganda, ikkinci va uchinchi jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar mamlakatimiz turizmini rivojlanishida xususiy sektorga, ya’ni asosan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga nihoyatda muhim e’tibor berilayotganligidan dalolat beradi.

Yüklə 63,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə