Turizim sohasini rivojlantirish


Turistlarni Oʻzbekistonga jalb qilish muammolari



Yüklə 63,38 Kb.
səhifə7/9
tarix19.12.2023
ölçüsü63,38 Kb.
#153196
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Turizim sohasini rivojlantirish-www.fayllar.org

2.3. Turistlarni Oʻzbekistonga jalb qilish muammolari
Oʻzbekiston turizmi sanoatida hali ham ovqatlanish bilan bogʻliq masalalar muammoligicha qolmoqda. Masalan, Yevropaliklar standart usullarda tayyorlangan oddiy va xushta‘m taomlarni ma’qul koʻradilar. Buning uchun esa, xorijiy mamlakatlardagi mehmonxona komplekslarida foydalaniladigan maxsus asbob-uskunalar va tegishli taom texnologiyalarini oʻrnatish zarur. Mamlakatimizdagi mahalliy mehmonxonalar 20-25 ga yaqin taomlarni taklif qilishi mumkin. Biroq, harbiy andozalar boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan turistik komplekslar 200 ga yaqin taomlarni taklif qilish imkoniyatiga ega. Bu muammoni hal etilishining birdan-bir yoʻli shaxsiy restoranlar va kafelar sonini oshirish va ulardagi xizmat koʻrsatish sifatini jahon andozalariga mos ravishda tashkil etishdir. Oʻzbekistonga xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan turistlar bilan muloqot qilinganda, ularning 25 % i ovqatlanish xizmatlaridan qanoatlanganliklarini bildirishdi, 41 % i esa taomlar sifatiga baho berishni oʻzlariga ma’qul topishmadi. Bunday muammoni hal etish uchun xorijiy turistlarga xizmat koʻrsatadigan umumiy ovqatlanish ob’yektlarini sertifikatlash va nazorat qilish juda katta ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, turistlar mahalliy taomning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida reklama prospektlari orqali xabar topishlari kerak. Shuni alohida ta’kidlab oʻtish joizki, soʻrovda ishtirok etgan xorijiy turistlarning 73 % ovqatlanish punktlarining xizmat koʻrsatishi toʻgʻrisida toʻliq ma’lumotga ega boʻlmaganliklaridan shikoyat qildilar.
Ma’lumki, turistlarga qisqa vaqt ichida belgilangan joyga yetib borish zarur hisoblanadi. “Oʻzbekturizm” Milliy Kompaniyasining avtobus parki shuningdek, bir qator kichik shaxsiy kompaniyalar tegishli transport vositalariga ega. Biroq, shunday boʻlishiga qaramasdan, 2003-yil ma’lumotlariga koʻra, mamlakatga tashrif buyurgan 731 ming turistning atigi 33,4%, 2004-yilda esa 752 ming turistdan 32,6 %, 2007-yilda esa 856 ming turistdan 34,7 % i “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi xizmatlaridan foydalangan.
Turistlarning aksariyati esa, cheklangan imkoniyatlar bilan shahar va shaharlararo transportlardan foydalanishga majbur boʻlishgan. Koʻrinib turganidek, bu borada ham xususiy turistik korxonalarga katta ehtiyoj sezilmoqda. Respublikada avtomobillarni turistlarga ijaraga berish xizmati ham yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan. Axir Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan Neksiya, Matiz va Lasetti mashinalari har qanday avtoturizm ishqibozlarining barcha talablariga javob beradi. Buning uchun joylarda maxsus ixtisoslashgan shaxsiy markazlarni tashkil etish zarur. Bu markazlar bevosita turistlarga barcha diqqatga sazovor joylar koʻrsatilgan yoʻl kartalari bilan avtomobillarni taqdim etishlari, shuningdek, biron bir muammo yuz berganda turistlar bilan oʻz vaqtida bogʻlana olish maqsadida uyali aloqa xizmatlarini taklif etishlari kerak.

Turizm dunyo miqyosida rivojlanayotgan sohaga aylandi. Har yili bir milliarddan ziyod kishi ta’tilni oʻtkazish, koʻngil ochish yoki boshqa boʻsh vaqtlarini oʻtkazish uchun odatiy joylaridan tashqarida ajoyib joylarni ziyorat qilish uchun sayohat qilishadi.


Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumotlariga koʻra, turizm soʻnggi besh yil ichida xalqaro savdoga qaraganda yuqori oʻsish bilan xizmatlar va tovarlar eksporti boʻyicha dunyo boʻylab uchinchi oʻrinda turadi. Oʻzbekistonda turizm iqtisodiyotning strategik sektoriga aylantiriladi. Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2 dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasi sayyohlik sohasini rivojlantirishni tezlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonida koʻzda tutilgan
Farmon mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmogʻi sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada toʻliq va samarali foydalanish, turizm tarmogʻini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targʻibot qilish, turizm sohasida Oʻzbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirishga yoʻnaltirilgan.
“Turizm sohasida ulkan imkoniyatlar mavjudligiga qaramay, Oʻzbekistonning turizm infratuzilmasi, turizm xizmatlari sifati va uning darajasi, shuningdek tarmoqni boshqarish tizimi globallashuv va keskin raqobat sharoitida zamonaviy talablarga mos kelmaydi. Turizmning mamlakat iqtisodiyotiga qoʻshayotgan hissasi, xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish va aholini ish bilan ta’minlash jahondagi oʻrtacha koʻrsatkichlardan orqada qolmoqda”, deyilgan farmon sharhida. Farmonda turizm sohasida davlat siyosatining sifat jihatdan yangi bosqichga oʻtishini belgilab beradigan ushbu tarmoqni tubdan isloh qilish boʻyicha misli koʻrilmagan chora-tadbirlar nazarda tutiladi, quyidagi asosiy maqsadli vazifalar va ustuvor yoʻnalishlar belgilanadi:
  • Turizm industriyasi sub’yektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, turizmni rivojlantirishdagi barcha toʻsiq va gʻovlarga barham berish, viza va roʻyxatdan oʻtkazish tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish;


  • Turizm xizmatlarini tashkil etishda turistlar va ekskursantlarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;


  • Turizmning yangi salohiyatli turlari – ziyorat qilish, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sogʻlomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik, bolalar, yoshlar va oilaviy turizmni jadal rivojlantirish;


  • Turizm sohasida xalqaro va milliy tashkilotlar, yirik xorijiy brendlar va kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm xizmati koʻrsatishning ilgʻor jahon sifat standartlarini joriy etish;


  • Respublika mintaqalarida turizm infratuzilmasining zamonaviy obektlari, eng avvalo mehmonxonalar, transport-logistika tuzilmalari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish;


  • Raqobatbardosh turizm mahsulotlarini ishlab chiqish, mintaqalarda yangi turizm yoʻnalishlarini yaratish, ularni jahon turizm bozorlariga olib chiqish;


  • Turizm tarmogʻi uchun malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish. Davlat siyosatini samarali amalga oshirish, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan maqsadli vazifalar hamda ustuvor yoʻnalishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashkil etildi, uning mintaqalarda boʻlimlari va vakolatli vakillari faoliyat olib boradi.


Shuni alohida qayd etib oʻtish kerakki, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining faoliyati eng avvalo nazorat va ma’muriyatchilik vazifalarini amalga oshirishga emas, balki turizm sohasidagi tadbirkorlik faolligini kuchaytirishga butun choralar bilan koʻmaklashishga, turizmni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan barcha gʻovlar va toʻsiqlarni bartaraf etishga, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.


Farmonda turizm sohasida litsenziya berish, sertifikatlashtirish hamda boshqa ruxsatnomalar berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan davlat tomonidan boshqariladigan bir qator prinsipial yangi mexanizmlar belgilab qoʻyildi.
Jumladan, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab turizm faoliyatiga litsenziya berish vazifasi Vazirlar Mahkamasidan yangi tashkil qilingan davlat qoʻmitasiga oʻtkaziladi, bunda mehmonxonalar va odamlar yashaydigan boshqa joylarning litsenziya olishlari toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi. Oʻz navbatida 2018 yildan boshlab xorijiy turistlarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari va avtotransport korxonalarini xorijiy turistlarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini ta’minlash maqsadida majburiy sertifikatlash joriy etildi.

Yüklə 63,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə