Turizim sohasini rivojlantirish



Yüklə 63,38 Kb.
səhifə2/9
tarix19.12.2023
ölçüsü63,38 Kb.
#153196
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Turizim sohasini rivojlantirish-www.fayllar.org

Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishi „Turizm sohasini rivojlantirish“ mavzusida boʻlib, biz bu kurs ishida turizim soxasini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida fikr va mulohazalar olib borildi. Hozirgi kunda, respublikamizda 60 mingga yaqin turli mulkchilik shakllaridagi kichik korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Bu korxonalardan 96,1 % shaxsiy mulkchilik koʻrinishidagi korxonalardir. Kichik korxonalar hissasiga jami mahsulot, ish va xizmatlarning 96 % toʻgʻri keladi. Ma’lumotlardan koʻrinib turganidek, Oʻzbekiston Respublikasida xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat tomonidan katta ahamiyat berilmoqda.
Kurs ishining vazifasi: Ushbu kurs ishi „Turizm sohasini rivojlantirish“ mavzusida boʻlib, biz bu kurs ishida biz Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishning amaliy asoslari: Iqtisodiyotni rivojlantirishda turizmning ta’sir doirasi: Buyuk Ipak yoʻli va unda turizmni rivojlantirishning ahamiyati : Turizmni rivojlantirishda hukumat va xususiy sektorlarning roli: Turizm iqtisodiyotining statistik ma’lumotlari: Turistlarni Oʻzbekistonga jalb qilish muammolari: Bozor iqtisodiyoti sharoitida turistik biznesni amalga oshirishni tashkil qilish mavzulari asosida oʻrganishni kura ishimizning vazifasi qilib oldik.
Kurs ishining predmeti: Turizm sohasini rivojlantirish mavzusi asosida oʻrganish va yoritib berish.
Kurs ishining oʻrganilganlik darajasi : Kurs ishida mavzu asosan oʻrganildi kuzatish va taxlil qilish metodlari yordamida bajarildi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Ushbu kurs ishi kompyuterlik matn asosida yozilgan boʻlib, kirish qismi, asosiy qismi, ikki bob, yetti paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat.


  1. BOB. TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI


    1. Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishning amaliy asoslari

Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida turizmning milliy modelini shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modelda ta’kidlanishicha mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har qanday bozorlar kabi mamlakatning ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy vaziyatiga ta’sir koʻrsatadi. U mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya va kapital oqimini ta’minlash darajalarini aniqlashda muhim vosita boʻlib hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, asosan, xususiy va tijorat kompaniyalari turistlarga xizmat koʻrsatadi. Biroq, har qanday sharoitda ham davlat optimal iqtisodiy va huquqiy zaminni yaratgan taqdirdagina turizm rivojlanishi mumkin. Agarda davlat kasbiy tayyorgarlik masalalari, tabiiy va madaniy muhitni muhofaza etish, axborot – reklama ishlari va rasmiyatchilikni soddalashtirish kabilar bilan shugʻullanmasa, u holda turizm kutilganidek rivojlanish darajasiga erisha olmaydi. Bunda davlat tomonidan turizmni rivojlantirish, turistik xizmatlar bozorini shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish usullari va richaglarini qayta isloh etish, turizmni tashkiliy boshqaruv tizimlarini takomillashtirish, uning eksport salohiyatini oshirish va eng asosiysi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabilarga tegishli uslubiy va amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.


Oʻzbekistonda turizm infratuzilmasiga Sobiq Ittifoq davridanoq asos qoʻyilgan edi. Biroq, bu sohadan keladigan daromadlarning qayta taqsimlanish muammosi odatdagidek markaz tomonidan hal etilardi. 1985-89 – yillarda Oʻzbekistondagi ichki va hududiy turizmning hajmi 1,4-1,6 mln. Kishini, bunda chet ellik turistlarning miqdori atigi 130-180 ming kishini tashkil etardi xolos. Bu vaqtga kelib, ya’ni 1985 yilda Turkiyada 1,5 mln. 1992 – yilda esa 7 mln. 2003 yilda esa 11 mln. Atrofida xorijiy turistlar tashrif buyurishdi. 1981 – yilda Vengriya 14,2 mln. Turistlarni qabul qilgan boʻlsa, 1991 yilga kelib bu miqdor 19,1 mlnga etdi. 1992 – yilda Oʻzbekistonning turistik sohasi chet ellik turistlarga faqatgina 27 ta, 2008 – yilda esa 50 dan ortiq xizmat turini taklif etdi. Turkiya, Italiya va Ispaniya kabi mamlakatlarda esa bu koʻrsatkich 250-400 ni tashkil etadi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng Prezidentimizning bevosita tashabbuslari bilan turizmni rivojlantirish ustuvor masalaga aylandi. Umuman olganda, Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini rivojlanishini beshta bosqichga boʻlish mumkin.
Birinchi bosqich (oʻz ichiga 1992 – yilni oladi). Ushbu bosqich respublikamizda milliy turizmning dastlabki shakllantirilishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda turizm infratuzilmasida yetakchi hisoblangan “Oz‘bekturizm” Milliy Kompaniyasiga asos solindi.
Ikkinchi bosqich (1993-1995 – yillar). Bunda turizmning milliy rivojlanish modeli ishlab chiqildi. Ushbu bosqich turistik xizmatlar koʻrsatish hajmining oshib borishi bilan birgalikda yangi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqish, xizmat koʻrsatishni yaxshilash, turizmning moddiy-texnika bazasini kengaytirish, boshqaruvning tashkiliy tizimini takomillashtirish va boshqa shu kabi vazifalar bilan bogʻliq boʻlgan bir qator muammolarni yuzaga keltirdiki, ularni faqatgina “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi doirasida hal etish imkoni boʻlmay qoldi. Kompaniya turistik operatorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilish maqsadida Germaniya (Frankfurt-Mayn), Angliya (London), AQSh (Nyu-York), Birlashgan Arab Amirliklari (Sharja) va Rossiya (Moskva) kabi mamlakatlarda oʻzining vakolatxonalarini ochdi.
Uchinchi bosqich (1995-1997 – yillar). Bunda turistik xizmatlar sohasida xususiylashtirish jarayoni boshlandi. 1996 yilning boshlarida “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi tizimidagi turistik obyektlar umumiy miqdorining 90% ga yaqini davlat tasarrufidan chiqarildi.
Toʻrtinchi bosqich (oʻz ichiga 1998 – yilni oladi). Bu bosqichda eksport salohiyatini oshirish, valyuta, turistlar, investitsiyalarning barqaror oqimini ta’minlash uchun imkoniyat yaratildi. Respublikada milliy turizmni jahon andozalari darajasida shakllantirish, turizmga bilvosita tegishli boʻlgan xizmat koʻrsatish infratuzilmasini, xususan, turistlarni xorijdan kutib oladigan chegara, bojxona va aeroport xizmatlarini qayta shakllantirish boshlandi.
Beshinchi bosqich (1999 – yil maydan keyingi davrlar). Ushbu bosqichda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Turizmni rivojlantirishning davlat dasturi toʻgʻrisidagi» Farmoni nafaqat mamlakatdagi milliy va xalqaro turizmning tutgan oʻrnini mustahkamlash uchun siyosiy asosni shakllantirdi, balki uning iqtisodiy asoslarini mustahkamlash imkoniyatini berdi. Ushbu me’yoriy hujjat asosida turistik korxonalarga qoʻshimcha boj imtiyozlari berildi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarida turizm boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etildi. Ushbu yilning avgust oyida mamlakat Parlamentida “Turizm toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi va buning natijasida turizm sohasini faoliyat koʻrsatishining huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi.
Shu bilan birga milliy turizm sohasini yanada takomillashtirish maqsadida 2006 yil 18 aprel oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat кoʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Shunga asosan Oʻzbekistonda xizmat кoʻrsatish sohalaridan biri boʻlgan turizmni yanada rivojlantirish va ushbu soha uchun malakali каdrlar tayyorlash va ularni milliy gʻoya va merosimizni puxta biladigan qilib tayyorlash muhim omillardan biri boʻlib qolmoqda.Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport yoʻnalishlarida infratuzilmani jadal rivojlantirish maqsadida 2022-yil 1 yanvardan 2023-yil 1 yanvarga qadar turizm faoliyati sub’ektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga charter reyslarini tashkil qilish boʻyicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 10 AQSh dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 25 AQSh dollari miqdorida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
2022-yil 1-maydan boshlab yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan har bir tashabbuskorga 50 mln soʻm miqdorida, jami 10 mlrd soʻmgacha grantlar ajratiladi. Bunda:
Grant mablagʻlari onlayn toʻlovlarni qabul qiluvchi zamonaviy veb-sayt yaratishga, xorijiy mamlakatlardagi turizm koʻrgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yoʻnaltiriladi;
Grant mablagʻlari belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga uch yil davomida kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.



    1. Yüklə 63,38 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə