Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiy muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi



Yüklə 126,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix30.12.2023
ölçüsü126,86 Kb.
#164869
1   2   3   4   5   6   7   8
bionika asoslari tibbiyotda bionika (3)

Yutuqlar kaliti tahlilda (mi?) 



Mazkur kashfiyotdan so‘ng ko‘r-ko‘rona ishlashning befoyda ekani ma'lum bo‘ldi 
va loyihachilar hayvonot olamini chuqurroq o‘rganishga kirishdilar. Ana shunda 
mavjud texnologiyalardan foydalangan holda olimlar tirik organizmlar tizimidagi 
tuzilmalar va mexanizmlarni to‘laqonli tadqiq etish hamda ular asosida namunalar 
yaratish imkoniga ega bo‘lishdi. Tirik organizm­larning faoliyat yuritish tizimlarini 
o‘rganuvchi va aniqlangan ish printsiplarini texnika vositalarida qo‘llaydigan fan 
esa bionika nomini oldi. 
Science.com elektron sahifasi ma'lumotlariga tayangan holda aytish mumkinki, 
ushbu atama aslida yunoncha «bion» so‘zidan olingan bo‘lib, u «hayot birligi» 
yoki «unsuri» sifatida ta'riflanadi. Xullas, bionika biologiya hamda texnikani 
uyg‘unlashtiradigan fan bo‘lib, bunda muhandislik masalalariga organizmlar 
strukturasi va hayotiy faoliyatining tahlili asosida yechim izlanadi. Bionika, 
shuningdek, fizika, kimyo, kibernetika va muhandislik fanlari, ya'ni elektronika, 
navigatsiya, aloqa, dengiz ilmi bilan ham chambarchas bog‘liq. 
Jonli tabiat borasidagi bilimlardan muhandislik masalalarini hal etishda 
foydalanish fikri aslida Leonardo da Vinchiga tegishli deb hisoblanadi. Boisi, ko‘p 
asrlar ilgari mutafakkir qushlar kabi qanot qoqadigan uchish apparati - ornitopterni 
yaratishga uringan. Keyinchalik tirik organizmlar va texnik mashinalardagi 
bosh­qarish, aloqa qilishning umumiy tamoyillarini o‘rganuvchi kibernetika sohasi 
vujudga keldi. Bu esa o‘z navbatida jonli tizimlar bilan texnika o‘rtasidagi 
umumiylikni aniqlashga, tirik organizmlar to‘g‘risida olingan bilimlar yangi asbob- 
uskuna, mexanizm, material va boshqalarni yaratishga turtki bo‘ldi. Ushbu yangi 
fan «tug‘ilgan» rasmiy sana sifatida esa 1960 yil ko‘rsatiladi. Negaki, aynan 
o‘shanda ­AQShning Dayton shahrida bionika bo‘yicha ilk simpozium o‘tkazilgan. 
Shartli ravishda bionikada bir qancha yo‘nalishlarni belgilash mumkin. 
Mutaxassislarning bir qismi hayvonot olamidagi mexanizmlarni o‘rganish, ulardan 
«nusxa olish» va amalda qo‘llash borasida izlanishlar olib boradi. Tibbiy bionika 



bo‘lsa, yanada mukammal protezlar, insonlarga ko‘rish yoki eshitish kabi 
qobiliyatlarni qaytarish imkonini beradigan qurilmalarni yaratishga yo‘naltirilgan. 
Bionikada uy hayvonlarining ijtimoiy fe'l-atvorini o‘rganuvchi yana bir mutlaqo 
alohida soha ham bo‘lib, uni ba'zi mutaxassislar mazkur fanga aloqador emas, deb 
ta'kidlashadi. Biroq ushbu yo‘nalishda izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar 
flora olami vakillari, masalan, chumoli yoki ari oilalari hayotini tartibga solib 
turuvchi qonuniyatlardan istiqbolda insonlar jamiyatida ham foydalanish 
mumkinligini inkor etmayaptilar. 
Ushbu fikrning isboti sifatida bir misolni keltirib o‘tish joiz. Rsu.edu saytida 
keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, yaqindagina nemis entomologlari chumolilar 
qay tarzda o‘z uyasiga yaqinlashganda bir-birlariga urilmay, tirbandlik hosil 
qilmasligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Bunda ushbu jonzotlar mazkur usuldan 
ongli yoki ongsiz ravishda foydalanishi hali ma'lum emas. Shunga qaramay, olmon 
olimlari kelgusida xuddi shu yo‘l bilan shahar magistrallarida yuzaga keladigan 
avtoulovlar tirbandligi holatining oldini olishga erishish mumkin, degan fikrda. 



ular evolyutsiyani modellashtirishning bir qancha usullari (vazifasi insonlar 
og‘irini yengillashtirish Fanning boshqa bir yo‘nalishi ham bor: bunda in silico
ya'ni silikon moddasidan jismlar yaratgan holda batamom o‘zgacha evolyutsiyaga 
asos solishga intilish seziladi. Garchi hozirgacha bu yo‘nalishda ish olib 
borayotgan olimlar kutilganchalik olamshumul yutuqlarga erishmagan bo‘lsa-da, 
bugungi kunda bo‘lgan robotlar)ni yaratish kabilarga erishishga muvaffaq 
bo‘lmoqda. 
Umuman olganda, eng ko‘p amaliy samaradorlik kuzatilayotgan tibbiyot bionikasi 
asosan inson organizmida mavjud bo‘lgan tizimlarni o‘rganishga tobora 
ixtisoslashyapti. Shu bilan bir qatorda boshqa tirik organizmlar sistemalarini 
o‘rganish va ularda kuzatilgan hayotiy mezonlarni texnika sohasiga joriy etishga 
qaratilgan keng ko‘lamli ishlar ham amalga oshirilmoqda. 

Yüklə 126,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə