Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiy muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi



Yüklə 126,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix30.12.2023
ölçüsü126,86 Kb.
#164869
1   2   3   4   5   6   7   8
bionika asoslari tibbiyotda bionika (3)

Eng maqbul shakl tabiatda mavjud 
 
Bionik kashfiyotga eng oddiy misol bu kiyim, narsalardagi qismlarni bir-biriga 
ulaydigan ilgak yoki tugmadir. Ikkita yopishqoq qism bittasida o‘ta kichik 
ilmoqlar, boshqasida esa mayda xalqachalar borligi sabab bir-biriga mustahkam 
birlashtiriladi. Aslida bu «yopishqoq» ilgak bionika atamasi paydo bo‘lishidan 
ancha oldin shveytsa­riyalik muhandis Jorj de Mestral tomonidan ixtiro qilingan. U 
sayrdan so‘ng kuchugi yungini tozalayotganda jonivorning terisiga mahkam 
yopishib kolgan chakamug‘ (sariqchoy) tikanaklariga e'tiborini qaratadi. Shundan 
so‘ng mutaxassis tikanaklarning tuzilishini mikroskop yordamida o‘rganib chiqib, 
xuddi shu tamoyil asosida ishlaydigan ilgak (qistirgich tugma)ni kashf etgan. 
Wikipedia.org saytida aytilishicha, keyinchalik olimlar shunga o‘xshash 
mahkamlash usulini qushlarning patlarida kuzatishgan. 
Shu bilan birga, tabiatda «yopishqoq» sirtlarning bundan-da mustahkam 
namunalari mavjud. Gekkon deb nomlanuvchi kichkina kaltakesak vertikal 


10 
yuzalarda bemalol turishi, hatto biron-bir qiyinchiliksiz harakatlanishi mumkin. 
Uning panjalari sirtga qattiq yopishib, sirpanib ketmaydi. Ayni paytda bu jonzot 
tanasini yuqoriga qarab tortganda hech qiynalmay, uni sirtdan ajrata oladi. 
Tadqiqotchilar gekkon panjalarini o‘rganayotganda undagi ajabtovur 
xususiyatlarning sababi pastki kaft­lardagi ko‘plab mayda tukchalarda ekanligini 
aniqlashdi. Ular sirtga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida bo‘lganida tananing qattiq 
jismga tegib turgan qismi u darajada katta bo‘lmaydi. Bu kaltakesak panjalarini 
osonlik bilan yuzadan ajratib olib harakatlanishiga yordam beradi. Burchak 
o‘zgarganda esa tananing nisbatan kattaroq qismi yuzaga tegadi, natijada sirtga 
mahkamroq yopishadi. 
Infuture.com saytida, tadqiqotchilar nanonaychalardan foydalangan holda gekkon 
panjalari kafti tuzilishini hosil qilishga muvaffaq bo‘ldi, deyiladi. Lekin dastlab 
ular aslidagidek mustahkam «yopishish» samarasiga erisholmadilar. Keyinchalik 
kaltakesak panjalarini chuqurroq tad­qiq etish tufayli kaftlaridagi tukchalar 
tarmoqlanib ketganligi sirtga yanada qattiq yopishish imkonini berishini 
aniqladilar. Shunda olimlar sun'iy panjalardagi oddiy nanonaychalarni 
tarmoqlanadigan turdagisiga almashtirib, gekkonning sirtga tirmashish 
xususiyatidan ham kuchliroq natijaga erishdilar. 

Yüklə 126,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə