Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiy muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi



Yüklə 126,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix30.12.2023
ölçüsü126,86 Kb.
#164869
1   2   3   4   5   6   7   8
bionika asoslari tibbiyotda bionika (3)

Zafarli onlar 


21 
Tirik organizmlarning yana bir sinfi borki, bionika mutaxassislarini anchadan 
buyon qiziqtirib kelmoqda. Bu - hasharotlar. Garchi ko‘rinishidan biroz 
g‘ayritabiiy bo‘lsa-da, ular umurtqasizlar orasidagi eng mukammal jonzotlar 
sifatida e'tirof etiladi, deyiladi bionicanews.org manbasida. Negaki, mazkur sinfga 
mansub turfa xil jonzotlarda umrguzaronlik qilish uchun o‘ta samarali 
«moslamalar» shakllangan. Ularga, xususan, ko‘z tizimini kiritish mumkin. 
Aniqlanishicha, hasharotlar faset, ya'ni bir qancha sodda ko‘zlar yig‘indisidan 
iborat shakl­dagi ko‘rish organiga ega. Har bitta ko‘zcha orqali «olingan» 
ma'lumotlar esa miyada bir butun manzarani hosil qiladi. 
Pashshaning faset ko‘zlarini o‘rganish u o‘ziga nisbatan ancha jadal 
harakatlanayotgan ob'ektlarning tezligini ham o‘ta aniqlik bilan payqash 
qobiliyatiga egaligini ko‘rsatdi. Chunki bunda predmetning tasviri birin-ketin har 
bir faset ko‘zchalardan «yig‘ib» olinadi va mazkur ma'lumotlar maxsus 
retseptorlarga uzatiladi. Oqibatda, alohida-alohida tasvirlar turkumi hosil bo‘ladi. 
Muhandislar pashsha ko‘zlarining bunday ishlash printsipi asosida parvozdagi 
samolyotlarning tezligini qisqa muddatda aniqlaydigan detektor asbobini 
yaratdilar. Bu uskuna texnika olamida «pashsha ko‘zi» nomini olgan. 
Bionicaworld.com elektron sahifasida aytilishicha, bionikadagi mo‘jizalardan biri 
sifatida Delflay (DelFly)ni ko‘rsatish zarur. Aslida bu mitti samolyot (Micro Air 
Vehicle - MAV) bo‘lib, u qush yoki hasharot kabi ikki juft qanot yordamida 
parvoz qiladi. Bionik Delflay nafaqat gorizontal parvozni amalga oshiradi, balki 
bir joyda to‘xtab havoda muallaq turishi ham mumkin. Tez va sekin parvozning 
aynan shu kabi uyg‘unlashuvi uskunaning o‘ziga xosligini ta'minlaydi. Shu bilan 
birga, Delflayga kamera ham o‘rnatilgan. Uning yordamida parvoz amalga 
oshirilayotgan hudud manzarasi sekin parvoz paytida aniq tasvirga olinadi. 


22 
Delflay ixtirochilari Delft texnika universiteti aerokosmika fakultetining 11 nafar 
talabasi va ularning ilmiy rahbarlaridir. Joriy yil Germa­niyada o‘tkazilgan bionika 
bo‘yicha MAV (Multyple Applying of Bionic Devices) xalqaro tanlovda ushbu 
loyiha eng noyob deb topilib, uning namoyish etilgan parvozlari ilm ahlini befarq 
qoldirmadi. Yuqorida keltirilgan misollar «xamir uchidan patir», xolos. Aslida 
bugunga kelib bionikada bu kabi yutuqlar e'tirofga arzigulik ravishda ko‘p 
miqdorda. To‘g‘ri, hozircha «mexanik hayvonlar» tabiiy nusxalaridek mukammal 
emas, biroq kashfiyotchilar kamchiliklar yaqin kelajakda bartaraf etilishiga umid 
qilishmoqda. 


23 

Yüklə 126,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə