Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiy muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi



Yüklə 126,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix30.12.2023
ölçüsü126,86 Kb.
#164869
1   2   3   4   5   6   7   8
bionika asoslari tibbiyotda bionika (3)

Insonga monand robot 
 
Ma'lumki, bionikaning eng sodiq tarafdorlari - bu robot yaratuvchi muhandislar. 
Hozirda ular orasida kelajakda robotlar imkon qadar insonlarga o‘xshash 
bo‘lsagina, yuqori darajada samara berishi mumkin, degan qarashga ega. Bunday 
fikrga kelishning bir sababi bor: loyihachi bioniklar yaratilajak «temir odam»lar 
insonlar muhitidagi zina, eshik va shu kabi ma'lum to‘siqlar bilan harakatlanishi 
talabidan kelib chiqishmoqda. Shu bois ular odamlarga hajman va harakatlanish 
tamoyillariga mos bo‘lishlari zarur. 


24 
Parvardigor mukammal qilib yaratgan insonning tana qismlari ham tadqiqotchilar 
e'tiborini tortgan. Hozirgacha rus olimi A. Kobrinskiy boshchiligidagi bir guruh 
mutaxassislar inson qo‘li tuzilmasini batafsil o‘rganib chiqib, unga maksimal 
darajada monand bo‘ladigan mexanizm yaratishga doir qator ishlari bilan 
jamoatchilik nazariga tushgan. 
«Vashington Post» gazetasida esa Chikago tibbiy tadqiqotlar instituti olimlari 
bionik qo‘l, aniqrog‘i, yasama tana qismi (protez)ni yaratishga muvaffaq bo‘lgani 
haqida maqola chop etildi. E'tiborlisi, bunday qo‘lni inson miya orqali boshqarish 
bilan birga uning yordamida ba'zi sezgilarni his eta olishi ham mumkin. Ilk bionik 
qo‘l sohibasi AQSh dengiz flotida xizmat qilgan Klaudia Mitchell bo‘ldi. 2005 yili 
halokatga uchragan amerikalik harbiy ayolning chap qo‘li yelkasigacha 
amputatsiya qilingandi. Muvaffaqiyatli yakunlagan loyiha natijasida avvaliga 
Mitchell zarur harakatni amalga oshirmoqchi bo‘lganida ­sun'iy qo‘lni fikran 
buyruq berish orqali bosh­qardi. Biroq olimlar o‘z izlanishlaridan to‘xtab qolmay, 
yasama qo‘l yordamida biron-bir narsani sezishga erishishni navbatdagi maqsad 
sifatida belgiladilar. 


25 
Ular amputatsiyadan so‘ng faoliyati to‘xtab qolgan asab tomirlarini jarohatlangan 
yelka qismidan ko‘krak qismidagi mushaklarga ko‘chirishdi. Shundan so‘ng 
tananing bu qismiga bionik qo‘ldan signallar kela boshladi. Boshqacha qilib 
aytganda, Klaudia Mitchell sog‘lom qo‘li kabi bionik qo‘li yordamida ham sezish 
xususiyatiga ega bo‘ldi. Endi u qaynoq choy yoki muzga sun'iy qo‘lini tekkizganda 
issiqlik va sovuqlikni his qiladi. 


26 
Yuqorida tilga olingan ishlash tamo­yillari inson tomonidan katta-katta 
masofalarda boshqariladigan qurilmalarni yaratish uchun ham asos qilib olinishi 
mumkin. Misol uchun, boshqaruvchi operator radiatsiya darajasi yuqori bo‘lganligi 
sabab kirish taqiqlangan binolar, g‘ovvoslar yetolmaydigan suv osti chuqurliklari 
yoki inson qadam bosmagan samoviy kengliklarda masofadan turib turli tadbirlarni 
amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. 

Yüklə 126,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə