"tiqxmmi" mtuning qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

Yüklə 1,18 Mb.
səhifə2/9
tarix22.12.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#97629
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu. R

Har qanday mustaqil fan o‘z tadqiqot obyektiga ega bo‘lgani kabi tabiiy geografiya ham o‘z tadqiqot obyektiga egadir. Uning obyekti juda murakkab tuzilgan ko‘p tavsifli tabiat hosilasidir. Har bir fanning nazariyasi, metodologiyasi rivojlanib, izlanish metodlari takomillashib borgani sari uning tadqiqot obyekti, predmeti va vazifalari haqidagi tushunchalar ham aniqlashib, muayyanlashib borishi tabiiydir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, tabiiy geografiya fanining hozirgi rivojlanish bosqichida uning tadqiqot obyekti haqida to‘rtta tushuncha hosil bo‘lganligini e'tirof etish mumkin

1.Tabiiy geografiyaning obyekti

1. Geografik
qobiq
2. Geografik
kompleks
3. Geografik muhit
4. Geotizm
9

Tabiiy geografiyaning obyekti haqidagi birinchi va eng keng tarqalgan tushuncha geografik qobiq haqidagi tushunchadir. Bu tushunchaga asos bo‘lgan dastlabki fikr P.I.Brounov (1910) tomonidan uning tabiiy geografiyadan tuzgan o‘quv qo‘llanmasida bildirilgan edi. Unda yozilishicha, tabiiy geografiya Yerning qiyofasini, ya'ni Yerning turli hodisalar va organik hayotga makon bo‘lgan tashqi qobig‘ini o‘rganadi. Bu qobiq bir-biriga tutash bo‘lgan, o‘zaro ta'sir va aloqadorlikda bo‘lgan sferalar, ya'ni litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadan tashkil topgandir. P.I.Brounov bu sferalarning barchasi bir-biriga kirishib, o‘zaro ta'sirlari bilan ham Yerning tashqi qobig‘ini, ham Yerdagi barcha hodisalarni keltirib chiqaradi. Shu o‘zaro ta'sirlarni o‘rganish tabiiy geografiyaning eng asosiy vazifalaridan birini tashkil qiladi, deb yozgan edi. Ushbu muallif fanda birinchi bo‘lib tabiiy geografiyaning obyektini o‘z mazmuniga mos nom bilan, ya'ni Yerning tashqi qobig‘i deb atagan edi.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə