"tiqxmmi" mtuning qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

Yüklə 1,18 Mb.
səhifə8/9
tarix22.12.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#97629
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu. R

Bizningcha, tabiiy geografiya fanining tekshirish obyekti bittadir. U ham bo‘lsa juda rangbarang va murakkab tuzilishga ega bo‘lgan geografik qobiqdir. Undagi rang-barang va murakkablik uning serkomponentligi bilan ular orasida ro‘y berib turadigan hamda tashqi muhit bilan bo‘lib turadigan o‘zaro ta'sir va aloqadorliklarning serqirraligi bilan bog‘liqdir.

Geografik qobiqning bunday murakkab tuzilganligi, ya'ni uning ko‘p komponentliligi va turli-tuman tabiiy geografik komplekslardan tashkil topganligi uni har tomonlama tadqiq qilishni taqazo etadi. Uning har bir komponentini u yoki bu xususiy fan o‘z predmeti sifatida o‘rganishi mumkin. Masalan, relyefni geomorfologiya fani, tuproqni tuproqshunoslik fani, o‘simlik qoplamini geobotanika kabi. Ammo, bu komponentlarni hammasini birgalikda ular orasidagi mavjud bo‘lgan o‘zaro ta'sir va aloqadorliklari bilan birga, bir butun tabiat hosilasi, ya'ni tabiiy geografik kompleks sifatida faqat tabiiy geografiya fanigina o‘rganadi. Geografik qobiq eng katta tabiiy geografik kompleks sifatida, tabiiy geografiyaning tadqiqot predmeti bo‘lib xizmat qiladi.

Demak, geografik qobiq tabiiy geografiya fani uchun bir vaqtning o‘zida ham obyekt, ham predmet vazifalarini o‘tashi mumkin. Shu ma'noda, I.M.Zabelin (1978) bildirgan fikr e'tiborga loyiqdir. U "geografik qobiq obyekt sifatida Yer haqidagi bir qator fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin va o‘rganilmoqda Geografik qobiq, umuman tabiatning kompleks hodisasi sifatida tabiiy geografiyaning o‘rganish predmeti hisoblanadi" - deb yozadi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə