"tiqxmmi" mtuning qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

Yüklə 1,18 Mb.
səhifə4/9
tarix22.12.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#97629
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu. R

Geografik qobiqning eng muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, uning komponentlari o‘zining tuzilishi va rivojlanishi bilan o‘zaro yaqin bog‘liqlikda va chuqur aloqadorlikdaki, alohida tabiat hodisasi hisoblanmish bir butunlikni, yaxlitlikni hosil qilgan. Shu bilan birga u murakkab hududiy tabaqalangandir, ya'ni turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslardan tashkil topgandir. Bu, o‘z navbatida, tabiiy geografiyaning tadqiqot obyekti haqidagi ikkinchi tushunchaning shakllanishiga olib keladi.

Tabiiy geografiyaning tadqiqot obyekti aynan ana shu tabiiy geografik komplekslar bo‘lishi kerakligini B.P.Orlov (1945), A.G.Isachenko (1953), N.A.Solnsev (1955), V.P.Lidov, L.E.Setunskaya (1956), K.K.Markov (1970) va boshqalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'kidlab o‘tganlar. Ammo bunday fikrni geografiya fani tarixida birinchi bo‘lib A.N.Krasnov (1895) bildirgan edi. Uning fikricha, geografiyaning eng asosiy vazifasi geografik komplekslarni aniqlash, ularning xususiyatlari va tarqalish sabablarini o‘rganishdan iborat bo‘lishi kerak.

Tabiiy geografiyaning obyekti haqidagi uchinchi tushuncha, bu "tabiiy muhit" yoki "geografik muhit" tushunchasidir. Ushbu tushuncha ko‘proq ilmiy - ommabop adabiyotlarda, ba'zi tabiiy va ijtimoiy fanlarda, falsafada keng ishlatilib kelinmoqda. Masalan, falsafa lug‘atida bu tushuncha shunday izohlangan: "Geografik muhit - jonli va jonsiz tabiat predmetlari va hodisalarining majmui (yer po‘sti, atmosferaning quyi qismi, gidrosfera, ustki tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot olami)dir". Ko‘rinib turibdiki, geografik muhit atamasi bilan geografik qobiq atamasining izohlarida o‘xshashliklar bor. Shuning uchun ham K.K.Markov (1951), I.M.Zabelin (1952), I.P.Gerasimov (1956) va boshqalar "geografik muhit" atamalaridan foydalanganlarida albatta inson faoliyatini ko‘zda tutganlar va geografik qobiqning sinonimi sifatida foydalanganlar.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə