"tiqxmmi" mtuning qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə5/9
tarix22.12.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#97629
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu. R

Tabiiy geografiyaning obyekti haqidagi uchinchi tushuncha, bu "tabiiy muhit" yoki "geografik muhit" tushunchasidir. Ushbu tushuncha ko‘proq ilmiy - ommabop adabiyotlarda, ba'zi tabiiy va ijtimoiy fanlarda, falsafada keng ishlatilib kelinmoqda. Masalan, falsafa lug‘atida bu tushuncha shunday izohlangan: "Geografik muhit - jonli va jonsiz tabiat predmetlari va hodisalarining majmui (yer po‘sti, atmosferaning quyi qismi, gidrosfera, ustki tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot olami)dir". Ko‘rinib turibdiki, geografik muhit atamasi bilan geografik qobiq atamasining izohlarida o‘xshashliklar bor. Shuning uchun ham K.K.Markov (1951), I.M.Zabelin (1952), I.P.Gerasimov (1956) va boshqalar "geografik muhit" atamalaridan foydalanganlarida albatta inson faoliyatini ko‘zda tutganlar va geografik qobiqning sinonimi sifatida foydalanganlar.

Geografik qobiq va geografik muhit tushunchalarini, hatto ularning chegaralari mos kelib qolgan taqdirda ham, o‘zaro chalkashtirmaslik kerak. Geografik muhitning chegaralari mavhumdir va har Yerda muayyan sharoitdan kelib chiqqan holda turlicha bo‘lishi mumkin. Undan tashqari Yerning geografik qobig‘i odam paydo bo‘lmasdan oldin ham bo‘lgan va yoshi, hajmi va boshqa o‘lchamlari bilan geografik muhitdan farq qiladi

Geografik qobiq va geografik muhit tushunchalarini, hatto ularning chegaralari mos kelib qolgan taqdirda ham, o‘zaro chalkashtirmaslik kerak. Geografik muhitning chegaralari mavhumdir va har Yerda muayyan sharoitdan kelib chiqqan holda turlicha bo‘lishi mumkin. Undan tashqari Yerning geografik qobig‘i odam paydo bo‘lmasdan oldin ham bo‘lgan va yoshi, hajmi va boshqa o‘lchamlari bilan geografik muhitdan farq qiladi

Tabiiy geografiyaning tadqiqot obyekti haqidagi to‘rtinchi va eng yangi tushuncha geotizimlar (geografik tizimlar) tushunchasidir. Tabiiy geografiyaga birinchi bo‘lib "geotizim" tushunchasini kiritgan olim V.B.Sochava (1963) hisoblanadi. U geotizimlar haqidagi ta'limotning asoschisi hamdir. V.B.Sochavaning fikricha, geotizimlar haqidagi ta'limot tabiiy geografiya fanining "o‘zagi" ekanligini e'tirof etish bironta shubha yoki ikkilanish uyg‘otmasligi kerak. Chunki bu ta'limot qonuniydir va geografiyaning bundan keyingi taraqqiyotini ta'minlashga qodirdir. A.G.Isachenko (1991) ham tabiiy geografiyaning obyekti bo‘lib geotizimlar hisoblanadi va bu tabiiy geografiyaning eng qisqa va eng qamrovli ta'rifidir, degan fikrni bildiradi.


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə