Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə1/62
tarix30.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#165396
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI



I jtimoiy- gumanitar fanlarni masafodan o’qitish kafedrasi

BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI”




FANIDAN O‘QUV USLUBIY MAJMUA
(bakalavr ta’lim yo‘nalishi 2-kurs uchun)



Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
Ta’lim yo`nalishi:

100000 –
110000 –
5111800 –

Gumanitar
Pеdagogika
Maktabgacha ta’lim

Nukus – 2021-22
O’quv metodik majmua
MAZMUNI



Tarkibi

Bet

1.

O’quv materiallar




1.1

Lekciya materiallar




1.2

Seminar mashg’ulotlari uchun materiallar




1.3

Amaliy mashg’ulotlar uchun materiallar




2.

Mustaqil-ishlar




3.

Glossary




4.

Ilovalar




4.1

Namunaviy fan dastur




4.2

Ishchi fan dastur




4.3

Tarqatma materiallar




4.4

Testlar




4.5

Baholash mezonlari




4.6.

Qo’shimcha materiallar




III-SEMESR


Mavzu 1: Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining predmeti. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining asosiy metodlari


Reja:
1. Tadqiqot metodlar haqida tushuncha
2. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari.
3. Psixodiagnostik tadqiqotlarning vazifalari va xususiyatlari

Har bir fanning o’z predmetiga qarab bir qancha o’rganish va tekshirish metodlari bo’ladi. Metod lotincha «methodas» so’zidan olingan bo’lib, malum bir fanning predmetini tekshirish, o’rganish va tushuntirib berish usullarining yoki vositalarining yig’indisidir.


Aanaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yordamchi metodlarga ajratiladi. Asosiy metodlar - kuzatish va eksperiment - bola taraqqiyoti haqida ishonchli ma'lumot bera oladi. Yordamchi metodlar -, test, surov, faoliyat maxsullarini ópganish - tasvirlovchi ma'lumot berib, bu ma'lumot asosida faqatgina taxminlarni ilgari surish mum­kin bo’ladi.
Kuzatish.
Bolalarning psixik taraqqiyotlari haqida kundaliklar to’zib o’rganish yaqindagina rasmiy tusga kirgan. Bola taraqqiyoti haqidagi birinchi kundalik XIX asrning ikkinchi yarmida Ch.Darvin tomonidan nashr kilingan. Undan sung nemis psixologi V.Shtern va yana psixologlardan N.N.Ladigina Kots, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina, va boshqalar bolalarning psixik taraqqiyoti yuzasidan sistemali tarzda olib borgan óz kundaliklarini nashr qilganlar. Bolalar psixik taraqqiyotini o’rganishda qo’llaniladigan kuzatish metodi tashqaridan qaraganda juda osondek tuyulsa-da, odamdan juda ko’p vaqt va bilim talab qilingan murakkab metoddir.
Kuzatish - psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan biri bulib, psixik xodisalarni maqsadra muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga asoslangandir. Kuzatish - tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib maxsus tashkil etilgan idrok jarayonidir. Kuzatish quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Kuzatishdan oldin uning maqsadi aniq belgilanishi kerak: Bola psixikasi, xulq-atvori va faoliyatining qaysi tomonlari kuzatilishi­ni aniqlashtirish lozim;
2. Kuzatish ob'ektiv bulishi kerak: kuzatishda faqat u yoki bu xolat xodisani qayd etish, uni sub'ektiv talqin etishni unutmaslik lozim;
3. Kuzatish muntazam, katta vaqt oraliqlarisiz -o’tkazilishi kerak;
4. Kuzatish shunday o’tkazilishi kerakki, bola uning kuzatilayotga­nini bilmasligi lozim;
5. Kuzatishni amalga oshirayotgan tadqiqotchi kuzatilayotgan xodisalarni tez kayd eta olish maxoratiga ega bulishi zarur. Kuzatishning quyidagi turlari mavjud:
a) ichki kuzatish, tashki kuzatish va kiritilgan kuzatish;
b) standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan kuzatish;
v) frontal va tanlanma kuzatish
Kuzatish metodining asosiy kamchiligi shundaki, unda kuzatilayot­gan xodisalarga faol ta'sir kupsatish, ularni uzgartirish, kuzatish amalga oshirilgan vaziyatni xuddi shunday kupinishda kaytadan yaratib bulmaslik kabi xususiyatlar qayd etiladi. Shunga qaramay bu metod xaligacha asosiy psixologik metodlardan biri bulib kelmokda.
Eksperiment (tajriyba).
Eksperiment - ilmiy bilishning asosiy metodlaridan biri. Uninig kuzatishdan asosiy farqi shundaki, unda tadqiqotchi órganilayotgan va­ziyatga faol ta'sir ko’psatadi, bir yoki bir necha ózgaruvchilar bilan manipulyatsiyalarni amalga oshiradi. Eksperimentda psixik xususiyatlar maxsus sharoitlarda órganiladi.
Eksperimentning ikki turi ajratiladi: laboratoriya eksperimen­ti va tabiiy eksperiment. Laboratoriya eksperimenti maxsus jixozlangan joylarda, qattiq nazorat ostida amalga oshiriladi. Tabi­iy eksperiment esa sinaluvchi uchun odatiy bulgan sharoitga yaqin sha­roitda ótkaziladi va unda sinaluvchi eksperiment ob'ekti ekanini bilmaydi. Bu xolat laboratoriya eksperimentida vujudga keladigan emotsional zuriqish, tadqiqot natijalarini ózgartirib yuborishga in­tilish kabi sinaluvchiga xos xususiyatlarni bartaraf etish imkonini beradi.
Masalan, maktabgacha yoshdagi bolaning xotirasini órganish uchun uni alohida xonaga olib chiqib, shu erda unga bir qator suzlarni óqib berib, sungra qaytarishni talab qilish mumkin. Ammo mazkur sharoit bola uchun odatiy emas. Shuning uchun bolaning ichki emotsional zuriqishi (xavotirga tushishi, shubxalana boshlashi va xokazo) unga topshirikni imkoniyatlari darajasida bajarish uchun yul quymaydi.
Demak, eksperimentdan olingan natijalarni haqqoniy deb bulmaydi. Bordi-yu, bola bilan o’yin uynab, unga qaridor rolini berib aytilgan narsalarni «dukondan» xarid qilish vazifasi topshirilgan bulsa, u olib kelgan narsalariga qarab nimani eslab qolganini, nimani unut­ganini aniqlash qiyin emas. Demak, shunday shaklda tabiiy eksperi­ment natijalari ancha haqqoniy bo’ladi.
Eksperimental tadqiqotni tashkil etish va amalga oshirishda bir qator talablarga rioya etish kerak. Ushbu talablar G.U.Uruntaeva va Yu.A.Afonkina tomonidan tizimlashtirilgan bulib, ular quyidagilardan iborat:
1. Rejalashtirish bosqchida tadqiqot maqsadini, sinaluvchilar tarkibini aniq, belgilash, eksperimentda ishlatiladigan metodikalar­ni, eksperimentni ótkazish sharoitini (joy va vaqtini) aniqlashtirish, barcha sharoitlarni oldindan yaratib kuyish zarur;
2. Eksperimentni ótkazish jarayonida tadqiqotda ishtirok etayotgan bola bilan ózaro ishonchga asoslangan munosabatni órnatish, muloqotga dustona, iliq oxang baxsh etish, bolani óz oldiga ótkazish, bolaning xa­tolariga ortiqcha e'tibor bermaslik, sinov sur'atlarini bolaning in­dividual-psixologik xususiyatlariga moslashtirish zarur.
Bola bilan ótkazilayotgan eksperiment uzoq davom etmasligi, unga eksperiment jarayonida ózgarishlar kiritmaslik kerak. Odatda eksperimentda tadqiqotchidan tashqari eksperiment bayonnomasini tuzuvchi shaxs ham ishtirok etadi.
Eksperimentning yana ikki turi aniqlovchi eksperiment va shakllantiruvchi eksperiment ham ajratiladi. Aniqlovchi eksperimen­tda bola psixik taraqqiyotiga xos muayyan xususiyatlar qayd etiladi. Masalan, ota-onalar urtasidagi nizolarning bola emotsional xolatiga ta'sirini aniqlash mumkin. Buning uchun nizoli oilada voyaga etayotgan bolalarni aniqlash va ularning emotsional soxasini o’rganish hamda olingan natijalarni boshqa bolalarning natijalari bilan solishti­rish kerak bo’ladi. Natijada shunday xodisa - ota-onalarning ózaro nizosi va bola emotsional rivojlanishi órtasida aloqadorlik mavjud­ligi ta'kidlanadi.
Shakllantiruvchi eksperimentda sinaluvchiga faol ta'sir ko’rsatilishi oqibatida unda ruy beradigan o’zgarishlar aniqlanadi. Masalan, ota-ona órtasidagi munosabatni yaxshilash bola emotsional soxasiga qanday ta'sir ko’rsatishini aniqlash mumkin. Buning uchun ota-onasi órtasidagi munosabat yaxshilangan bolalar emotsional soxasiga xos xususiyatlar bilan ota-onasi órtasidagi munosabat nizoli bulib qolayotgan bolalar emotsional xususiyatlarini o’zaro solishtirish yoki bolaning avvalgi emotsional xususiyatlari bilan keyingilarini o’zaro qiyoslash mumkin.
Shuningdek, ayrim órinlarda nazorat eksperimenti ham ajratila­di. Bu eksperiment ko’p jixatdan aniqlovchi eksperimentga uxshab ketadi. Uni ótkazishda ko’zlangan maksad faol ta'sir ko’rsatilgan guruhdagi o’zgarishlarda aynan ta'sirning roli qanday bo’lganini aniqlashdan iborat. Buning uchun faol ta'sir ko’rsatilgan guruh bilan xech qanday ta'sir ko’rsatilmagan nazorat guruhining natijalari o’zaro solishtiriladi. Agar órtadagi farq ancha sezilarli bo’lsa, demak, bi­rinchi guruhdagi o’zgarishlarga aynan ótkazilgan ta'sir sabab bo’lgan degan xulosaga kelinadi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə