Texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 70,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix22.03.2024
ölçüsü70,54 Kb.
#182711
1   2   3   4   5   6
asrorjon ziyodaliyev tarmoq

2.Kompyuter tarmoqlari tarixi
 
Dunyoda ko‘plab kompyuter tarmoqlari (KT) ishlab turibdi. Bulardan ba’zilari 
bilan tanishamiz. 1957 yil ARPA (Advanced Research Projects Agency) tashkiloti 
tuzildi. 1960 – yillar oxirida DARPA (Defense Advanced Research Projects 
Agency), 1969 yilda (AQSHning Mudofaa ministrligi tomonidan tashkil qilingan 
eng eski KTlari hisoblanadi) ARPANet (Advanced Research Projects Agency 
Network) tajriba tarmog‘ini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Ilk bor 
TARMOQ 1972 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo‘lib, asosiy 
tuzilish prinsipi TARMOQdagi barcha kompyuterlarning teng xuquqli bo‘lishi edi. 
1975 yil ARPANet tajriba tarmog‘i maqomini harakatdagi (amaliy) TARMOQ 
maqomiga o‘zgartirdi (1989 yil – ARPANet mustaqil TARMOQ sifatida tugatildi). 
Uning afzalligi – tarkibida turli turdagi kompyuterlar bor TARMOQ bilan ishlash 
qobiliyatiga egaligidir. U keyinchalik boshqa KTlari bilan birlashtirilib,
Internetning qismi sifatida ishlatila boshlandi. Xozirda u MILNET – Military NET 
(xarbiy TARMOQ), CSNET – (Computer Science NETWORK) (kompyuter ilmi 
tarmog‘i), NSFNET – (National Science Fondation NETWORK) (milliy fan fondi 
tarmog‘i) tarmoqlar sifatida Internetda ishlatiladi.
BITNET
(1981) – Because it’s Time Network (bugungi kun tarmog‘i) KT Nьyu- 
York va Yel universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan Evropa, AQSH qit’asi, 
Meksika va boshqa mamlakatlarni birlashtiruvchi TARMOQ bo‘lib, u alohida 
ajratilgan kanallar bilan aloqa bog‘laydi. U OSI – (Open System Interconnection – 
ochiq xalqaro bog‘lanish tizimi) va TCP/IP qaydnomalariga mos tushmaydi. Uning 
bir xususiyati – uzatilgan ma’lumotlar uchun haq to‘lanmaydi. Hukumat 
tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Uning ko‘rsatadigan xizmat doirasi 
fayllarni uzatish, elektron pochta va masalalarning uzoqdan turib ishlashini 
ta’minlashdan iborat.


CSNET
(1981) (Computer Science Network – Kompyuter va fan tarmog‘i) a’zolik 
badallari va xizmat uchun to‘lovlar hisobidan ishlaydi. U butun dunyo olimlarini 
birlashtiruvchi tarmoq bo‘lib, Internet tarkibiga kiradi va TCP/IP qaydnomaii 
asosida ishlaydi.
EARN
– Europan Akademic Research Network BITMAP tarmog‘i bilan bevosita 
ulangan bo‘lib, juda ko‘p milliy tadqiqot muassasalarini birlashtiradi. Uning 
qaydnomasi RSES bo‘lib, ajratilgan kanallar orqali ma’lumot almashiniladi, 
o‘zo‘zini xo‘jalik hisobida qoplash asosida ishlaydi.
EUNET
– Europe Union Network (Evropa kompyuter tarmog‘i uyushmasi). 
Uning markaziy qismi Amsterdamda joylashgan. U asosan UNIX 
operatsion sistemasida va UUCP va TCP/IP da ishlaydi.
FIDONET
(1984) – shaxsiy kompyuterlar bilan MS va PS DOS boshqaruvida 
ishlaydigan TARMOQ. Fayllarni telefon simlari orqali uzatadi va UNIX 
operatsion sistemasida ishlaydigan kompyuterlar bilan bog‘lanishi mumkin. 
Fayllarni, bildirishlarni va yangiliklarni UUCP/USWET tarmoqlari bilan uzatishi 
mumkin.

Yüklə 70,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə