Texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 70,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix22.03.2024
ölçüsü70,54 Kb.
#182711
1   2   3   4   5   6
asrorjon ziyodaliyev tarmoq

INTERNET
– International Network (xalkaro kompyuter tarmog‘i) butun dunyo 
kompyuter tarmog‘idir. U ko‘p KTtlarni birlashtiradi va TCP/IP qaydnomalari 
asosida ishlaydi va kompyuter tarmoqlarini tarmoqlararo interfeys – GATEWAY 
(shlyuz) orqali birlashtiradi. Bu tarmoq turli davlat korxonalari, o‘kuv yurtlari, 
xususiy korxonalar va shaxslarning yangi kompyuter texnologiyalari yaratish, joriy 
qilish va ularning shu sohadagi harakatlarini birlashtirish uchun xizmat qiladi. 
Hozirda u butun dunyo qit’alarini o‘ziga birlashtiradi, Internet tarkibidagi ba’zi 
kompyuter tarmoqlari – CSNET, NSFNET, o‘z navbatida, katta-katta tarmoqlar 
bo‘lib, o‘zlari ham bir necha tarmoqlardan tashkil topgan. Internetning ishini 
koordinatsiya qilishni NIC (Network Information Centry) Stenford universitetidagi 
SRI (Stanford Researsh Institute), ko‘pincha SRI – NIC deb yuritiluvchi markaz 
tomonidan boshqariladi.
Internetda TELNET (telefon tarmog‘i) uzoqqa uzatish, FTP (File Tranferd 
Protocol) faylini uzatish, SMTP (Simple Mail Transport Protocol) oddiy pochta 
jo‘natish qaydnomalaridan elektron pochta uchun foydalaniladi. Domenlarni 
nomlash tizimi – DNS (Domen Name Systems) ko‘llaniladi.
MSI Mail
– savdo-sotiq uchun mo‘ljallangan ICT ham Internet bilan bog‘langan 
bo‘lib, o‘z mijozlariga pochta, faksimil va teleks xizmatini ko‘rsatadi.


NSFNET
– AQSHning milliy ilmiy fondi tarmog‘i, AQSHdagi minglab ilmiy – 
tadqiqot institutlarini, korporatsiya va hukumat idoralarini birlashtiradi. U 
Amerikadagi eng yirik superkompyuterga ulangan bo‘lib, murakkab masalalarni 
echishda undan foydalanish imkoniyatini beradi.
USENET
(1979) – yangiliklar va elektron pochtaning xalqaro tarmog‘i.
Universitetlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish maqsadida ish boshlangan bu tarmoq 
xozirda AQSHning deyarli barcha universitetlarini KT orqali birlashtiradi. Hatto 
undan foydalanuvchilar juda ko‘payib ketganligi tufayli, grafikning ancha qismini 
UUNET tarmog‘iga topshirgan. UUNET tarmog‘i asosan shu maqsad uchun ham 
yaratilgan.
UUNET
– savdo–sotiq bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoq bo‘lib, u USENET 
yangiliklarini UNIXda boshlang‘ich matnlarni olishni va boshqa ishlarni bajarishni 
ta’minlaydi. U Internet bilan tarmoqlararo interfeysga ega.
UUCPNET
– Unix-to Unix Copy – xalqaro elektron pochta bo‘lib, ma’lumotlar 
UUCP nomli dasturlar yordamida uzatiladi. UUCP – uzatish uchun qaydnoma, 
kommunikatsiya maqsadlari uchun fayllar to‘plami, kommunikatsion dasturlar 
uchun esa buyruqlar to‘plamidir. Undan elektron pochtalar yuborish va 
telekonferensiyalarda qatnashish maqsadlarida keng foydalaniladi.

Yüklə 70,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə