1.Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha
Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini
kompyuter tarmoqlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi.
Kompyuter (hisoblash) tarmog`i
– bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga
bog`langan kompyuter
va terminallar majmuasidir, Tarmoqda axborotni ishlab
chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar tarmoq ob’yektlari
deyiladi.
Tarmoq ob’yektlari
alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab
chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni territorial
joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish mumkin:
global tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar.
Global kompyuter tarmoqlari
turli mamlakatlarda, turli qitalarda joylashgan
abonentlarni birlashtiradi.
Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa
va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari
bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror
mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan,
shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida
bir mamlakatda joylashgan
abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal (mahalliy) tarmoq
kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan, biror korxona
yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklanishi
mumkin.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko`p tarmoqli ierarxiyani
tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog`i keng tarqalgan,
ommaviylashgan global kompyuter tarmog`idir. Uning tarkibiga
erkin ravishda
birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o`zi «tarmoqlar orasida» ma’nosini
bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta
imkoniyatlarga ega. O`zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy
abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi
kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko`rib chiqish, Nyu-Yorkdagi metropoliten
muzeyining eng so`nggi ko`rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqish, tarmoqqa
ulangan abonentlar bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok etishi mumkin.
Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.