Texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 70,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix22.03.2024
ölçüsü70,54 Kb.
#182711
1   2   3   4   5   6
asrorjon ziyodaliyev tarmoq

3.Tarmoqlarning texnik vositalari
 
Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter), 
konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Har bir 
qurilmaning xususiyatini qisqacha yoritib o'tamiz.
Server
— tarmoq ishini ta'minlovchi maxsus kompyuter. Server disklarida 
kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, ma'lumotlar 
omborlari va boshqalar saqlanadi.Bundan tashqari, serverlar modemli va faksli 
aloqalarni, ma'lumotlarni bosmaga chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Serverda 
joylashgan dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qo'yilishiga ko'ra 
cheklangan bo'lishi mumkin.
Konsentrator
(HUB)—tarmoqda kompyuterlarni o'zaro axborot almashinuvini 
ta'minlovchi maxsus qurilma. Ular 8, 12, 16 ta kompyuterni o'zaro bog'lashi 
mumkin.
Axborotni uzatish kabellari tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga 
uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksial kabel ishlatiladi).


Modem
— axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o'tkazuvchi maxsus elektron 
qurilma.
Modem «modulator» va «demodulator» so'zlari birikmasidan hosil bo'lgan. Bu 
qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko'rinishdan analog 
ko'rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog 
ko'rinishidan raqamli ko'rinishga aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning 
vazifasi kompyuterda «0» va «1» ko'rinishida tasvirlangan ma'lumotni ikki asosiy 
chastotali telefon signallariga va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida 
kodlangan axborot ko'rinishiga o'tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy 
xarakteristikasi bodlarda o'lchanadigan ma'lumotlarni uzatish tezligidan iborat. 
Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 
boddan iborat. Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan 
foydalanish mumkin.
Kompyuterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operatsion tizim 
o'rnatilishi kerak. Bunday operatsion tizimlar ikki turga bo'linadi. Masalan, 

Yüklə 70,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə