Texnika falsafasi


Texnikaning rivojlanish qonunlari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə73/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Техника фалсафаси.23-24

Texnikaning rivojlanish qonunlari – artefaktlar bo‘ysuna-digan qonunlar. Texnikaning o‘zgarishiga faoliyat qonunlari ham, semiotik qonunlar ham, madaniyatlarning o‘zgarishi ham, hatto, texnikaning o‘z rivojlanish natijalari ham ta’sir ko‘rsatadi.
Texnodiskurs – til faoliyatining audiovizual vositalar orqa-li amalga oshiriladigan samarali qismi; texnodiskurs – reklama, texnokratik fikrlash usuli, dunyo miqyosidagi raqobat, siyosiy-mafkuraviy-audiovizual bilimlar majmui.
Texnologik borliq – texnologiyaga xos bo‘lgan jihatlar: sivi-lizatsion o‘zgarishlar va yutuqlarni ta’minlovchi faoliyatdagi novatsiyalar, ularni yaratish imkonini beruvchi faoliyatning rivojla-nish mexanizmlari, faoliyatning rivojlanish imkoniyatlarini belgilovchi va cheklovchi ijtimoiy-madaniy omillar.
Texnologiya predmeti – texnik harakat, texnika fanining predmeti – texnik bilim, texnika falsafasining predmeti esa tex-nik ongni rivojlantirish.
Texnik effekt” qonuni – amaliy effekt va’da qiluvchi yangi tabiiy jarayonning kashf etilishi yoki tabiiy jarayonlardan foyda-lanish yangi sohasining shakllanishi aksariyat hollarda yangi texnika-ning yaratilishiga ham olib keladi. Ayni hol yuz bergan, ya’ni boshqa zaruriy sharoitlar ham yaratilgan taqdirda “texnik effekt qonuni”ning amal qilishi haqida so‘z yuritish mumkin.
Tugallanganlik tamoyili – har qanday loyiha yaxshilanishi, ya’ni optimallashtirilishi mumkin bo‘lsa-da, shunga qaramay, u o‘ziga va uni amalga oshirishga buyurtmachi, madaniyat, jamiyat tomonidan qo‘yilgan asosiy talablarni qanoatlantiradi.
Fan” tushunchasi – diniy dunyoqarash ta’sirida fan ham yangicha ma’no kasb etadi. Bilimlar (fan) endi mantiq va ontologiyani qanoatlantiruvchi, mavjud narsa va hodisalarni tavsiflovchi feno-men sifatidagina emas, balki ilohiy vahiy hamda g‘oyaga muvofiq keluvchi fenomen sifatida ham idrok etiladi.
Funksionallik qonuni” – mazkur qonunga muvofiq muayyan texnik qurilma va yechimlar yangi funksiyalar paydo bo‘lishi natija-sida boshqa qurilmal hamda yechimlar yaratilishiga sabab bo‘ladi.
O‘xshashlik qonuni” – ma’lumki, yangi texnik qurilma (mehnat qurollari, mexanizmlar, mashina)lar yoki ularning element-lari ko‘pgina parametrlarga ko‘ra mavjud yoki o‘tmishda bo‘lgan quril-malarga o‘xshaydi, Yangi muhandislik yoki texnik yechimlar esa odatda-gi yechimlarning muayyan xususiyatlarini takrorlaydi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə