Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə68/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Izlanishning ikkinchi yo‘nalishi – odamlar ijtimoiy aloqa-lari yangi turining rivojlanishi. U sotsiumning barcha darajalari-ni uning birinchi bo‘g‘ini (oila)dan boshlab, siyosiy maydonda inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarga qadar qamrab oladi. Texnogen sivilizatsiya doirasida bunday aloqalar ko‘p jihatdan normativ, funksional va institutsional xususiyat kasb etadi: ular har bir birlikning ijtimoiy organizmdagi o‘rni va vazifalariga mos kela-digan rollar taqsimotiga asoslanadi. Odamlar turmush quradi, birga yashaydi va farzandlarini tarbiyalaydi, iste’mol va madaniyatning u yoki bu turiga qarab mo‘ljal oladi, muayyan dinga e’tiqod qiladi, muayyan ijtimoiy faoliyatda ishtirok etadi, guruh doirasida amal qiladigan, ko‘pincha bolalikdan o‘zlashtiriladigan ijtimoiy me’yor-lar ta’sirida biror partiya uchun ovoz beradi. O‘zining guruhdagi aloqalarini ko‘p jihatdan yo‘qotgan erkin inson o‘z shaxsiy didi va ehtiyojlariga mos keladigan ijtimoiy birlikka qo‘shilishga, “tashqi” omillar – me’yor, kelib chiqish, an’anaga bo‘ysunmasdan, o‘z xohish-ixtiyoriga ko‘ra boshqalar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga intiladi. Oilaviy munosabatlarda ularning psixologik, ruhiy mazmuni birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Odamlarning ijtimoiy-siyosiy munosabatlarida sinfiy va boshqa guruh manfaat-larga, mafkuraviy va siyosiy ta’limotlarga sodiqlik o‘rnini yanada erkin, moslashuvchan va plyuralistik aloqalar egallaydi, “norasmiy” ommaviy harakatlar partiyalar bilan faol raqobatlashadi; odamlar tanlaydigan qadriyat hamda mo‘ljallar to‘qnashuvi guruhlararo “yalpi” ziddiyat bilan o‘zining oldingi aloqasini yo‘qotadi.
Antropogen sivilizatsiya kelgusida odamlarning erkin uyushma-lari jamiyati shakllanishini taqozo etadi.
Qayd etilgan jarayonlarda sivilizatsiya taraqqiyotining univer-sal ijodiy gumanizm g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan jihatlari namoyon bo‘ladi. Ushbu gumanizmning universalligi shu bilan belgilanadiki, u har bir inson va uning boshqa odamlar bilan aloqalarini erkin rivojlantirishga qarab mo‘ljal oladi; uning ijodiyligi shundaki, mazkur rivojlanish shaxs imkoniyatlarini mumkin qadar to‘liq yuzaga chiqarishni nazarda tutadi. Ammo universal ijodiy gumanizm kommunistlarning yalpi ijtimoiylashuv utopik g‘oyasi bilan ayniylashtirilishi mumkin emas, zero u shaxs erkinligi bilan mos kelmasligini, uning insondan uzoq bo‘lgan ijtimoiy instansiyalarga bo‘ysundirilishiga olib kelishini bugungi kunda yaxshi bilamiz. Individual rivojlanish erkinligi kishilar hayoti va faoliyati shakllarining cheksiz rang-barangligini taqozo qiladi, u esa, o‘z navbatida, iqtisodiy va ijtimoiy tashkilot shakllari plyuralizmini nazarda tutadi, jamoa manfaatining shaxsiy manfaatdan ustunligi g‘oyasi bilan to‘qnashadi. Albatta, jamoa manfaati jamiyatda parokandalikka yo‘l qo‘ymaslik va ijtimoiy tartibni saqlash uchun zarur, biroq universal gumanizm jamiyatida unga faqat xususiy manfaatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish yo‘li bilan erishish mumkin. Hozirgi jamiyatlar tajribasi bunday muvofiqlashtirish mexanizm-lari sivilizatsiyaning muayyan bosqichida, ijtimoiy adolat va kishi-lar birdamligi prinsiplari muayyan guruhlarning manfaatlarini emas, balki umummanfaatlarini ifodalay boshlagan davrda yaratili-shini ko‘rsatadi. Individuallashuv individualizm va egotsentrizmni rag‘batlantirmasligi ham mumkin: inson ongini guruhlararo mahdudlik va begonalikdan, “biz va ular”ning qarama-qarshiligidan xalos qilish orqali u inson barcha odamlarni o‘ziga o‘xshagan jonzot-lar sifatida idrok etishiga ko‘maklashadi, insoniy hamdardlik, bir-biriga qayg‘udosh bo‘lish va o‘zaro til topishga zamin yaratadi. Universal gumanizm “individual” va “jamoaviy” qadriyatlar o‘rtasidagi azaliy ziddiyatni ma’lum darajada yechishi, ularning o‘zaro uyg‘unlashuviga olib kelishi mumkin.
Universal-gumanizm ssenariyning afzal jihatlaridan biri – yangi sivilizatsiyaning global xususiyatiga muvofiqligi. Unga tahdid soluvchi “boy” va “qashshoq” jamiyatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish umumbashariy ongni rivojlantirishni, kishilarni psixologik jihatdan yagona umuminsoniy jamiyatga birlashtirishni taqozo qilsa kerak. Kelajakda qashshoqlik va qoloqlik muammolari hozir ayrim mamlakatlar doirasida qanday hal etilayotgan bo‘lsa, dunyo miqyosida ham shunday – jamiyat mablag‘lari va kuch-g‘ayratini tegishli iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga yo‘naltirish yo‘li bilan hal etish mumkin. “Postmoddiy qadriyatlar” bugungi kunda ularni azaldan burjua madaniyati yoki texnogen madaniyatga qarama-qarshi qo‘yib kelgan intellektual va badiiy elitaning imtiyozi hisoblanmaydi; ushbu qadriyatlar oddiy odamlar mulkiga aylangan. O‘ta muhim tendensiya – hayot mazmunini shaxsning erkin, ijodiy faolligidan ommaviy ravishda izlash vujudga keldi va asta-sekin mustahkamlanmoqda.
Empirik sotsiologiya ma’lumotlari va eng yangi ijtimoiy tajriba ushbu izlanishning ikki asosiy yo‘nalishini farqlash imkonini beradi. Birinchidan, u inson mehnat faoliyatining mustaqilligi, ijodiy mazmuni va shaxsiy ma’nosiga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish yo‘lidan boradi. Mazkur tendensiya mehnat mazmuniga nisbatan befarq bo‘lgan gedonizm mantiqi bilan to‘qna-shadi, zero u faqat bo‘sh vaqtni “mazmunli” o‘tkazish vositasi sifati-da qaraladi: uning nuqtai nazaridan, mehnat vaqti mumkin qadar qisqa bo‘lishi, haddan tashqari toliqishga olib kelmasligi va mazkur mehnat uchun katta haq to‘lanishi lozim. “Mazmunan boy” mehnatga intiluvchilar esa unga butunlay boshqacha talablar qo‘yadi. Bunday intilish kichik tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga olib keladi, odamlar yollanma ishchi-xodimning kafolatlangan daromadi-dan tavakkalchilik va kuchli raqobat kurashi bilan bog‘liq bo‘lgan, biroq nisbatan mustaqil hamda ijodiy hisblangan xususiy biznesni afzal ko‘radi. Yollanma mehnatning o‘zida, uni tashkil etish, boshqa-rishda, ishchi-xodim mehnat funksiyalarining mazmuni va ularni taqsimlashda ham jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Odamlarning yanada mazmunli, mustaqil va qiziqarli mehnatga bo‘lgan ehtiyoji mehnat faoliyatining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan jihatlari bilan bir qatorda, hatto texnik qurilmalarni yaratish prinsiplariga ham tobora kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Mazmunan aniq, qarama-qarshi ssenariydan kamdan-kam holda sof ko‘rinishda amalga oshiriladi, real tarix turli tendensiyalar kurashi va murosai madorasiga keng yo‘l ochadi. Antropogen sivili-zatsiya tarixi ham bundan mustasno bo‘lmasa kerak. Bugungi kunda mazkur sivilizatsiya endigina vujudga kelmoqda. O‘z-o‘zidan ravshan-ki, uning shakllanishi va dunyo miqyosida keng tarqalishi to‘g‘ri chiziqli jarayon ham, osoyishta tadrijiy jarayon ham bo‘lmaydi. U oldingi sivilizatsiyalarning, ayniqsa, mavjud jamiyatlarning barchasida hali ancha kuchli bo‘lgan texnogen sivilizatsiyaning qarshi-ligini, agressiv millatchilik, sinfiy va boshqa xil an’anaviy konfliktlarning residivlarini yengishiga to‘g‘ri keladi. Ko‘pgina jamiyatlar texnogen sivilizatsiya yutuqlarini o‘zlashtirish, shu bilan bir vaqtda antropogen sivilizatsiyaga o‘tishdan iborat o‘ta qizg‘in hamda ziddiyatlarga to‘la bosqichdan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Shunday qilib, texnogen rivojlanishning salbiy oqibatlari ikki xil bo‘ladi:
a) tabiiy oqibatlar – tabiiy jarayonlarda yuzaga keladi va o‘z-o‘zicha texnogen rivojlanish natijasi hisoblanmaydi (suv toshishi, yer qimirlashi va sh.k.);
b) teleogen oqibatlar – texnika vositalari ta’sirida yuz bera-digan va hisob-kitoblar, rejalashtirish va faoliyat ko‘rsatishdagi xatolar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan oqibatlar.
Texnokratik sivilizatsiyaning salbiy oqibatlari:

  • ekologik tanglik (atrof muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslarning kamayishi va boshq.);

  • yadro urushi va ekologik halokatlar yuz berishi xavfi;

  • urbanizatsiya, yirik megapolislar hayoti (yerga tushadigan bosimning kuchayishidan tortib, o‘ta zo‘riqish, hayot sur’atining yuqoriligi, stresslar ta’sirida shaharliklar yo‘liqadigan ruhiy-asabiy kasalliklarga qadar bo‘lgan salbiy oqibatlar);

  • texnogen halokatlar;

  • gen injeneriyasi yutuqlarini suiiste’mol qilish;

  • genetik mutatsiyalar;

  • odamlar bilan ruhiy manipulyatsiya qilish, ularni “zombi”ga aylantirish;

  • odamlarning tubanlashuvi va insoniylik xususiyatlarining yo‘qolishi.

Texnogen sivilizatsiyaning eng muhim va tashvishli jihati – inson texnik taraqqiyot hamda uning natijalari ustidan o‘z hokimiyatini yo‘qotishi, buning oqibatida inqirozga yuz tutishi. Hozirgi zamon texnogen sivilizatsiyasining xususiyat va tendensiya-larini tahlil qilgan olimlarning aksariyati bu yo‘lda jamiyatning istiqboli yo‘q, degan xulosaga kelishmoqda. Hozirgi zamon texnogen sivilizatsiyasi inqirozining mohiyati shu bilan belgilanadiki, u o‘z-o‘zini yo‘q qilish mexanizmlarini yaratish orqali boshi berk ko‘chaga kirib qolgan, bu yo‘lda uning kelajagi yo‘q. Bunday vaziyatda olim-larning sivilizatsiyani rivojlantirish yangi shakllari haqidagi faol muloqoti alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu yerda muammo-ning yechimini ilmiy-texnik rivojlanishdan voz kechish (an’anaviy jamiyatlar hamda patriarxal ukladlarga qaytish)dan emas, balki uni gumanistik yo‘lga burishdan izlash, bizningcha, o‘rinli bo‘ladi. Yetuk olimlar tomonidan hozirgi zamon sivilizatsiyasining yashovchanli-gini ta’minlash strategiyasi ishlab chiqilgan va uni yanada rivojlan-tirish yo‘llari belgilangan. “Rim klubi” norasmiy xalqaro tashki-lot (1968 yilda tuzilgan) a’zolari tomonidan hozirgi sivilizatsiya-ning holati, imkoniyat va istiqbollarining atroflicha tahlili amalga oshirilgan.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə