Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə72/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Техника фалсафаси.23-24

Muvofiqlik tamoyili – loyihalanayotgan ob’ektda faoliyat jarayonlari va morfologik (tuzilish) birliklarini ajratish, tav-siflash, ishlab chiqish va ularni o‘zaro muvofiqlashtirish mumkin; bu fikr funksiya va konstruksiyalarga nisbatan ham o‘rinlidir.
Mustaqillik tamoyili – loyihaning moddiy amalga oshiri-lishi tabiat va uning qonunlarini o‘zgartirmaydi.
Muhandislik gomogenligi qonuni” – mavjud texnikani takomillashtirish yoki yangi texnika yaratish yo‘nalishlaridan biri – texnik qurilmalar yoxud ularning elementlarini mavjud tabiiy fanlar yoki texnika fanlari asosida tavsiflash mumkin bo‘lgan texnik qurilmalar yoki ularning elementlari bilan bog‘lash.
Optimallik tamoyili – loyihalovchi optimal yechimlarni topishga harakat qiladi.
Subkardinal qadriyatlar – subkardinal qadriyatlarga mashhur siyosiy-huquqiy tamoyillar: matbuot erkinligi va mustaqilligi, fuqarolarning saylash va saylanish huquqlari, sudning mustaqilli-gi tamoyili, shuningdek, ekologik qadriyatlar.
Texnikamaqsadga erishish vositasi, insonning muayyan faoliyati.
Texnika – mustaqil dunyo, borliq. Texnika tabiatga, san’at, til, tiriklik, nihoyat, insonga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Texnika falsafasi – hozirgi zamon falsafa fanining muhim yo‘nalishlaridan biri. U texnika, texnologiya rivojlanishi, muhan-dislik va texnik faoliyat, texnik fanlarni loyihalashtirish qonuniyatlari hamda ularning insoniyat madaniyati va hozirgi zamon jamiyatidagi o‘rni, inson va texnika, texnika va tabiat munosabat-lari, hozirgi zamon texnika va texnologiyasining axloqiy, estetik, global va boshqa masalalarini o‘rganadi.
Texnikaning konseptuallashuvi qonuni” – texnikani tushunishning turli shakllari (professional ong, fan metodologiya-si va muhandislik faoliyati, texnik ta’lim, texnika falsafasi sohasida) paydo bo‘lishi bilan texnikaning rivojlanish jarayoniga “texnika konsepsiyalari” ancha kuchli ta’sir ko‘rsata boshladi. Mexa-nizm va mashina g‘oyalari hamda konsepsiyalari, texnika dizaynerlik nazariyalari, sistemotexnika, bionika, texnika texnologik konsep-siyalari uning rivojlanish jarayoniga ulkan ta’sir ko‘rsatgan konsepsiyalar hisoblanadi.
Texnobiologik o‘xshashlik qonuni” (Kudrin qonuni) B.Kudrin har biri hujjatlar (loyihaviy, texnologik foydalanish hujjatlari)da qayd etiladigan texnik mahsulotlarni ommaviy loyihalash va ishlab chiqarishda, texnik mahsulotlar o‘zini populya-siyalardagi biologik jonzotlar kabi tuta boshlaydi. Boshqacha qilib aytganda, texnik mahsulotlarning bunday populyatsiyalariga nisbatan biologik qonunlarga o‘xshash qonunlar ta’riflanishi mumkin.
Texnologik gomogenlik qonuni” – texnik qurilmaning tarkibiy tuzilishini gomogenlashtirish muhandislik faoliyatiga emas, balki texnologiyaga nisbatan ham amalga oshiriladi. Texnolo-gik gomogenlashtirishning zaruriy sharti – tadqiqot, muhandislik, loyihalash, ishlab chiqarish va boshqa faoliyat sohalarida yarati-layotgan texnik qurilmalarni texnologik borliq birliklari, kichik tizimlari yoki voqealari sifatida tavsiflash.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə